Mundarija Kirish jadval-1 ta ustuvor yo’nalish 2-Jadval Ta’lim tizimini raqamlashtirish 10 3-Jadval 11 Tahlil va natijalar 13 Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash 20 Multimedia 21 Xulosa 23 Kirish
Download 1.06 Mb.
|
Safarov Kamronbek
Tahlil va natijalar
Boshqaruv jarayonini raqamlashtirish shu jihatdan ham samaraliki, unda birinchidan hisobga olish va boshqarish masalalari yagona majmua ichida hal boʻladi, ikkinchidan, axborotning harakat yoʻli, yaʼni birlamchi axborotdan tortib to bir tizimga solingan boshqaruv maʼlumotlarigacha butunlay qamraladi. Boshqaruv jarayonini raqamlashtirish tizimining yagona matematik modeli, yaʼni har xil darajadagi oʻzaro bogʻlangan matematik modellar majmui boʻladi. Bu modellar majmui asosida tizimda avtomatik ravishda maqbullash (optimallash) va rejalashtirish masalasi qoʻyiladi va yechiladi. Bu tizimning unumdorligiga hamma amallarning avtomatik ravishda bajarilishi evaziga erishiladi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish boshqaruvning tashkiliy iqtisodiy tizimi turiga kiradi. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish murakkab tizim boʻlib, oʻz tarkibida tub tizimlarni mujassamlashtiradi. Bu tizim maʼlum belgilarga asoslanib ajratilgan va boshqarishning aniq maqsadi hamda masalalariga javob beradigan tizimning bir qismidir. Shu masalalar doirasida uni alohida tizim deb qarash mumkin. 2020-2021 yillarda "Raqamli Toshkent" dasturi asosiy yo'nalishlarni qamrab oldi jumladan ta'lim, sog'liqni saqlash, kommunal sektor, davlat boshqaruvi, turizm, savdo, qurilish va atrof-muhit muhofazasi. Hozirgi vaziyatda O'zbekistonda masofaviy ta'lim, elektron banking hamda kommunal xizmatlarda ham elektron hisob orqali faol foydalanib “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 342 http://iqtisodiyot.tsue.uz kelinmoqda. Bundan tashqari, fuqarolar, vazirliklar va idoralar uchun elektron davlat xizmatlari ro'yhati shakillantirilgan. Statistik natijalarga ko’ra yaratilayotgan dasturiy tizimlarning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining ko’rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmini keltirilgan jadvalda ko’rishimiz mumkin. Oraliq davrda ham o’sish tendensiyasini ko’rish mumkin. 2016-yilda bu ko’rsatkich 6306.8 mlrd so’mni tashkil qilib, 2017-yilda 8196.7 mlrd so’mgacha o’sgan. Faqatgina 2018-yilda bu ko’rsatkich keskin yuqoriga ko’tarilgan 10332.6 mlrd so’mni tashkil etgan. Tahlil qilinayotgan davrda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining ko’rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi yuqori o’sish ko‘rsatkichlarini qayd qilgan. Bundan ko’rinib turibtiki dasturiy tizim va unga bo’lgan talab oshib bormoqda chunki hozirda har bir tashkilot muassasa tayyor dasturiy tizimlarni foydalanishni qulay dib bilishadi va shu bilan birgalikda eskilik sarxitlaridan qochib innovatsion rivojlanishga xodimlar, yosh kadrlar va talabalar o’zlari ustilarida chuqirroq ishlashlariga olib keladi. Hozirda dunyo raqamlashgan ta’lim tizimida ish olib bormoqda. Statistik tahlil natijalari buning yaqqol misoli sifatida ko’rish mumkin. Xulosa va takliflar Xulosa o‘rnida shuni takidlash mumkinki, korxona muassasa va tashkilotlarning boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalarni qo’llagan holda barcha soha va markazlarni raqamlashtirsak, shu yuqoridagi muassasalarning raqamlashtirish faoliyati jarayonida mehnat unumdorligi va samaradorligi oshadi, hamda imkoniyatlari kengayadi. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 343 http://iqtisodiyot.tsue.uz Raqamli iqtisodiyot butun dunyoni qamrab olishi tufayli, axborotlashtirish va raqamlashtirishga oid har qanday davlat loyihasi kompleks ravishda hamda yagona kodlash tizimi, iqtisodiy va boshqaruvga aloqador axborotni aniqlash asosida oʼrganilishi lozim. Yuqorida keltirilgan takliflarning amaliyotga joriy etilishi, bizning nazarimizda, Oʼzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda ta’lim tizimini boshqaruvining yuksalishiga imkon yaratib beradi. Mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat qurish borasida keng islohatlar olib borilayotgan davrda yoshlarning axborot madaniyatini shakillantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. O’quvchi va talabalarning axborot madaniyatini shakillantirish ta’lim muassasalarida va keying bosqichda Oliy ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o’qitish davrida amalga oshiriladi. Shuning uchun, ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnalogiyalari” fanini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi.Ushbu fan, birinchidan umum ta’lim fanlardan biri bo’lib hisoblansa, ikkinchidan fan doirasida olingan bilim, malaka va ko’nikmalarni o’quvchilar bo’lg’usi kasbiy faoliyatlarida qo’llay olishlari kerak. Shuning uchun, ta’lim tizimidagi har qanday umum ta’lim fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, “Informatika va axborot texnologiylari” fanidan ham o’qitishning samaradorligini oshirish uchun kelgusida biz kasbiy faoliyatimizda o’quv maqsadlarimizni aniq va ravshan qo’yishimiz, o’qitishdan kuzatiladigan natijani belgilashimiz va o’quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishimiz lozim. Hozirgi davrda olimlar innovatsion ta’lim texnologiyalari tarkibini samarali usul va vositalar asosida tizimlashtirib, ularning tub mohiyatini ochib berishga erishmoqdalar. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning jadal rivojlanishi axborot-ta’lim muhitini shakillantirishga va innovatsion darslarni tashkil etishga keng imkoniyatlarni ochib bermoqda. Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir ko’rsatadi. Axborotlarni avloddan-avlodga uzatishning ahamiyati ta’lim – tarbiya ishining ahamiyati bilan hamohangdir. Axborot texnologiyalari (AT) – bu tizim masalalar yechimini topish maqsadida axborotlarni yig’ish, qayta yig’ish, qayta tiklash, saqlash, ifodalash, tizimlash, uzatish va uni iste’molchiga foydalanishga qulay holga keltirsh jarayonini kompyuter va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladigan, tartibga solingan amaliy dasturlar majmuasidir. Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Tayyorlangan ma’lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo’yicha qayta ishlangan ma’lumotlarni uzatishni o’z ichiga oladi. Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug’i bo’lmasdan, balki ular ta’lim, tarbiya, san’at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, sanoat va shu kabi sohalarning rivojlanishida ham doimo omil bo’la oladi. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari esa o’z navbatida motivlarni yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning jamlanganligi, ko’rgazmaliligi, ya’ni turli xil taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta’lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o’quvchilarda ta’limga bo’lgan qiziqishni va bilim olishga bo’lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar (motiv) ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni motivni o’stirishga, uni qo’ya bilishni o’rgatishdan iborat. Axborotlashtirish axborot jarayonlarini rivojlantirish vosita va sharoitlarining butun majmui bo’lib, tegishli texnik, bazani yaratish, tashkiliy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy islohotlar qilishni o’z ichiga oluvchi jarayon bo’lib, u ta’limni texnologiyalashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko’rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma’qul yo’llarini ta’minlab beradi: - manba va unda kechadigan jarayon to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash; - jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma’lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida nazoratlar olib borish. Eng so’nggi texnik yutuqlar ko’pincha ta’lim jarayonida o’zining munosib o’rnini egallagan, bu ma’noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas.O’quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo’yicha dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta’lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal qilishda o’qituvchining har bir ta’lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini ta’minlash kabi imkoniyatlarni yaratadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir. O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-nauka.com/ International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-nauka.com/ animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni ruyxatdan utkazish va aks ettirishning turli qurilmalari, muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sigimli tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi, “inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va xar tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’ladi? Ko’pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animasiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir. Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz xordiq chiqarmaydigan bo’lib qoldi. Multimedia vositalarining 81- yildagi yalpi oboroti 4 miliard AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa 94-yil esa 16 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni mul’timedia vositalarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta’lim sohasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi avvalambor ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni kursatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-nauka.com/ International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-nauka.com/ barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayetgan materiallarni kurish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-30%oshadi. Bunga qushimcha sifatida o`quv materiallari audio, video va grafika kurinishda mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi. Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega: a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati bor; b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi: v) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; g) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bulganda amaliyotda qo`llash imkoniyatiga erishiladi. Informatika va axborot texnologiyalari fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — axborot tizimlari nima, ular qanday o’rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo’lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sug’urta va atrof-muhit informatikasi, professional axborot tizimlari. Multimedia tizimining paydo bo’lishi ta’lim, fan, san’at, kompyuter treninglari, reklama, texnika, tibbiyot, matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir qancha kasbiy sohalarda revolyutsion o’zgarishlar yuzaga kelishiga olib keldi. International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-nauka.com/ International Scientific Journal “Internauka” http://www.inter-nauka.com/ Kompyuterlarni ta’lim tizimida qo’llash g’oyasi ancha ilgari paydo bo’lgan bo’lgan bo’lsada, ta’lim tizimining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini qo’llash multimedia qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo bo’lgach to’liq ma’noda amaliyotga joriy etilib boshlandi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling