Mundarija kirish
Download 1.38 Mb.
|
document- pdf.io - 1
Jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan, turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda vujudga kelgan qadriyatlar dolzarb va ahamiyatli. O’z tarixini chuqur bilgan, uning eng qimmatli jihatlarini anglab olgan, mohiyatini his etgan kishigina o’z millati va xalqining kelajagini tasavvur qila oladi, chunki milliy madaniyat va mafkuraga zamin, tayanch bo’lib xizmat 12 qiladigan fikrlar, pedagogik qarashlar, yondashuvlar, konsepsiyalar asrlar davomida shakllangan. Ajdodlarimizning ijtimoiy pedagogik qarashlari va ta’limotlarining paydo bo’lib, rivojlana boshlash tarixi bir necha ming yillarni o’z ichiga oladi. Madaniy meros hamda ma’rifiy-ma’naviy qadriyatlarni keng va har tomonlama o’rganish zarurligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ta’kidlanganidek, bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri xalqimizning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini tiklash, buyuk ajdodlarimiz, shoirlar, olimlar merosini xalq mulkiga aylantirish, e’tiqodini va xalqning o’z madaniyati, ma’naviyatining chuqur tarixiy ildizlarini shakllanish bosqichlari va xususiyatlarini ochib berishdan iboratdir. Bu esa, o’z navbatida, milliy ong, g’urur, tariximiz, o’tmish avlodlar xizmatiga hurmat-e’tiborni rivojlantirish, xalq mehnati, vatanga muhabbat tuyg’usini yoshlarda qaror toptirish uchun xizmat qiladi. Ilm-fan, madaniyat birmuncha taraqqiy etgan IX-XV asrlardagi ijtimoiy pedagogik g’oyalarni o’rganish bugungi kunning dolzarb pedagogik muammolardan biridir. O’zbekiston xalqlari ko’p asrlarga borib taqaluvchi madaniyatga, ega ekanligi hammaga ayon. Ana shu madaniy yodgorliklar inson qo’li, aqli, maxorat va malakasi, o’tmishdan qabul qilib olgan hayotiy tajribasi natijasidagina milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, san’at va adabiyot asarlariga aylangan. Demak, madaniyat o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmay, ko’p darajada ta’lim va tarbiya mevasi sifatida shakllangan har qanday olim, usta, siyosiy arbob o’z ustoziga keyinchalik esa shogirdiga ega bo’lgan. Bu ustozu-shogirdlik an’anasi faqatgina zamondoshlar orasidagina emas, balki o’tmish va hozirgi avlod vakillari orasida bilvosita davom etgan. Shunday ekan, O’zbekiston xalqlari madaniyati pedagogik qarashlari uzoq asrlarga taqaluvchi o’z qadimiy ildiziga ega bo’lib, biz bu ildiz mohiyatini o’rganmasdan turib, o’z zamonamiz uchun foyda keltiruvchi, respublikamizning gullab yashnashi uchun vatanparvarona kurash olib boruvchi avlodni tarbiyalay olmaymiz. 13
bosqini natijasida turkiy elatlar vujudga kelishdi. Bu asrlarda ro’y bergan tarixiy voqealardan yana bir muhimi Sharqda Islom dinining keng tarqalishi bo’ldi. Bu dinning O’rta Osiyoda yoyilishida arab xalifaliganing yaqin O’rta Sharq hamda O’rta Osiyoni o’z tasarrufiga olishi asosiy sabab bo’ldi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling