Mundarija Kirish Neft konlarida quduq mahsulotini yig‘ish Eski konlarda qo’llanilayotgan neft, gaz, suvni yig’ish va uzatish tizimining avzallklari va kamchiliklari
Eski konlarda qo’llanilayotgan neft, gaz, suvni yig’ish va uzatish tizimining avzallklari va kamchiliklari (Ko’kdumaloq koni misolida)
Download 0.64 Mb.
|
Mundarija
2. Eski konlarda qo’llanilayotgan neft, gaz, suvni yig’ish va uzatish tizimining avzallklari va kamchiliklari (Ko’kdumaloq koni misolida).
Yaqin kunlargacha har bir oсhilgan yangi kon uchun ikkita loyiha tuzilar edi: 1) ishlash loyihasi; 2) jixozlash loyihasi. Hozirga k elib esa yangi ochilgan konlar uchun kompleks loyiha tuziladi, ya’ni ishlash va jixozlash loyihalari birgalikda, kon sharoitidan kelib chiqqan holda tuziladi. Neft va gaz konlarini ishga tushirishdan oldin ularning ishlash loyihasini tuzib chiqish kerak bo‘lardi. Ishlash loyihasi konni ishlash va ishlatish usullarini, shu konni jixozlash loyihasi uchun kerak bo‘ladigan hamma asosiy ma’lumotlarni va asosiy texnologik ko‘rsatkichlarni o‘z ishiga olgan bo‘lishi lozim. Konni ishlash loyihasiga quydagi ma’lumotlar kiradi: - ishlatish ob`yektlarini ajratish, ishlash tizimini va tartibini belgilab berish; - yillar davomida neft olish sur’atini; - neft beraolishlik koeffitsiyenti va oshirish usullarini; - konda ishlovchi va haydovchi quduqlar soni, kon maydonidagi o‘rni, teshish oraliqlarini hisoblash; - quduqlar debitini, qatlam bosimini, gaz omili va suv bosimini yillar davomida o‘zgarishini; - qatlamga ta’sir etish usullari va ta’sir etish omillarini tanlash; - ob`yektlarning ishlash tartibini aniqlash. Konni ishlatishning turli variantlarini texnik – iqtisodiy solishtirish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Loyihalash tashkilotlari ishlash loyihasiga muvofiq ravishda konni jixozlash loyihasi ham tuziladi. Jixozlash loyihasi neft, gaz va qatlam suvini yig‘ishni, neftni transport qilishga tayyorlaydigan turli xil texnologik uskunalarni oqilona joylashtirishni, loyiha bo‘yicha qatlamga suv haydash nazarda tutilgan hollarda suvni tayyorlash tizimini o‘z ichiga oladi. Konlarda neft, gaz va suvni yig‘ishni tashkillashtirish deganda neft – gaz – suv quvur uzatkichlari orqali mahsulotni quduqdan markazlashgan texnologik qurilmalarga uzatish tizimi tushuniladi. Ko’kdumaloq neft va gazkondensat konidagi karbonsuvchillarning har uch holdagisi (neft, kondensat va tabiiy gaz) mavjudligi va ularni zahiralari yetarli darajada katta bo’lganligi uchun bu konni ishlash jarayonini qatlam bosimini saqlash usullarini qo’llab amalga oshiriladi. Qatlam bosimini saqlash uchun neft suv tutash yuzasi ostiga suv va gazkondensat uyumining yuqori qismiga quruq gaz haydash yo’lga qo’yilgan. Suv haydash uchun konning hududidan o’tadigan janubiy kollektor kanali bo’yicha 1-ko’taruvchi nasos stansiyasi qurilgan. Bu yerdan suv 2-ko’taruvchi nasos stansiyasiga yo’naltiriladi. U yerda suv tindirilib keyin 3- haydovchi nasos stansiyasi orqali suv haydovchi quduqlarga haydaladi. Konda uchta suv haydovchi nasos stansiyalari qurilgan bo’lib, ularning umumiy suv haydash miqdori 1600 m3 /soatni tashkil etadi. Kundalik suv haydash miqdori 16 800-17500 m3 ni tashkil etadi. Tayyor mahsulot holdagi neft nasos stansiyasi orqali Qorovulbozor shahrida joylashgan temiryo’l stansiyasidagi neft quyish estakadasiga haydaladi. To’rt bosqichdagi gaz ajratgichlarda va tindirgichda ajratib olinib sizdirgichga kelib to’plangan qatlam suvlaridan erigan gaz va qolib ketgan neft ajratib olinadi. Ajratib olingan gaz past bosimli mash’alada yoqib yuboriladi, neftesa texnologik saqlagichlarga jo’natiladi. To’liq ajratib olingan qatlam suvi qaytadan qatlamga suv haydash tizimiga yo’naltiriladi. Gazni tozalash tizimi to’liq qurilib bo’lgandan keyin neftdan ajratib olingan va hozircha yoqib yuborilayotgan gazlar ikki bosqichda ogir karbonsuvchillardan tozalanadi. Quruq gazni gazkondensat uyumini yuqori qismiga haydash uchun kondan olinadi gan erkin gazdan kondensat ajratib olinib, quritilib, maxsus qurilgan kompressor s tansiyasi orqali haydalmoqda. Gazni haydash quduqlari ikkita quduqlar to’plami va yana 6 ta alohida joylashga n quduqlardan iborat. Gaz haydovchi kompressor stansiyasi 4 ta texnologik sha xobchadan iborat bo’lib, yiliga 4,0 mil'. m3 gaz haydash imkoniyatiga ega. 3. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling