2.2. O`zbekistonda turizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan
chora-tadbirlar
Dunyo turizmidagi o'sish O'zbekiston Respublikasi turizmida o'sishga ham ta’sir etdi. Mustaqillik yillaridan boshlab O'zbekiston dunyo turizm bozoriga dadil qadamlar bilan borib, jahon turizmidagi o‘z o'rnini egallamoqda.
Respublikamizda xorijiy turistlarga asosan madaniy turizm taklif qilinmoqda. Ularning davomida tarixiy, arxitektura, diniy obidalar va ziyoratgohlar bilan tanishtiriladi, mahalliy aholining turmush tarzi va madaniyati ko'rsatiladi. Bunday turlar davomida asosan Samarqand, Buxoro va Xivadagi obyektlarga tashrif buyuriladi. Respublikamizda hammasi bo’lib 30 ga yaqin turlar taklif etiladiki, ularning ichida Toshkent va Farg'ona vodiysida amalga oshiriluvchi ko‘ngilochar, dam olish — davolanish, tog’-chang‘i, golf sportlari bilan shug’ullanish turlari ham mavjud.
3-jadval
O’zbekistonda xorijiy mehmonlarga xizmat ko‘rsatish (ming kishi hisobida)
Yillar
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
2010
|
O'zbekistonda
xizmat
ko'rsaitilgan
xorijiy
mehmonlar
|
242
|
273
|
343
|
370
|
370
|
370
|
O‘sish surati
|
98.0
|
99.0
|
113.6
|
122.5
|
127.2
|
142.7
|
Manba: “O'zbekturizm” MK materiallari
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda qo'lga kiritilgan yutuqlarga nazar tashlaydigan bo’lsak. Avvalo, o’lkamizga tashrif buyurayotgan xorijiy mehmonlar sonining oshib borayotganligini inobatga olish zarur bo'ladi.
Taklif etilayotgan turistik marshrutlarga e'tibor beradigan bo'lsak,chet ellik turistik tashkilotlar qanday turlarni afzal ko‘rayotganliklarini ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |