Mundarija kirish I bob. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi xalq og‘zaki ijodi durdonalarining tahlili


Download 128.83 Kb.
bet3/17
Sana20.06.2023
Hajmi128.83 Kb.
#1627990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2. Dissertatsiya Apparat qismi

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqot jarayonida quyidagilarga erishildi:

  • Milliy va ma’naviy xavfsizlik tushunchasi va uning yuzaga kelish sabablarini aniqlandi;

  • Mafkuraviy tahdidlar tushunchasi, mohiyati va namoyon bо‘lish xususiyatlari tahlil etildi;

  • О‘zbekiston respublikasiga qarshi qaratilgan information bо‘htonlar va ular ortiga yashiringan manfaatlar bayon qilindi;

  • Jamiyat hayotida mafkuraviy tahdidlarning namoyon bо‘lish xususiyatlari va unga qarshi kurash vositalarini ishlab chiqildi;

  • Xorijiy mamlakatlar OAV larining milliy-ma’naviy havfsizlikka о‘tkazayotgan salbiy ta’sirini tahlil etildi;

  • Milliy ma’naviyatga qarshi tahdidlarni oldini olish imkoniyatlari va milliy ma’naviy xavsizlikni taminlash omillarini ishlab chiqildi;

- yoshlarda ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi turli xil hatti-harakatlarga nisbatan doimo ogoh, sezgir va xushyor bо‘lish kо‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadqiqotning ilmiy farazlari: mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash uchun, avvalo: globallashuv tushunchasi va uning namoyon bо‘lish sohalarini tahlil qilinsa; globallashuvni ta’min etuvchi vositalar tizimini chuqur о‘rgaNilsa; globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar: tushunchasi, mohiyati va namoyon bо‘lish xususiyatlari keng tushuntirilsa; globallashuvning milliy ma’naviyat bilan о‘zaro munosabatlari keng tahlil etilsa; ta’lim jarayonida yot tahdidlarga qarshi kurashda nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari va ularning ahamiyatini ochib berilsa; yoshlar ma’naviyatiga yot tahdidlarga qarshi g‘oyaviy immunitetni tarbiyalashda ta’lim sohasidagi vazifalar kо‘rsatib berildi, mavzuni о‘qitishda, о‘rganishda zarur bо‘ladigan tegishli taklif va xulosalar ilmiy asoslansa va hayotga tadbiq etilsa ushbu tadqiqot ishi albatta ijobiy natijalarni olib keladi.
Tadqiqot mavzusi bо‘yicha adabiyotlar sharxi (tahlili): Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, uning ma’naviy-ahloqiy negizlarini mustahkamlash О‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatning ustuvor yо‘nalishlaridan hisoblanib, bu masala eng avvalo О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida hamda insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchiligimizda о‘z ifodasini topgan.
Xususan, О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi (-T.: О‘zbekiston, 2012), “Ta’lim tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuni (-T.: О‘zbekiston, 1997) da hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (-T.: О‘zbekiston,1997) da ham yoshlarni milliy ma’naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash vazifalariga muhim ahamiyat berilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda uzoq yillar davomida shakllangan iqtisodiy strukturada tub о‘zgarishlarni zudlik bilan qisqa vaqt ichida amalga oshirishning salbiy oqibatlari oldini olishga va puxta о‘ylangan stragetik rejalarni amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu jarayonlar tabiiyki, iqtisodiy barqarorlik bilan chambarchas bog‘liq. О‘zbekistondagi iqtisodiy barqarorlik omillari, mamlakatimizdagi demokratik jarayonlar va rivojlangan davlatlarning siyosiy tajribalari tahlili Islom Karimovning qator asarlarida о‘z ifodasini topgan3. Shu о‘rinda mazkur asarlarning ayrimlarini tahlil etib о‘tishni lozim deb topdik.
Mamlakatimizda milliy о‘zlikni anglash masalalarini tahlili haqida gap ketganida “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asari muhim о‘rin tutadi. Mazkur asarning ikkinchi bobi “Barqarorlik shartlari hamda taraqqiyot kafolatlari” deb nomlangan bо‘lib, unda mustaqillik yillarida mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlar va milliy о‘zlikni anglashning shakllanishi milliy, huquqiy davlatchilik, demokratik institutlar va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi hamda ularni yanada takomillashtirish vazifalari yoritilgan.
Shuningdek, I.A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida ham iqtisodiy barqarlorlikning muhim omili bо‘lgan ma’naviyatning inson, jamiyat, millat hayotidagi о‘rni bayon etilgan. “Adabiyotga e’tibor-ma’naviyatga, kelajakka e’tibor ” asarida esa adabiyot ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligi, uning vazifalari bayon etilgan.
SH.Mirziyoyevning О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qо‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik О‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi nutqida ham mamlakatimizga tahdid solayotgan kuchlar , ularga qarshi kurashish zaruriyati, yurtimizdagi tinchlikni asrash vazifalari keng tahlil qilingan4.
Shuningdek globallashuv jarayonlari, ma’naviy-mafkuraviy taxdidlar masalasi bilan Grini L.E. Baxodir Zokir., Lafasov M., Otamurotov S., Ergashev I., Toshxо‘jaev S. Xolbekov M., Saidov U., Qahhorova SH., Jumaniyozov X.S. va boshqalar keng shug‘ullanishgan. Tadqiqotchi S.Otamurotov о‘zining «Globallashuv va millat» asarida globallashuv tushunchasi, uning millatga, ma’naviy hayotga о‘tkazayotgan ta’sirini, undan himoyalanishning nazariy-g‘oyaviy asoslari bilan keng shug‘ullanadi. Shuningdek ikkinchi bir «Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik» asarida milliy ma’naviy xavfsizlik tushunchasi, ma’naviy tahdidlarning negizlari, milliy – ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash omillarini tahlil qiladi. U.Saidov «Madaniyat sohasidagi globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar» asarida madaniyat, «ommaviy madaniyat», globallashuv jarayonlari о‘zaro ta’sirini tahlil qiladi. X.Jumaniyozov, M.Sobirova va U.Nigmanovalar tomonidan tayyoplangan “Globallashuv assoslari” monografiyasida globallashuv fenomeniga tizimli, kompleks yondashilgan. Fan, ta’lim, madaniyat globallashuvi, ulardan himoyalanish bilan bog‘liq masalalar keng yoritilgan.5 K. Komilov esa о‘z tadqiqotlarida inson ma’naviyatining muhim bir bir qismi bо‘lmish diniy jarayonlarning globallashuvini, dinda kechayotgan globallashuv jarayonlari, uning dunyoning mafkuraviy manzarasiga ta’siri masalasini keng tahlil qiladi6.

Download 128.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling