Mundarija kirish i-bob XVII asr oxiri va XVIII asrda g‘arbiy yevropada ilm-fanning rivojlanishi


Download 132 Kb.
bet1/6
Sana08.06.2023
Hajmi132 Kb.
#1463577
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17 asr oxiri 18 asrda yevropada ilm-fan haqida


MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB XVII ASR OXIRI VA XVIII ASRDA G‘ARBIY YEVROPADA ILM-FANNING RIVOJLANISHI RIVOJLANISHI
1.1 Yevropada ilm-fan taraqqiyoti
1.2 XVII-XVII asrlar Yevropa falsafasida ma’rifatparvarlik g‘oyalarining ifodalanishi
II-BOB XVII-XVIII ASRLARDA YEVROPA SAN’ATI
2.1 Gollandiya, Flandriya, Italiya, Ispaniya rassomlarining hayoti va ijodi. Shu davrlarda yangi kirib kelgan oqimlar klassitsizm, barokko, rokoko.
2.2 XVII – XVIII asrlarda yevropa san’ati.
XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YXATI
K I R I S H
Mavzuning dolzarbligi: Fan ijtimoiy ongning mustaqil shakli sifatida ikki ming yildan buyon rivojla- nib kelmoqda. Biroq u vujudga kelishi bilanoq moddiy ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko’rsata boshlagani yo’q. Ibtidoda fanning yutuq-lari empirik xarakterga ega bo’lgani, o’rta asrlar davomida ijtimoiy ishlab chiqarish bo’g’inlarining bir-biridan ajratilganligi fanning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokini cheklab qo’ygan edi. Industrial ishlab chiqarishning vujudga kelishigina fanning ishlab chiqarish jarayo- nidagi rolini va o’rnini mustashkamladi. Bundan ko’rinib turibdiki, fan va texnika- ning maqsadli rivojlanishi, shuningdek uning yutuqlarining xalq xo’jaligi tarmoq- lariga tatbiq etilishi XVII-XVIII asrlardangina boshlandi.
Aynan shu davrda falsafa avvalgidek san’at yoxud dinga emas, fan yutuq- lariga tayanib muloqaza yurita boshladi. Shu boisdan XVII-XVIII asrlar Yevropa falsafasida ma’rifatparvarlik g‘oyalari keng rivoj topdi. XIX asrning ikkinchi yar- mi va XX asr boshlarida esa O‘rta Osiyoda ma’rifatparvarlik jamiyat taraqqi- yotining tendensiyasiga aylandi.
Eng muhimi, ma’rifatparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Chunki hozirgi zamon sivilizatsiyasi bilan shaxs ma’naviy qiyofasi orasidagi dialektik aloqadorlikda progressiv xususiyatlar bilan bir qatorda ayrim regressiv jihatlar ham namoyon bо‘lmoqda. Tendensiyaviy о‘zgarishlar insoniyat turmushini yengillashtirish, taraqqiyotini jadallashtirish bilan bir qatorda kо‘plab ijtimoiy jarayonlarni ham yuzaga keltirmoqdaki, bu jarayonlar shaxs ma’naviy qiyofasiga salbiy ta’sir о‘tkazmoqda. Ushbu salbiy ta’sirni kamay- tirish uchun esa yana ma’rifatparvarlik va insonparvarlik g‘oyalariga murojaat etish zaruriyati tug‘ilmoqda. Kо‘rinib turibdiki, malakaviy ishning mavzusi о‘zi- ning dolzarbligi va jiddiy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida XVII asr yangi davr boshlab berdi. Fal- safiy fikrlar taraqqiyotida ushbu davrni yangi zamon falsafasi, deb atash urf bo'ldi. Yangi zamonda rivojlangan mamlakatlarda ilm-fan taraqqiyotida tub sifatiy o'zga- rishlar sodir bo'lib, Yevropa sivilizatsiya tarixida XVII asr — ilmiy inqilob davri, deb ataladi.
Yevropada ilm-fan taraqqiyotida tub sifatiy o'zgarishlar sodir bo'layotgan bir sharoitda Osiyo, Shimoliy Afrika mamlakatlarida ilm-fan yutuqlarining cho'g'i pasayib ketdi. Yangi zamonning bunday xususiyati, shubhasiz, musulmon va xris- tian faylasuflarining inson to'g'risidagi qarashlarida o'z ifodasini topdi.
asrdan e'tiboran, Osiyo va Shimoliy Afrikaning ko'p mamlakatlari ma- daniy-ma'rifiy hayotida ratsionalizm o'rnini din egallay boshladi. Dunyoviy fan namoyandalari quvg'in qilindi. Natijada, jamiyat turmush tarzida ilmiy-tabiiy fan- larning o'rni va ahamiyati kamayib bordi. Diniy bilimlar, diniy taassubning roli orta boshladi. Oqibatda, islom dinining qoidalari jamiyat hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi. O'rta asrlar musulmon madaniyatining ko'rki bo'lgan tasav- vuf falsafasining odamlar fikrlash tarzidagi o'rni susayib qoldi

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling