Mundarija kirish


Download 1.38 Mb.
bet3/31
Sana03.06.2020
Hajmi1.38 Mb.
#114278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
document- pdf.io - 1


Himoyaga olib chiqiladigan holatlar:

IX-XV asrlarda Orta Osiyoda tarbiya va ijtimoiy hayotning oziga xos xususiyatlari

XI-XV asrlarda Orta Osiyoda maktab va madrasalarda oquv mashgulotlari

Temuriylar davri talimi va tarbiya tizimining zamonaviy talim tizimi bilan ozaro bogliqligi

Temuriylar davri ijtimoiy pedagogik qarashlarini darsdan tashqari mashgulotlar jarayonida organish.

Ilmiy yangiligi:

IX-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik goyalarning rivojlanishi o’rganildi;

XI-XV asrlarda Orta Osiyoda maktab va madrasalarda o’quv mashgulotlari mazmuni qiyosiy tahlil qilindi;

pedagogika kasb-hunar kollejlarida oquvchilarning tarbiyalashda pedagogika tarixi oquv fani mazmunida mujassamlashtirilgan ajdodlar merosidan foydalanishga oid tavsiyalar ishlab chiqildi;

- temuriylar davri talimi va tarbiya tizimini darsda o’rganish mazmunini belgilashda tarixiy-pedagogik, psixologik va uslubiy taminoti aniqlandi, pedagogik tajriba-sinovdan otkazildi.

10

Tadqiqotning ilmiy-nazariy ahamiyati: «Pedagogika tarixi» kursi yangi



materiallar bilan boyitilganligi; tadqiqot mohiyatini yorituvchi tarixiy manbalar va Sharq mutafakkirlarining pedagogik talimoti va asarlarida bayon etilgan ijtimoiy pedagogik goyalar, ularning tasnifi, mohiyatining yoritilganligi; dars jarayonida, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida IX-XV asrlardagi ijtimoiy pedagogik gyaoalarda foydalanishning nazariy asoslari yaratilganligi va ilmiy-uslubiy tavsiyalarning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Zamonaviy pedagogik va texnologik yondashuv asosida pedagogika tarixini oqitishda oquvchilarning manaviy sifatlarini tarbiyalashga tasir etuvchi omillar aniqlandi; oliy talim muassasalarida «Pedagogika», «Pedagogika tarixi», «Etnopedagogika», «Manaviyat asoslari» fanlarini oqitishga oid nazariy-uslubiy mazmunda materiallar tayyorlandi. Tadqiqot natijalaridan pedagogika tarixini oqitishda oquvchilarning manaviy sifatlarini tarbiyalash amaliyotini yangilash, oquv-uslubiy majmualar tayyorlash, shuningdek, metodik tavsiyalardan oqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ma’ruzalar sifatida foydalanildi.

Dissertasiya kirish, uch bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat.

11

I BOB. IX-XV ASRLARDA IJTIMOIY PEDAGOGIK GOYALAR



RIVOJLANISHINI ORGANISH-DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

1.1. IX-XV asrlarda Orta Osiyoda tarbiya va ijtimoiy hayotning oziga xos xususiyatlari.



Ozbekiston oz mustaqilligini qolga kiritgach, pedagogik talim tizimi respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va manaviy islohotlar sharoitida rivojlanish davriga kirdi. Zero, hozirgi kunda iqtisodiy madaniyati, manaviy va moddiy qadriyatlarini insonparvarlik, yuksak axloqiy ideallar ruhida rivojlantirayotgan mustaqil demokratik davlatni barpo etish jarayoni amalga oshmoqda.

Ozbekiston mustaqilligini mustahkamlashning muxim vazifalaridan biri milliy manaviyatni yuksaltirish, milliy mafkurani shakllantirishdan iboratdir. Bu murakkab va dolzarb vazifani hal etish uchun bosib o’tilgan tarixiy yolni tahlil qilish, ijobiy va salbiy jihatlarini aniqlash, shu asosda tarbiya, ayniqsa bolajak mutaxassislarning manaviy sifatlarini tarbiyalashga yonaltirilgan pedagogik vositalar tizimini yaratish zaruriyati mavjud. Malumki, jamiyat hayoti va unda yashovchi kishilarning ijtimoiy-manaviy yuksalishi milliy mafkura, talabalar talim-tarbiyasi hamda bolajak mutaxassislarning keng kolamda intellektual salohiyatga ega bolishini talab qilmoqda. Tarixiy tajribalar shundan dalolat beradiki, har qanday davlat tizimi ozining asosiy maqsadi sifatida yoshlarga ajdodlardan meros bolib qolgan manaviy boyliklar, talim-tarbiyaviy qadriyatlarni singdirishni taqozo qiladi. Talim-tarbiyaviy qadriyatlar yosh avlodning ijtimoiy-manaviy rivojlanishida zamin bolib xizmat qiladigan moddiy, manaviy boylik.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling