Mundarija: Kirish Qadimgi Sharq va Gʼarb falsafasi
Download 165.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Avesto
Akvinalik forma:
Sxolastikani tizimga solishda dominikanlar Ordenining vakili Аkvinalik Foma (1225-1274) muhim hissa qoʼshdi. U oʼziga maqsad qilib xristianlik aqidalarini aqlga muvofiq ravishda ishlab chiqishga bel bogʼladi. Аrastu shunday asosni yaratgan ediki, unga tayangan Foma xristianlik tushunchasi boʼlgan gʼoyaviylik va moddiylik nisbatini avvaldan berilgan shakl qoidasi (tartib qoidasi) bilan beqaror va toʼla barqaror boʼlmagan modda qoidasi (borliqning eng zaif koʼrinishi) oʼrtasidagi nisbatni qoidaga aylantirdi. Yakka koʼrinishdagi hodisalar dunyosi, Аkvinalik Foma nuqtai nazaricha shaklning birinchi qoidasi va moddaning qoʼshilishidan tugʼiladi. Insonning ruhi esa, shakl tashkil qiluvchi 12 qoida boʼlib, oʼzining yakka tarzda namoyon boʼlishini faqat badan bilan qoʼshilgan holatdagina qoʼlga kiritadi. Ushbu xulosaviy qoida xristianlik sxolastikasining eng keskin masalalaridan birini murosasizlik jihatdan yakunladi. Shakllanayotgan xristianlik, sxolastika kabi, idealistik tizim boʼlib, oʼzining moddaga boʼlgan munosabatini talqin qilishda chuqur tashvishda edi, negaki Xudoning uchinchi koʼrinishi boʼlgan Iso Masih, inson siymosida namoyon boʼlgan edi, yaʼni oʼzida ham ilohiy (gʼoyaviy), va ham insoniy (moddiy-jismiy) tabiatni birlashtirgan edi. Ilohiylik va insoniylikning qoʼshilishi yolgʼon borliq sifatida moddani toʼla inkor etishga, uni «hech nima» (uni «hech nimadan» yaratilganligini aqida talab qilar edi) deb eʼlon qilishga imkon bermas edi. Shuning uchun Аkvinalik Foma tomonidan moddani «borliqning eng zaif koʼrinishi» sifatida talqin qilinishi cherkov tomonidan vujudga kelgan uslubiy va mantiqiy boshi berk koʼchadan chiqish sifatida qabul qilindi. Natijada modda sxolastikada tobelik holatida boʼlsa ham, qisman mavjud boʼlish huquqini qoʼlga kiritdi. Bunday Hukm yuritish falsafa tarixida «umumiy» faqat ashyolardan tashqarida mavjud boʼladi degan «oʼta keskin realizm» dan farqli oʼlaroq, «moʼʼtadil realizm» nomini oldi. Download 165.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling