81
COUNT(maydon) ko„rinishda bo„lsa NULL qiymatni e‟tiborga olmaydi,
COUNT(*) bo„lsa satrlar umumiy sonini xsoblaydi. MIN(), MAX()
funksiyalari xam NULL qiymatni e‟tiborga olmaydi, lekin AVG(),
SUM() - NULL qiymat mavjud bo„lsa chalkashtiradi. Masalan, quyidagi
so„rov:
SELECT
SUM(SALES),
SUM(QUOTA),
(SUM(SALES)
-
SUM(QUOTA)), (SUM(SALES - QUOTA)) FROM SALESREPS
(SUM(SALES)-SUM(QUOTA)) va (SUM(SALES-QUOTA)) ifodalari
agar QUOTA, maydoni NULL qiymatga ega bo„lsa
xar xil qiymat
qaytaradi. Ya‟ni ifoda SUM(ustun qiymati - NULL) Yana NULL
qaytaradi!
Shunday qilib:
1. Agar ustundagi qiymatlardan biri NULL ga teng bo„lsa,
funksiya
natijasini xisoblashda ular tashlab yuboriladi!
2. Agar ustundagi xamma qiymatlar NULL ga teng bo„lsa, AVG(),
SUM(), MIN(), MAX() funksiyalari NULL qaytaradi!
Funksiya
COUNT() nolь qaytaradi!
3. Agar ustunda qiymatlar bo„lmasa (Ya‟ni ustun bo„sh), AVG(),
SUM(), MIN(), MAX() funksiyalari NULL qaytaradi! Funksiya
COUNT()nolь qaytaradi!
4. Funksiya COUNT(*) satrlar sonini xisoblaydi va ustunda NULL
qiymat bor yo„qligiga bog„liq emas! Agar ustunda satrlar bo„lmasa, bu
funksiya nol qaytaradi!
5. DISTINCT funksiyasini agregat funksiyalar
bilan birga ishlatish
mumkin.
Masalan quyidagi so„rovlarda: Kompaniyamizda qancha xar xil raportlar
nomlari
mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: