Mundarija: Kirish Moliyaning nazariy asoslari davlat moliyasining hozirgi holati davlat moliyasining amaldagi holati tahlili Foydalanilgan adabiyotla Xulosa Kirish Ilmiy loyiha mavzusining dolzaribligi
Davlat moliyasining hozirgi holati
Download 57.68 Kb.
|
moliya 1
2. Davlat moliyasining hozirgi holati.
Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasini va ularning xo’jalik hayotidagi makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliyaning holatini belgilab beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy o’sish, YaIM va MD miqdorlarining oshib borishi sharoitida moliya o’zining muntazamliligi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini va mamlakat fuqarolari hayotining sifat darajasining yanada ortishini rag’batlantiradi. Iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish hajmining pasayishi, ishsizlikning ortishi sharoitida moliyaning holati ham yomonlashadi. Bu narsa, o’z navbatida, davlat ichki va tashqi qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet defitsiti miqdorining kattaligida, pul emissiyasida, davlat qarzining ortishi va unga xizmat qilish bo’yicha xarajat-larning ko’payishida namoyon bo’ladi. Bularning barchasi inflyatsiyaning kuchayishiga, xo’jalik aloqalarining buzilishiga, o’zaro noto’lovlarning ortishiga, pul surrogatlarining paydo bo’lishiga, barter bitimlarining ko’payishiga, soliq-larni byudjetga undirish borasida qiyinchiliklarning kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining o’z vaqtida moliyalashtirilmasligiga, aholi keng qatlamlari turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy (sotsial) munosabatlarda ishlab chiqarish real sohasining holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. O’zining moddiy mazmuniga ko’ra moliya pul mablag’-larining maqsadli fondlarini ifoda etib, ularning yig’indisi, oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy resurs-larini tashkil etadi. Mamlakat moliyaviy resurslari o’sishining asosiy sharti MD hajmining ko’payishidir. Bir vaqtning o’zida, “moliya” va “moliyaviy resurslar” bir-biri bilan bir xil tushunchalar emas. Moliyaviy resurslar o’zo’zicha moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy jihatdan mo’ljallanganligini ocha olmaydi. Moliya fani resurslarning o’zini emas, balki resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o’rganadi. Bu fan moliyaviy munosabatlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi. Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko’p jihatdan u hukumat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy siyosatga ham bog’liq bo’ladi. Moliya – bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohi-yati “Davlat kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag’lardan foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo’ladi. Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi. Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi bizga mustaqil moliyaviy siyosatni yuritishga imkon berdi. Qisqa fursatlarda O‘zbekiston moliyaviy siyosatning tamoyillari ishlab chiqildi va u izchillik bilan amaliyotga joriy etila boshlandi. Yangi moliyaviy siyosatning asosiy mazmuni shundaki, u davlatning iqtisodiyot tarmoqlarini har taraflama rivojlantirish orqali xalqning yuqori turmush darajasini ta’minlash vazifasiga xizmat qilishga yo’naltirilgan. Moliyaviy siyosat o’ta nozik va ko’p qirrali tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy kontseptsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va sotsial sohalarni boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabat-larining elementlari bo’yicha tabaqalanishi moliyaviy tizim-ning rivojlanganligiga va uning ayrim bo’g’inlarining mustaqilligiga bog’liq bo’ladi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, iqtisodiy islohotlar-ning yangi bosqichida O‘zbekistonda moliyaviy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • Davlat byudjeti moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash; • byudjet daromadlari va xarajatlarining ochiq, shaffof va oshkora bo’lishini tashkil etish; • davlat xarajatlarini birinchi navbatda modernizatsiya qilish va tegishli tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish asosida iqtisodiyotni innovatsion asosda rivojlanishini ta’minlashga yo’naltirish; • xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash; • davlat byudjeti defitsitini yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo’naltirilgan qat’iy moliyaviy siyosatni amalga oshirish; • mahalliy byudjetlarning daromad qismini yanada mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlarni takomil-lashtirish; • byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish; Davlatning yangi moliyaviy siyosat kontseptsiyasining ayni davrdagi maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida jamiyat a’zolarining turmush farovonligi darajasini keskin oshirishni ta’minlashdan iborat. Moliya strategiyasining ijtimoiy yo’naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga ajratiladigan moliya resurs-larini ko’paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bo’libgina qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay yangicha yondoshuvda ham namoyon bo’ladi va endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning o’sishi hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish yo’nalishlarini belgilaydi. Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan fuqarolarni, shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimla-rini ijtimoiy himoya qilishni ham nazarda tutadi. Ijtimoiy himoya, eng avvalo, daromadlarni indeksatsiyalash usuli yordamida, ya’ni, byudjet mablag’lari hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni iste’mol indeksiga muvofiq oshirish yo’li bilan ta’minlanadi. Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy ta’sir o’tkazishning asosiy uslublari bo’lib soliq solish, moliya resurslaridan mohirona va oqilona foyda-lanish, moliyalashtirish, moliya bozori va boshqalar hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti hozirgi bosqichining moliyaviy siyosat moliya strategiyasi talablari asosida va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy ta’sir o’tkazishning asosiy uslublari bo’lib soliq solish, moliya resurslaridan mohirona va oqilona foyda-lanish, moliyalashtirish, moliya bozori va boshqalar hisoblanadi. Download 57.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling