Mundarija kirish mavzu
Ma‘lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid
Download 288.16 Kb.
|
Mundarija kirish mavzu-fayllar.org (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-mavzu. Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy
- Tayanch so’zlar
Ma‘lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid
tizimlashtirilgan ma’lumotlarning nomlangan to‘plamidir. Ma‟lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo„lib hisoblanadi. Ma‟lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma‟lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo„lib, ular yordamida foydalanuvchi ma‟lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma‟lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. 7
tushunchalari Reja 1. Ma‟lumotlar bazasi haqida tushuncha. 2. Ma‟lumotlar bazasining asosiy tеrminlari. 3. Ma‟lumotlar bazasiga qo„yiladigan talablar. 4. Avtomatlashgan axborot tizimlari. Tayanch so’zlar: tizilmalashtirish, baza, texnologiya. Hozirgi kunda inson faoliyatida ma‟lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o„ynamoqda. Jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o„zimizga kerakli ma‟lumotlarni olish uchun MBga murojaat qilishga to`g`ri keladi. Demak, MBni tashkil qilish axborot texnologiyalarining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarini tobora ortib borishi, ma‟lumotlarning tez o„zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma‟lumotlarni o„z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma‟lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so„ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo„lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa sohalarni ma‟lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Ma‟lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma‟lumotlardan turli ko„rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma‟lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o„rinli bo„lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma‟lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob‟ektlari haqidagi ma‟lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma‟noda ma‟lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob‟ektlari haqidagi ma‟lumotlar to„plamidir. Download 288.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling