Mundarija: Kirish I. Nazariy qism
Download 312.5 Kb.
|
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Texnologik qism.
- Hayot faoliyati xavfsizligi qismi……………………………………………………. Xulosa………………………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………………
Mundarija: Kirish I. Nazariy qism. 1.1. Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari ……………………………….. 1.2. Kislorod furmalarining purkovchi rejimi va konstruktsiyasi…………………... 1.3. Konvertor konstruksiyasi………………………………………………………. 1.4. Metall qo‘shimchalarini yo‘qotish…………………………………………….. 1.5. Konverter konstruksiyasi. Futerovkani ta’mirlash. Gazlardan tozalash………... 1.7. Konvertorli po’latning ko’pikishiva legirlanishi………………………………… 1.8. Kislorod-konvertorli po’latning sifati…………………………………………… II. Texnologik qism. 2.1. Kislorod konvertorining material balansi. Kislorod sarfi………………………. 2.2. Kislorodli konvertordan ajralayotgan shlakni miqdori va tarkibini aniqlash………………………………………………………………………………… 2.3. Kislorod konverteridan ajraladigan gazning tarkibini aniqlash…………………. 2.4. Kislorod konverterning asosiy o‘lchamlarini aniqlash…………………………... 2.5. Kislorod konverterining issiqlik balansini hisoblash. Issiqlik kelishi……………. 2.6. Kislorod konverterining issiqlik balansini hisoblash. Issiqlik sarfi……………... Hayot faoliyati xavfsizligi qismi……………………………………………………. Xulosa………………………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………… Kirish Konverterlash jarayoni XIX asr o‘rtalarida vujudga kelgan. O‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan po‘lat olish usullari (pudlingli va tigelli) temir yo‘llari qurishda, mashinasozlik, harbiy texnika va h.k.da metallga qo‘yilgan yuqori talablarni qoniqtirmay qolishgan. 1856-yilda ingliz mexanigi Genri Bessemer cho‘yandan po‘lat olishning yangicha usulini taklif etgan. 1856-yil 12-fevralda G.Bessemer patent olishga ariza beradi. Arizada shu ko‘rsatilganki, agar metallga yetarli miqdorda atmosfera havosi yoki kislorod kiritilsa, suyuq metall aralashmalarining shiddatli oksidlanishi kuzatilib, metall tarkibining suyuq holda qolganida cho‘yanni po‘latgacha yoqilg‘i sarfisiz o‘zgarishi yuz beradi. 1860-yilga kelib G.Bessemer cho‘yanni tozalash uchun mo‘ljallangan gorizontal o‘q atrofida aylanuvchi metall qobiq va ichki futerovkadan iborat apparat (konverter deb nomlangan) agregat konstruksiyasini to‘liq ishlab chiqdi. O‘shandan buyon 100 yildan ortiq vaqt o‘tsada, konverterning konstruksiyasi o‘zgarmagan. Faqatgina qobig‘ining tayyorlanish usullari, ko‘rinishi va o‘lchami, olovbardosh futerovkaning tarkibi, tayyorlanish usullari, konverterning balandligi va diametri nisbatlari o‘zgargan. Bessemer taklif qilgan usul-Bessemer jarayoni, agregati esa Bessemer konverteri nomini olgan. Bessemer konverteri (15.1.rasm) korpus, og‘iz va tubdan tashkil topgan. Konverter futerovkasi olovbardosh qum kvars aralashmasidan iborat dinas g‘ishtlari yoki olovbardosh materiallar bilan qoplangan. Olovbardosh futerovkaning tarkibi taxminan quyidagicha,%: SiO2 90, A12O3 8,5, СaO + MgO 1. Konverter tubi xuddi shu materiallardan tuzilgan bo‘ladi. Tubda bir qator furmalar qo‘yiladi (odatda furmalar shamotdan tayyorlanadi);har bir furmada havo uzatilishi uchun bir nechta kanallar (soplolar) bo‘ladi. Tubning quyi qismiga havo purkagich orqali siqilgan havo tushadigan havo korobkasi (qutisi) birlashtiriladi. Konverter hajmi metall va shlak egallagan vannaning hajmidan 10 marta katta bo‘lishi amaliyotlardan ma‘lum; shundagina metal qaynayotganda konverter bo‘ylab sachramaydi. Konverterning umumiy hajmi VK = (8 - 12)VM bu yerda VM-suyuq metallning hajmi Konverter hajmining quyumga nisbati 1 dan 1,6m3/t gacha o‘zgaradi. Konverterning silindr qismining diametri, D=(0,57+0,67) M , balandligi esa H- H/D=1,75+2,0 nisbatga mos bo‘lib, bu yerda M-quyum massasi,t; H-bog‘iz markazidan tubgacha bo‘lgan perpendikulyar masofa. Suyuq metal quyilgan vannaning chuqurligi tinch holatda odatda 350-450mm. Vannaning bunday chuqurligi havo korobkasida 200-250 kPa bosim hosil qilish uchun yetarlidir. 35 t sig‘imli Bessemer konverteri: 1-tub;2-korpus;3-shlem;4-havo korobkasi Past bosimda metallni furmaga, yuqori bosimda esa metall otilib chiqishi mumkin. Soplolarning kesishish maydoni 0,15-0,25 m2D, soplolar soni esa 300ta gachani tashkil etadi. Soplolarning tubda aralashuvi shunday bo‘lishi kerakki, konverter egilgan holatda metall va shlaklar agregatda quyilib ketmasdan aralashishi shart. Cho‘yan quyishda oxigacha havo purkaladi va konverter vertikal holatga qo‘yiladi. Cho‘yan aralashmalarining oksidlanish jarayoni boshlanadi. Odatda bessemerli eritish ikki davrga bo‘linadi. Birinchi davr (shlak hosil bo‘lish davri) mobaynida kislorodga nisbatan kimyoviy o‘xshashlikka ega aralashmalar Si, Mn, ba‘zida Fe shiddatli oksidlanadi. Hosil bo‘lgan shlak SiO2, MnO, FeO dan iborat bo‘ladi. Birinchi davrda harorat nisbatan past bo‘lgani uchun uglerod deyarli oksidlanmaydi. Suyuq metallning umumiy massasi Si, Mn va Fe ning oksidlanishi natijasida kamayishi,vannadagi uglerod miqdori esa nisbatan ortishi mumkin. Mn, Fe, ayniqsa Si ning oksidlanishida vanna harorati (1600-1650 C) tezlik bilan oshadi va uglerod oksidlanishi kuzatiladigan ikkinchi davr (qaynash yoki erish davri) boshlanadi. Bu davrning boshlanishini visual tarzda aniq tushuntirish mumkin: uglerod oksidlanishni boshlagach hosil bo‘lgan CO vannadan ajrala boshlaydi. Uglerod monooksidi havodagi kislorod bilan ta‘sirlashib CO2 gacha oksidlanadi (2CO + O2 = 2CO2 reaksiya asosida) va konverter og‘zi ustida yorqin oq rangli alanga paydo bo‘ladi. Metall va shlakning harorati yuqori bo‘lganda uglerodning oksidlanish jarayoni juda shiddatli kechadi: bunda uglerod nafaqat purkalgandagi kislorod bilan, balki shlakning temir oksidlari tarkibidagi kislorodi bilan ham ta‘sirlashadi. Shlakdagi temir oksidlarining miqdori shiddatli uglerodsizlantirish vaqtida kamayadi. Shiddatli oksidlanish vaqtida temirdan tashqari marganes ham qaytarilishi (tiklanishi) mumkin. Bessemer eritmasi shlagi SiO2, MnO va FeO dan iborat bo‘lib, temir va marganes shlaklaridan qaytarilish shlakdagi SiO2 miqdorini ko‘payishiga olib keladi. Download 312.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling