Mundarija kirish Kurs ishining asosiy vazifasi Kurs ishining asosiy hisob kitob qismi va loyiha qismi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Xudud to‘g‘risida umumiy malumotlar


Download 54.02 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi54.02 Kb.
#1598035
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdullayev Ahrorbek

Xudud to‘g‘risida umumiy malumotlar
Menga berilgan hudud yani o‘zim yashayotgan Qo’shtepa MFY Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumanida joylashgan hisoblanadi viloyat va tuman bo‘yicha umumiy tafsiflayadigan bo‘lsam.


Andijon viloyati yer yuzasi asosan tekislik. Hozirgi relyefi va yer yuzasidagi jinslar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyatning gʻarbiy qismi qirli tekislik (bal. 400–500 m), sharqi (Andijon shahridan sharda) Fargʻona va Olay tizmalarining tarmoqlaridan iborat. Andijon viloyati geologik aktiv zonada joylashgan, kuchli zilzilalar bulib turadi (qarang Andijon zilzilasi). Ixdimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tkzmalari Fargʻona vodiysini sovuq xavoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, kishi nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi –3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 – 250 mm yogʻin tushadi. Av. Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yogʻindan, togʻlarlagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi – Qoradaryo (Sirdaryo irmoqlaridan biri). Uning irmoqlari – Moylisuv, Oqboʻra, Aravonsoy va boshqa Av. daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproklari boʻz, qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanaln. Av.ning ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlarida pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va boshqalar) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.
Qoʻrgʻontepa tumani — Andijon viloyatidagi tuman. 1926-yil 29 sentabr da tashkil etilgan. Shim.-gʻarbda Jalolquduq, janubi-gʻarbda Xoʻjaobod tumanlari, sharq, janubi-sharq va shim. da Qi-rgʻiziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,48 ming km²ga yaqin. Aholisi 160,4 ming kishi (2005). Tumanda 2 shahar (Qoʻrgʻontepa, Qorasuv) 2 shaharcha (Dardoq, Sultonobod) 3 qishloq fuqarolari yigʻini (Savay, Chimyon, Qoʻrgʻontepa) bor. Markazi — Qoʻrgʻontepa shahri
Tabiati. Qoʻrgʻontepa tumani Andijon viloyatining shim.-sharqida, Fargʻona va Olay tizmalarining etak qismida joylashgan. Yer yuzasi sharqdan (balandligi 1000 m gacha) gʻarbga (500 m gacha) pasayib boruvchi togʻ oldi qiya tekisligidan va Toshohur, Suzoq adirlaridan iborat. Iqlimi kontinental; yozi issiq, qishi nisbatan sovuq. Oʻrtacha temperatura yanvar da —2° dan —3° gacha, iyulda 26—26,5°. Eng past temperaturaqishda —24°, eng yuqori temperatura yozda 41°. Yiliga 250–400 mm yogʻin tushadi, asosiy qismi qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Tuman hududidan Qoradaryo va uning tarmoqlari Shahrixonsoy va Qoragʻunon arigʻi, jan. chegarasidan Savay kanali oqib oʻtadi. Tuproqlari oʻtloqi, oʻtloqi boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra va boshqa, asosan, adirlarda va haydalmagan yerlarda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan adirlarda boʻri, tulki, jayra, shuningdek, turli xil sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suvlarida baliqlar bor.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, qozoq VA Qangli b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 334 kishi. Shahar aholisi 57,5 ming kishi, qishloq aholisi 102,9 ming kishi (2005).
Xoʻjaligi. Tumanda paxta tozalash, gʻisht z-dlari, don mahsulotlari, „SAMO“ aksiyadorlik jamiyati, „AnNur“ masʼuliyati cheklangan jamiyat, non kombinati, mahalliy sanoat gazlama, attorlik buyumlari, tikuvchilik, paypoq toʻqish f-kalari, toʻqimachilik korxonalari, avtokorxona, MTP, qurilish tashkilotlari, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, „El-jihoz“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlari — paxtachilik va gʻallachilik. Sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka yetishtirish, tokchilik va bogʻdorchilik ham rivojlangan. 12 jamoa va shirkat xoʻjaliklari, 282 dehqon va fermer xoʻjaliklari ishlab turibdi. Tumandagi ekin maydonlariga paxta, gʻalla, kartoshka ekiladi. Pichanzor va yaylovlar, mevazor va tokzorlar bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 42 mingdan ziyod qoramol (shu jumladan 19,9 mingdan ortiq sigir), 55,8 mingga yaqin qoʻy va echki, 142,2 mingga yaqin parranda, 975 yilqi boqiladi.
Tumanda 55 umumiy taʼlim maktabi (36,5 ming oʻquvchi), bolalar musiqa va sport maktablari, 4 kasb-hunar kolleji (2432 talaba), mehribonlik uyi faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi va uning 36 ta tarmogʻi (371,1 mingdan ziyod asar), oʻlkashunoslik muzeyi, klub muassasalari, madaniyat uylari, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, Xotira maydoni mavjud. Stadion, sport majmuasi va boshqa sport inshootlari bor. 6 kasalxona (shu jumladan, tuman markaziy kasalxonasi), poli-klinika, tugʻruqxona, dorixonalar, 7 qishloq vrachlik punkti, 13 feld-sherakusherlik punkti, 5 xususiy tibbiy muassasa aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududidan temir yoʻl oʻtgan.
Tuman markazidan Toshkent, Andijon va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

Download 54.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling