Mundarija kirish kirish


Download 53.44 Kb.
bet3/5
Sana29.04.2023
Hajmi53.44 Kb.
#1401406
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishidan maqsad shuki

Bosh kelishik. Odatdagidek, bu kelishik maxsus koʻrsatkichga ega boʻlmaydi. Uning asosiy sintaktik funksiyasi ega vazifasida kelishidir: Sakkākiy ul ay manzilina xud yetoʻ bilmoʻs (Sakkokiy). Anda kЈp ulamālar davra alib olturubturlar (Furqat). Shu bilan birga, bosh kelishikdagi soʻz kesim va ikkinchi darajali boʻlak vazifasida ham keladi. Qaratqich kelishigi. Bu kelishik qoʻshimchasi koʻp variantlidir. Negizning fonetik xususiyatiga qarab, affiksning maxsus variantlari qoʻshila beradi:
-ni¦ \\-ni¦. Mazkur qoʻshimcha har qanday negizlarga qoʻshila beradi: qoychini¦ iti (Tafsir). Elchini¦ shahdliq zahri shi:shoʻsi... (Xamsa). Bu qoʻshimcha XV asrgacha boʻlgan yodnomalarda tarkibida lablanmagan unlilar boʻlmagan negizlarga qoʻshilgan. Keyingi davrda esa har qanday negizga qoʻshilgan.
-nu¦ \\-nµ¦. Qaratqich kelishigining bu varianti oxirgi boʻg’inda lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qoʻshiladi: Rasulnu¦ sЈzi (Tafsir). Xarunnu¦ aqli (QR). KЈzµ¦nµ¦ allida nargis kelib qatig’ kЈzlµg...(Xamsa). Bu qoʻshimchaning yuqoridagi negizlarga qoʻshilishi XV-XVI asrlargacha davom etgan. Shuningdek, bu qonuniyatdan chekinish hollari ham uchraydi: KЈzni¦ niyati (Atoiy), xalqnu¦ ranji (Tafsir).
-i¦ \\-i¦ \\-µ¦. Qadimgi turkiy tilda undosh bilan tugagan negizlarga qoʻshiladigan bu qoʻshimchalar eski oʻzbek tilida ham uchraydi.Lekin uning qoʻllanishi ayrim soʻz shakllarigagina xosdir. Bu davr yodnomalaridan mazkur qoʻshimcha faqat «Tafsir»da ancha keng qoʻllangandir: ul eli¦ evloʻri, anlari¦ evloʻri.
-µ¦ qoʻshimchasi. Bu qoʻshimcha kim olmoshi bilangina qoʻllangan: Sen kimµ¦ og’li-sen Qaratqich kelishigi qoʻshimchasining bunday variantlari singarmonizmli turkiy tillarda va singarmonizmli oʻzbek shevalarida ham uchraydi. Bu kelishikning belgisiz qoʻllanishi eski oʻzbek adabiy tili uchun ham xarakterli boʻlgan: Mµlk ikki bāg’i ikki ālam \\ Sultanlig’ erµr sa¦a musallam (Xamsa). Tushum kelishigi. Eski oʻzbek adabiy tilida tushum kelishigi –ni \\-ni \\ -n \\-i \\-i variantlariga ega boʻlgan.
-ni\\-ni. Bu affiks oʻzbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida qoʻllanib kelgan: Yolni berkitoʻyin, qamug’ni qutqarayin (QR). Bu sЈzni kizloʻdiloʻr (TF). Bu qoʻshimcha «Bobirnoma» asarida qaratqich ma’nosini bildirgan: Bir qirg’avulni µskµnoʻsini tЈrt kishi yeb tugata almaydur (BN).
-n. Bu qoʻshimcha varianti eski oʻzbek tilida ancha faol qoʻllangan Lekin u III shaxs egalik qoʻshimchasidan keyin qoʻshilgan: Qilich birloʻ bashin kesti (OʻN). Ismāilni¦ evin sordi (QR). Tushum kelishigining bu qoʻshimchasi she’riy asarlarda keng qoʻllangan.
-i\\-i. Bu qoʻshimcha I va II shaxs egalik qoʻshimchalaridan keyin qoʻshilgan: Adl qulag’i-la eshit halimi (Muqimiy). Aqlimi tamam aldi tµgmoʻi giribani¦ (Furqat). Tushum kelishigining belgisiz qoʻllanishi ham eski oʻzbek tili uchun xarakterlidir: Qoymag’umdur etoʻgi¦ (Bobir).KЈ¦µl shoʻkoʻr bikin ag’zi¦ kЈrµp (Sakkokiy). Tushum kelishigininµ qadimgi turkiy tilga xos boʻlgan –g’\\-g,-ig’\\-ig\\-ug’\\-µg variantlari eski oʻzbek tilida uchramaydi. Joʻnalish kelishigi. Bu kelishik qoʻshimchasi eski oʻzbek tilida –qa\\-g’a \\- koʻ \\ -goʻ, –a\\-oʻ va –na \\-noʻ kabi variantlarga ega. Shu bilan birga, qadimgi turkiy tilga xos boʻlgan –g’aru\\ -goʻrµ \\ -qaru \\ -koʻrµ, -ra \\ -roʻ, -ru \\-rµ qoʻshimchalari ham ayrim yodnomalarda uchraydi.
-g’a\\–g’goʻ varianti unli va jarangli undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi, –qa qoʻshimchasi jarangsiz undoshlar va g’,h undoshlari bilan tugagan negizlarga qoʻshiladi: Eykim bari she’r ahlig’a sen xān ya¦lig’ \\ She’ri¦ bHari she’rloʻrgoʻ sultān ya¦lig’ (Bobir). Lāla qadahina tashqa urdu¦ \\ Jāla gµhhoʻrini bashqa urdu¦(Xamsa). XIII-XIV asr yodgorliklarida bu tartib buzilgan, ya’ni, -g’a oʻrnida –qa qoʻshimchasi yoki aksincha qoʻllanavergan: Ibrahimg’a \\ Ibrahimqa, avg’a \\ avqa, otg’a \\ otqa (QR).
-koʻ\\ -goʻ. Til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qoʻshiladi. Eski oʻzbek tilida qay hollarda –koʻ, qaysi hollarda –goʻ qoʻshimchasining qoʻshilishini aniqlash birmuncha qiyin, chunki arab yozuvida bu ikki variant ham (kof) harfi bilan yozilgan. Shunga qaramasdan, jarangli va sonor undoshlar va unlilardan soʻng –goʻ, jarangsiz undoshlardan soʻng –koʻ qoʻshimchasining qoʻllanganini mushohada qilish mumkin: KЈ¦lµmgoʻ doʻrd kelgoʻli...(Boburnoma).Elikkoʻ meni¦ yashim yeti (Sh. turk).
-a /-oʻ. Bu affikslar undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi. Lekin uning qoʻllanishi janrlar boʻyicha chegaralangan. Bu forma XIII- XIV she’riy asarlarda ham, prozaik asarlarda qoʻllangani holda, XV asr va undan keyingi davrlarda asosan she’riy asarlarda uchraydi: Bashlarini qashima yetkµrµ¦µz (Shayboniynoma). Kel, taqi yurtu¦a egoʻ bol (Sh.tar.). Ne uchun avval Јzµ¦oʻ āshnā qqildi¦ meni (Otoiy). Yā rabb, ne ajab yāri jafākāra yoluqtum \\ KЈzi-yu qashi jādu-vu makkara yoluqtum (Lutfiy).  Qadimgi turkiy tilga oid boʻlgan –g’aru/-goʻrµ//-qaru/-koʻrµ//-ru/-rµ affikslari eski oʻzbek tilida oʻzining kelishik funksiyasini yoʻqotgan. Ular keyinchalik eski oʻzbek tilida ham ravish yasovchilarga aylanib ketgan. Qadimgi turkiy tilga oid boʻlgan –ra/-roʻ affiksi «Tafsir»da uchraydi: Ya Muhammad, tashra chiq. Biroq keyinchalik bu affiks ham ravish yasovchiga oʻtib ketgan: ichroʻ (ichkari), asra (pastki, quyi). Joʻnalish kelishigining belgisiz qoʻllanishi ham eski oʻzbek tili uchun xarakterli boʻlgan. Misollar: Senki ul yan oʻzimoʻt etkµ¦dµr (Navoiy). Bir inisin yiboʻrµr boldi Hisar (Shayboniynoma). Oʻrin-payt kelishigi. Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari uchraydi: -da/-doʻjarangli undosh va unli bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi: Qayg’uda za’if boldi (QR). Yµzµ¦doʻ nuri tajalli, labi¦da javhari ruh (Lutfiy). -ta/-toʻ jarangsiz undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi: Bu ishtoʻ ixtiyarim yoq turur (Atoiy). Tanimaqta moʻgoʻr yanilmish-sen (Navoiy). Oʻrin-payt kelishigining –ta/-toʻ affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham –da/-doʻ affiksi qoʻshila bergan. Chiqish kelishigi. Bu kelishikni hosil qiluvchi quyidagi affikslar mavjud: din/-din unli va jarangli undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi: Charx qasridin quyash har kµn tµshoʻr ālamarā (Navoiy). Andijanni¦ noʻshboʻtisidin yaxshiraq noʻshboʻti bolmas (BN) -tin/-tin jarangsiz undosh bilan tugagan soʻzlarga qoʻshiladi: Sen bashtin ayaq jan-sen (Muhabbatnoma), lekin jarangsiz undoshlar tugagan soʻz negizlariga ham –din/-din affiksi qoʻshila beradi. Aksincha jarangli undosh bilan tugagan soʻzlarga ham –tin \\ -tin affiksining qoʻshilishi qayd qilinadi: Xojandtin Axsig’a kelµr (Bobir). -dan/-doʻn//-tan/-toʻn. Bu affiks XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi va ular fakultativ xarakterdadir: Uch kundin sЈ¦ zindandan chiqardilar (QR). Chiqish kelishigining qadimgi turkiy tilga oid –dun/-dµn//-tun/-tµn affikslari soʻzning oxirgi boʻg’inlari lab unlilari bilan kelgan negizlarga qoʻshiladi. Eski oʻzbek tilida bu affikslar faqat «Oʻg’uznoma»da uchraydi: Qirq kundun sЈ¦, kЈp toqushg’udun sЈ¦, anu¦ kЈzµ kЈktµn kЈkroʻk yerdi.
Til tarixi faktlari shuni koʻrsatadiki, chiqish kelishigi formasi keyingi davrlarda shakllangan boʻlib, uning oʻrnini ma’lum davrlarda oʻrin-payt kelishigi bajargan. Garchand bu xususiyat qadimgi turkiy tilga xos boʻlsa ham, eski oʻzbek adabiy tilida chiqish kelishigi ma’nosida oʻrin-payt kelishigi formasi qoʻllangan: Bashini uch yerdoʻ yardilar(Tafsir). Bu ishloʻrdoʻ birini qqilsa¦iz (QR). Vosita kelishigi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bu kelishik qadimgi turkiy tilga oid boʻlgan hodisadir. Lekin u XIII-XIV asr yodgorliklarining ayrimlarida uchrab turadi: Fasih tilin javāb berdi (Tafsir). Ani kishiloʻr kЈzin kЈrgoʻn bar-mu? Vosita kelishigi XV asrga oid manbalarda, masalan, Lutfiy, Atoiy asarlarida ham uchraydi. Lekin bu davrda vosita kelishigining iste’mol doirasi chegaralangan boʻlib, ma’nosi ham toraygan. Misollar: Faryad etoʻroʻm tµshkoʻli men yalg’uzun andin// hech oldi tanim, qaldi hamin yalg’uz µn andin (Lutfiy). Keroʻkmoʻs sensizin, vaallah, ma¦a jān minnati (Atoiy).
Vosita kelishigi formasidagi soʻzlarning bir qismi ravish kategoriyasiga oʻtgan. Ravish kategoriyasiga oʻtish, asosan, payt bildiruvchi soʻzlar doirasida boʻlgan: qishin, yazin, erten, kechin, tunun kabi. Bu soʻzlar tarkibidagi –in,-in,-un,-µn,-n vosita kelishigi affiksi boʻlib, keyinchalik soʻzning tarkibiy qismiga aylangan va bunday soʻzlar ravish sifatida shakllangan.
Turkiy tillarda, jumladan, o’zbek tilida sifat tarixan morfologik ko’rsatkichi uncha taraqqiy etmagan so’z turkumi sanaladi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra sifat dastavval mustaqil so’z turkumi sifatida mavjud bo’lmagan, u so’ngroq ot turkumidan o’sib chiqqan va shakllanib rivojlangan.
E.V.Sevortyanning ta’kidlashicha, sifatning otdan differensiatsiyalanish jarayoni ancha ilgarigi davrlarda boshlangan, V—VIII asrlarga kelib bu jarayon ancha keng tus olgan. Sifatning jamlanishi va kristallashishi asta-sekinlik bilan turli davrlarda paydo bo’lgan turli formalar hisobiga yuz bergan. Bu formalarning ayrimlari qadimdayoq kammahsul bo’lgan, ayrimlari esa o’z sermahsulligini hozirgi kunlargacha saqlab qolgan va hatto yanada kengaytirgan. Ayrim formalar ot va sifat uchun mushtarak bo’lgan, ayrimlari faqat sifatgagina tegishli bo’lgan, lekin keyingi davrlarda taraqqiy qilmagan (Sevortyan 1963, 58).
Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan sifatning otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa bo’lib, bu jarayon hanuz davom etmoqda. Bundan hamma sifat ham otdan ajralib chiqqan, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Chunki sifat mustaqil kategoriya sifatida ajralib chiqqandan keyin bu turkum tarkibiga yangidan qo’shilgan belgi ifodalovchi bir qator tub va yasama so’zlar, yasovchi affikslar mavjudki, ularning kelib chiqishi va tabiati hozircha aniqlangan emas.
Sifat turkumiga oid so’zlarning katta qismini yasama sifatlar tashkil qiladi. Yasama sifatlar ikki xil yo’l bilan: morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (kompozitsiya) hosil qilinadi.

Morfologik usul bilan sifat yasalishi. Morfologik usul bilan sifat yasalishi uzoq tarixga ega bo’lgan asosiy usuldir.Sifat yasalishiga asos bo’lgan o’zak morfema ism yoki fe’l turkumiga oid bo’lishiga qarab yasovchi morfemalar ham ismlardan yoki fe’llardan sifat yasovchi tarzida ikkiga bo’linadi.


Sifat yasovchi affikslar tarixan ko’p bo’lmagan, ular hozir ham unchalik ko’p emas. Tekshirilayotgan davr tilida ular qo’llanish darajasiga ko’ra bir xil emas, ba’zilari unumli, ba’zilari esa unumsizdir.

Download 53.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling