Mundarija. Kirish. Quduqni shtangali nasos qurilmasi bilan ishlatish. Shtangali chuqurlik nasoslari
Download 278.37 Kb.
|
Shtangali chuqurlik nasoslari
Mundarija. Kirish. Quduqni shtangali nasos qurilmasi bilan ishlatish. Shtangali chuqurlik nasoslari. Tebratma - dastgox. Xulosa. Kirish Xalq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, sanoat korxonalarini barchasini ta’minlash borasida yoqilg’i energetikasi – komplesining xissasi beqiyosdir. Yoqilg’i energetika komplesining asosini neft va gaz qazib olish sanoati tashkil etadi. O’zbekiston neft va gaz qazib olish sanoati rivojlanishi bilan sanoatda ishlovchilar oldiga yuksak va ilg’or vazifalar qo’yib kelmoqda. Ushbu kasb egalari zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishishi, o’z bilimlarini doimiy ravishda to’ldirishda, er qaridan zaxiralarni olishda kelajak avlod uchun zamin yaratishda va davr talablaridan kelib chiqan holda o’z dunyo qarashlarini shakillantirishda ishchi sinfning oldi qatorida kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi neft va gaz qazib olish sanoatida eng zamonaviy, ilg’or texnika, qurilmalar va inshoatlar mavjud bo’lib, ularning asosiy vazifasi neft va gaz olish suratini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish va maxsulotni jahon talablariga javob beradigan holatga keltirish. So’ngi vaqtda, neft va gaz qazib olish texnologiyasi xilma xil jixozlarni ishlatib kelishga va texnologik jarayonlarni doimiy takomillashtirishga undaydi. Qatlamdagi neft va gaz xom ashyolarni er yuzasiga qazib chiqarishda ko’plab murakkab jixozlar va inshoatlarni ishlatishga to’g’ri keladi. «Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi» fani «Neft va gaz ishi» yo’nalishidagi asosiy mutaxasislik fanlaridan biri hisoblanadi. Ushbu fanni o’qitishdan maqsad bo’lajak bakalavrlarni neft va gazni qazib olishda qo’llaniladigan zamanoviy texnologiya va texnikalar bilan tanishtirib o’rgatishdan iborat. «Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi» fanida neft va gaz uyumlari tasnifi, qatlam energiya manbalari, uyumlarni ishlatish rejimlari, quduq tubi atrofiga ta’sir etish usullari, neft va gaz quduqlari va qatlamlarini tadqiqot etish, neft va gaz quduqlarini ishlatish usullari, favvora, gaz kutargich va mexanizasiyalashgan usullarda neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi, quduqlarda ta’mirlash ishlarini olib borish texnologiyasi va texnikasi bilan tanishib chuqur bilimga ega bo’ladilar Ma’lum texnologik jarayonga bo’lgan barcha talablarni inobatga olgan holda, tegishli jixoz turini tanlay bilish, shunga tegishli hisob 3 kitoblarni bajarishda fanning yordami beqiyosdir. Ayniqsa jixozlarni ishlatish qoidalrini o’rgatish, ularni o’zvaqtida ko’zdan kechirish, lozim bo’lgan xolda, ta’mirlash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni echish va jixozlarni xizmat davrini uzaytirishga asos bo’ladi. 4
Download 278.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling