Mundarija: Kirish


Download 320.81 Kb.
bet1/2
Sana15.04.2020
Hajmi320.81 Kb.
#99411
  1   2
Bog'liq
M.B.D


MUNDARIJA:

Kirish………………………………………………………………………………3

  1. Mehmonxonada marketing tushunchasi va rivojlanishi…..............................5

  2. Mehmonxonada marketingni boshqarishning ahamiyati ….……………..….9

  3. Mehmonxona marketing tadqiqoti ishlarini tashkillashtirish ....…....…..…..17

  4. Zamonaviy mehmonxona marketing tadqiqotini loyihalashtirish.......…..…22

  5. Mehmonxona marketing strategiyasini takomillashtirish.....…………….....28

Xulosa …………..…………………………………………………......................32

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati……………………………………………..35

Ilovalar………………………………………………...……………………….....38

Kirish

Marketing inglizchadan “market” – bozor, bozordagi harakat, faoliyat, ya’ni bozor faoliyatini o‘rganish ma’nosini anglatadi. Marketing tushunchasi bozor bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Marketing murakkab, ko‘p qirrali tushunchadir. Marketing- korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda boshqarish shaklidir. «Marketing» ga «sotish» va «reklama qilish»dan ham ko‘proq aloqador boshqa muhim jihatlarini o‘rganish uchun velosipedni misol qilib olamiz.

- Hech kim velosiped minib tug‘ilmagan.

- Hech kim o‘zi uchun velosiped yasamagan.

Balki biz uchun mashhur Schwinn, Performance, Huffy yoki Murray firmalari velosipedlarni yasaydi. Barcha velosipedlar bir xil vazifani bajaradi, ya’ni haydovchini manzilini yaqin qilish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga eltib qo‘yish. Lekin haydovchi turli xil model va dizayndagi velosipedlardan xohlaganini tanlashi mumkin.Velosipedlar odatda turli xil o‘lchamda, ayollar, erkaklar, bolalar, qariyalar uchun yoki ikki kishilik, savatchalik, 4 oyoqlik, arzon, qimmat va hokazo bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi xilma– xilliklar velosiped ishlab chiqarish va sotishni chigallashtiradi.




  1. Mehmonxonada marketing tushunchasi va rivojlanishi

Marketing atamasi iste’molga XIX asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining o‘ziga xos hodisasi tarzida XX asr boshlarida AQShda ilk bor qo‘llanildi.

1902-yildan boshlab AQShning Michigan, Kaliforniya, Illinoys universitetlarida “Tovarlar marketingi”, “Marketing usullari”fanlaridan ma’ruzalar o‘qitila boshlandi. 1910-1925-yillar mobaynida marketing usullari orqali bozorlar o‘rganila boshlandi. Firmalarda biznes faoliyatini o‘rganish uchun bozorni o‘rganish bo‘yicha bo‘limlar tashkil qilina boshlandi. 1926-yilda AQShda Marketing va Reklama Milliy Assotsiatsiyasi tashkil qilinib, keyinchalik Amerika Marketing jamiyatiga

aylantirildi. 1973-yilda bu jamiyat Amerika Marketing Assotsiatsiyasi mavqeyiga ega bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi og‘ir sanoat rivojlanishiga va sanoat tarmoqlarini boshqarishga bo‘lgan yangicha yondashuvni talab etdi. Ommaviy ishlab chiqarishning o‘sishi, sotib olish qobiliyatining pastligi bozorlarda sotuv siyosatining ishlab chiqilishini va marketing sohasida tajribaning ortishiga olib keldi. 1948-yildan esa marketing turli xo‘jalik faoliyatida qo‘llanilib, ishlab chiqarishdan to iste’molchiga yetib borgungacha bo‘lgan jarayonda tovarlar oqimi va xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishda ishlatildi.

Marketing bu har bir menedjer bilishi shart bo’lgan falsafadir. Biz turizm deb ataydigan faoliyat turi mehmondo’stlik industriyasini va sayohat tashkil qilishni uz ichiga oladi. Mehmonxona-restoran biznesida marketingni muvaffaqiyatli kullash butun sayohat industriyasini tashkil qilishga bog’liqdir. Masalan, kurortgan ketayotgan turist mehmonxonadan joyo olish bilan birga, transport biletini ham bir turistik firmadan sotib oladi. Transport tashkiloti bilan hamkorlik qilishga rozilik bergan turfirma raqobatchilardan oson kutiladi. Xuddi shu yul bilan firma charter reys tashkil qiladigan avialiniyalar bilan ham aloqa o’rnatadilar.

Sayohatchilik industriyasi iste’molchilarning oshib borayotgan talabini tez tushunib, bu sohadagi muammolarni yecha oladigan marketing bo’yicha mutaxassislarga muhtoj. Oshib borayotgan raqobatchilik sharoitida kompaniyalar uz e’tiborini iste’molchilarning talabini qondirishga qaratishga majburdirlar. Bunga rioya qilmagan kompaniyalarning kelajagi yuk. Mehmonxona va restoran da xizmat ko’rsatishda marketing – nisbatan yangi fan bo’lsa ham, bu biznesda taniqli odamlar marketing printsiplarini samarali kullash bilan ajralib turadganlar. Bu printsiplar uz ichiga iste’molchini talabini qondirish (tashki marketing) va xizmatchilar talabini qondirish (ichki korporativ marketing) ni oladi. Xar qanday biznesning maqsadi – xaridorni jalyu qilish va ushlab qolish, tashkilotning daromadini o’sishiga olib keluvchi iste’molchini talabini qondirish, turizm va mehmondo’stlikda marketingning eng oliy maqsadidir.

Turizm sektorida yetishtirilgan mahsulot va xizmatlarning marketingida industriya mahsulotlarining marketingidan farqli ba’zi xususiyatlari bor. Mehmonxona xizmatlaridan foydalangan iste’molchi jihatdan mehmonxona xonalarining yaratgani xizmat sof bir xizmat bo’lib, faqat qo’llanilishi bilan o’zi o’rtadan ko’tarilmaydi. Mehmonxona xonalari uchun bo’lgan talab o’zgaruvchan bir talabdir. Mavjud mehmonxona mahsulotlarining eng ahamiyatlilaridan bo’lgan mehmonxona xonalari, yer va makon boqimidan barqarordir. Talab kamaygan vaqt bo’sh hajm yuzaga keladi va talabning eng yuqori bo’lgan vaziyatlarida mutlaqo ma’lum bo’lgan bir ustki sig’im chegarasi bordir, bu chegaradan o’tilmaydi.

Mehmonxonachilik asosida marketing, eng oldin bozorning uyg’unligi izlanish yo’li bilan talabning qozonilishiga hissada bo’ladi. Bu izlanish, mehmonxona uchun eng yaxshi bozor imkonini, bozordagi bir ochiqni, bir joyni yoki alternativ joylar orasidagi mehmonxona uchun birortasining saylovini belgilaydi yoki ma’lum bir joyda quriladigan eng uyg’un mehmonxona shaklini ta’minlaydi. Marketing mehmonxona muassasiga davomli bozor izlanishi, mahsulot yetishtirish, sotish, tartiblik va ko’zdan kechirish kabi marketing bosqichlari bilan aloqada bo’ladi.

Mehmonxonalar insonlarga xizmat ko’rsatish maqsadida qurilgan tijoriy tashkilotlardir. Marketing negizi mehmonxonachilar tomonidan yangi qabul qilina boshlangandir. Ba’zilari sotishlarni va marketingni bir xil ma’noda ko’rishda davom etmoqdadir. Bir mehmonxona, mehmonxona xizmatlaridan foydalanganlarning ehtiyojlarini qarshilay olishdan, shaxsiy mehmonxona xizmatlari ma’lum bozorlarga sotilgan mehmonxona mahsulotlari bo’lib qurilishi kerakdir. Har mehmonxona ma’lum bozor bo’limlari va o’z mahsulotlari orasidagi tenglashtirishni bajarishi kerak. Bajarilish uchun ham mehmonxona xizmatlariga qarshi kelgan talab tahlili qilinish kerak.

Oxirgi yillarda iqtisodiy o’zgarishlar va yangi texnikalarning rivojlanishi, korxonalarning xizmat va mahsulotlarini marketing shakllarida va korxona boshqaruvlarida ahamiyatli bir o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Kompyuter texnoligiyalaridagi rivojlanishlar ba’zi turistik masofalarning oldingi rejaga chiqishi, iste’molchi munosabatlaridagi o’zgarishlar va boshqa omillar korxona xo’jayinlariga xaridorlarning ko’tish vaqtlarining o’tganini, endi o’zlari borib xaridorlarni izlash va ularni o’zlariga jalb qilish kerakligini tushinib boshladilar. Bu jarayon bir restoran yoki mehmonxona kabi sayohat byurosi uchun ham taalluqlidir. Marketing tushunchasining o’zgarishida faqat 3 ta ahamiyatli omil mavjud:

1. Bajarish uchun faqat ishlab chiqarishning kerakli bo’lgani (talab takliflardan juda ko’p bo’lsa) ishlab chiqarish yig’indisidan iste’mol yig’indisiga (talab taklifdan kam bo’lganda) o’tish. Bu vaziyatda, mehmonxona xo’jaligi sektorida, sotish funktsiyalari birinchi bo’lmoqtadir. Bunday paytda bozorning ehtiyojiga qarab ishlab chiqarish va tarqatish kerakdir. Boshqa tomondan talabga moslashish qiyin holga kelmoqtadir. Bu o’tish marketing tushunchasida yuzaga kelgan rivojlanishni isbotlamoqtadir.

2. Raqobatning rivojlanishi pastdagi shakllarda ko’rsatilgan o’xshash yoki qo’shimcha qiymatli mahsulotlar taqdim etgan yoki bir xil toifadagi korxonalar orasida yuzaga kelgan Raqobat (mahsulot Raqobati) Nilton-SHeraton (Hilton-SHeraton) mehmonxonalari yoki Mas Donald va Wath hamberger kabi tezda ovqat tayyorlanadigan korxonalar kabi. O’xshash mahsulotlar taqdim etgan turli sektorlarning korxonalari o’rtasida yuzaga kelgan raqobati: birlashgan mehmonxona zanjirlari, ko’ngilli zanjirlashishlar, ijtimoiy turizm maqsadli sektor, boshqa guruhlantirishlar kabi. Milliy bozordan xalqaro bozorga to’g’ri chiqqan Raqobat. Bu saviyada hatto milliy raqobat dunyo raqobatiga qatnasha olishi uchun o’zini fido eta olish majburiyatidadir. Xorijiy Sayyoh bir nechta masofa orasidan tanlash huquqiga egadir: London, Parij, Roma, Bryussel, Madrid, Turkiyadagi, Istanbul, Izmir, Antaliya bilan raqobat holidadirlar.

3. O’zgarishlar-yangilanishlar: Hayotda - yuzaga kelgan yangilanishlar, amaliy qo’llashlar, hayot darajalarining yuksalishi, iste’molchilarning ovqatlanish, tunash va ijobiy ko’nikishlari orasida tanlash imkonini, shansini orttirmoqtadir. Yuqoridagi bu tahlillar global bir shaklda qilingandir.



1-jadval.

Marketingning fan sifatida rivojlanish evolyutsiyasi1

Shuni ta’kidlash lozimki, 90 - yillar o‘rtalarida bozor tarmoqlarida marketing kommunikatsiyalari to‘g‘risida nazariya va uslubiyotlar yaratildi. Rossiya Fanlar Akademiyasi, Sankt Peterburg moliya-iqtisod universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari olim va tadqiqotchilari bozorni o‘rganish iste’molchilarni taqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kengaytirdilar. Marketing rivojlanishi evolyutsiyasi uning iqtisodiyotning barcha sohalariga joriy etilishi bilan xarakterlanadi.

1-bosqichda Marketing amaliy iqtisodiyot sohasi sifatida ko‘rilib, sotuvni samarali tashkil qilish, sotuv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarni tahlil qilish, firma faoliyati rentabelligini oshirishga qaratilgan.

2-bosqichda Marketingning turli konsepsiyalari shakllandi. Bu davrda marketingning asosiy funksiyalari bozorni o‘rganish, reklama, sotuvni rag‘batlantirish, sotuvni rejalashtirish kabilarga katta e’tibor qaratiladi.

3-bosqichda Marketing bozor konsepsiyasini boshqarish sifatida ko‘rilib, marketingning nazariy va uslubiy asoslarini rivojlantirishga zarurat tug‘ildi.

4-bosqichda Marketing rivojining evolyutsiyasi marketingni boshqarish nazariyasini ishlab chiqish, bozorni o‘rganish usullarini mukammallashtirsh, narx, kommunikatsiya, sotuv siyosatini amalga oshirish orqali qarorlar qabul qilishni to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi.



5-bosqichda Marketing – menejment nazariyasi rivojlana boshladi. Bu nazariya zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan holda bozor tarmoqlarining xususiyatlari, o‘zaro bir biriga ta’siri kabi masalalarga katta e’tibor berildi. Raqobatli bozor sharoitida tovar sifati uning xarakteristikasi, xizmat sifatiga asosiy e’tibor qaratildi. Ekologik marketing konsepsiyasi shakllandi.


  1. Mehmonxonada marketingni boshqarishning ahamiyati

2-jadval.



Download 320.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling