Mundarija: Kirish I bobZamonaviy tarbiyachining kasbiy kompetentligi
Download 336.6 Kb.
|
tarbiyachining kasbiy mahorati va kompetentligi qo\'yiladigan talablar
5. Ijtimoiy kompetensiya metodik tayѐrgarlik darajasini oshirish ijtimoiy ahamiyatini anglash, taklif qilingan yangi metodik ѐndashishlar va ularning qo‘llanilishiga javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyati ko‘rsatkichi, shaxsiy qiziqishlarning aniq bo‘lajak kasb ta’limi, ta’lim muassasasi, jamiyat ehtiѐjlari bilan bog‘liqligining namoѐn bo‘lishi hisoblanadi. U axloqiy madaniyat, ideallar, ma’naviy qadriyatlarni tavsiflaydi. Bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglarida uslubiy tayѐrgarlikni mustaqil loyihalashtirishga ijtimoiy tayѐrlik tarkibiy qismi rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar bo‘lib yuqori axloqiy ehtiѐjlar va umumshaxsiy va kasbiy o‘z-o‘zini takomillashtirish dalillari; faol haѐtiy pozitsiya; doirasida haѐt tushuniladigan o‘z asl vazifasini topish va u haqda qayg‘urish “to‘g‘ri yo‘l” hissi, aynan shunday o‘zini amalga oshirish zaruriyatiga ishonch bilan kuzatiladigan kechinma hisoblanadi. Hech qanday ma’muriy metodlar bilan boshqarish metodik tayѐrgarlikning mustaqil loyihalashtirilishi, erishish usullarini mustaqil tanlash orqali mustaqil qo‘yilgan maqsadga erishishni rag‘batlantiruvchi o‘z mehnati ijtimoiy ahamiyatiga asoslanadigan mustaqil tashkil qilingan pedagog faoliyati bilan sifatli samara bo‘yicha tenglasha olishga qodir emas.
“Kompetensiya”, “kasbiy kompetentlik”, “loyihaviy faoliyat” haqidagi olimlarning nuqtai nazarlarining batafsil tahlili, kasbiy kompetentlikning asosiy tarkibiy qismlari (A.K.Markovaga ko‘ra) hamda loyihaviy faoliyat xususiyatlari va tuzilishini aniqlagandan keyin o‘z ishimizda yana bir, fikrimizcha, kasbiy kompetentlikning muhim bo‘lgan tarkibiy qismi – loyihaviy kompetensiyani aniqlash va izohlab berishga urindik. Loyihaviy kompetentlik, birinchidan, kasb ta’limi va zamonaviy pedagogning raqobatdoshligini ta’minlash masalalarini hal etishda muhim o‘rin tutadi, sababi tahsil oluvchilar ta’limi sifatini oshiruvchi pedagogik loyihalarni ta’lim jaraѐniga tayѐrlash va joriy etish uchun zaruriy bo‘lgan bilim, qobiliyat va shaxs xislatlari yig‘indisini bildiradi. Xulosa. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllanishi va rivojlanishida ularning nazariy va amaliy tajribalarga asoslangan bilimlarni chuqur egallab borishlari bilan bog‘liq. Tarbiyachilarning kasbiy kompetentlik shkalasi bo‘yicha o‘zini rivojlantirib borishi asosida ularda kasbiy kompetensiyani tarkib topib borishiga erishiladi. Doimiy ravishda kasbiy o‘sishga erishish va kasbiy malakani oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olish, mustaqilravishda kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, odatiy kasbiy-pedagogik vazifalarni to‘g‘ri hal qilish va o‘z mehnatining natijalarini real baholash malakasiga egalik, mutaxassisligi bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni mustaqil ravishda izchil o‘zlashtirib borish qobiliyatiga egalik kabi bosqichlar asosida o‘z imkoniyatlarini o‘lchovdan o‘tkazish vas hu asosida o‘z oldiga yangi vazifa va maqsadlarni belgilab olish mumkin. Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy sharoitida tarbiyachining maqomi tubdan o‘zgarib bormoqda, uning ta’lim funksiyalari, shunga muvofiq, uning kasbiy va pedagogik kompetensiyasiga, uning kasbiy mahorat darajasi talablari o‘zgaradi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va rivojlantirishning zamonaviy tizimida o‘zining shaxsiy salohiyatini safarbar qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qodir bo‘lgan ijodkor, mahoratli tarbiyachi talab etiladi. Download 336.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling