Mundarija kirish I bob. Yoshlarni ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishga xamkorlik sa`natining nazariy asoslari
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Download 1.16 Mb.
|
Mundarija 2
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Mavjud ta'lim–tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risidagi farmonlari hamda harakatlar strategiyasi negizini tashkil qiladi. Bu dolzarb vazifalar prezidentimiz va hukumatimizning doimiy e'tiborida bo‘lib, boshqa farmon va qarorlarda o‘z aksini topmoqda. Go‘zallikni his qila olishni rivojlantirish, yuqori estetik didni shakllantirish, san'at asarlarini, tarixiy va me'morlik yodgorliklarini, ona tabiat go‘zalliklarini, boyligini tushunish va kadrlarni shakllantirish maqsadida har bir o‘quv fani, ayniqsa shaxsning bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiladigan va katta tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan adabiyot, musiqa, tasviriy san'at, estetika kabi fanlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish kerak.
Amaliy va badiiy bezak san'atini o‘rganish yoshlarga atrofdagi jismlarning stillashtirgan holda, badiiy tafakkur, ijodiy qobilyat, ko‘rib eslab qolish, fazoviy tasavvurni shakllantirish, san'at asarlariga nisbatan estetik munosabatni, go‘zallikka bo‘lgan muhabbatni rivojlantirish, amaliy va badiiy bezak san'atida kompozitsiya masalalari, naqsh turlari, badiiy naqqoshlikda zamonaviy ramzlar, o‘quv va tarbiyaviy jarayonda badiiy bezak san'atining o‘rni, amaliy bezak san'atida kompozitsiya, shriftlar, reklama, e'lon, shior, tabrik matni namunalari, interer va ekstererda badiiy bezash bilan tanishtirish orqali nazariy jihatdan o‘rgatadi hamda ularning estetik didlarini o‘stirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘rta maxsus, kasb–hunar va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan maxsus fanlarning chuqur va asosli bo‘lishini taqazo etib, pedagoglar, olimlar, ustalar va rassomlar zimmasiga mashaqqatli va ayni paytda sharafli va yuksak mas'uliyat yuklaydi. Yoshlarga yuqori darajada ta'lim–tarbiya berish — bo‘lajak rassom– pedagogdan amaliy va badiiy bezak san'ati sohasida amaliy malakalarini yuqori darajada egallagan bo‘lishdan tashqari, psixologiya sohasida ham yetarli ma'lumotga ega bo‘lishni taqazo etadi. Hozirgi vaqtda o‘rta maxsus kasb–hunar kollejlarida mutaxassislik fanlar, jumladan tasviriy san'at mashg‘ulotlarini o‘qitishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslangan yangi yo‘li, shakli, mazmuni hamda usullarini takomillashtirish eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Talabalarga — amaliy va badiiy bezak san'ati fanini o‘qitilishida quyidagi texnik vositalardan foydalaniladi: Amaliy san'at namoyandalari, xalq ustalari, yetuk o‘zbek va xorijiy tasviriy san'at usta rassomlarining jahon miqiyosida tan olingan san'at asarlari namunalari hamda metodik jihatdan mukammal reproduktiv ishlari; zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda mashg‘ulotlarni tashkil etish taqazo etiladi. Buyuk san'at ustalari va ularning ijod etish jarayonlarini aks ettirishga bag‘ishlangan kino lentalari, chop etilgan namuna va elektron versiyalaridan keng foydalanilgan holda mashg‘ulotlarni tashkil etish tavsiya etiladi. Shuningdek, naqqoshlik san'atiga xos yo‘l ichidagi 10 ta naqsh kompozitsiyasi, islimiy, girih, gulli girih hamda madohil naqsh kompozitsiyalari, turli reklama e'lonlari, loyihalashga oid tasvirlar aks ettirilgan plakatlardan foydalanish maqsadga muvofiq. O‘qishga kelish bolalar uchun quvonchli va qiziqarli bo‘lishi kerak. Bu esa birinchi galda, o‘quv jarayonining xarakteri va ularni qurshagan muhitga boqliq. O‘quv yurti binosining ichki va tashqi qiyofasi hech qachon o‘quvchilarni e‘tiboridan chetda qolmaydi. Bunda me'morlik — loyihalashda ko‘rilgan tadbirlar qatorida o‘quvchilar qo‘li bilan bezatilgan turli ko‘rgazmalarni nazarda tutish lozim. O‘quv yurtini bezatish, undagi badiiy bezak ishlarini yaxshi tashkil eta oladigan mutaxassislar kamligi, bu ishlarni o‘rgatish uchun o‘zbek tilida maxsus adabiyotlar nashr etilmagani sababli o‘quv yurtlarda badiiy bezak ishlari asosida amalga oshiriladigan ta'lim–tarbiyaviy tadbirlar murakkablashmoqda. Yuqorida bayon etilgan muammolarni ijobiy hal etish — bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Yoshlarning ijodiy tasavvurlarini o‘stirish dastlabki bosqichlardan amalga oshirilishi lozim. Amaliy va badiiy bezak san'ati fanini o‘rgatish barcha umumta’lim va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshiriladi. Mazkur qo‘llanma shu sohadagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Talabalar olgan bilimlaridan kelajakda o‘quv yurtlaridagi amaliy va badiiy bezash ishlarida ijodiy foydalanadilar. O‘quv yurti intereri, xona va zallari, fasadi hamda hovlisini panno, plakat va hokazolar bilan bezatishda, devoriy gazetalar, albomlar, e'lonlar, taklifnomalar tayyorlashda faol qatnashadilar hamda bu ishlarga boshchilik qiladilar, degan umiddamiz. Qo‘llanma asosan pedagogika oliy o‘quv yurtlarining tasviriy san'at va muhandislik grafikasi, shuningdek kasb ta'limi yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, undan kasb–hunar maktablari, kollej va litseylar, umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari, tarbiyaviy ishlar uchun mas'ul shaxslar, maktabdan tashqari muassasalarning to‘garak rahbarlari va havaskor bezakchi ustalar ham foydalanishlari mumkin. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling