Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning pedagogik qarashlari. Sharqning buyuk ensiklopedik olimi al-Xorazmiy (783-850) faqatgina talantli olim bo’libgina qolmay, balki mohir nazariyotchi pedagog ham edi. Uning hayoti va faoliyatiga doir juda oz ma’lumotlar bizning davrimizga qadar yetib kelgan. Uning haqidagi ilk ma’lumot X asrda yashagan arab muallifi Ibn an-Nodirning "Fixrast" asarida mavjud bo’lib, unda quyidagi ma’lumot keltirilgan. “Al-Xorazmiy uning ismi Muhammad ibn Muso, kelib chiqishi Xorazmlik. U al-Ma’mun tomonidan shaxsan "Donish uyiga bajaruvchi etib tayinlangan edi, astronomiya ilmining bilimdorlaridan hisoblanadi……”1
Uning qalamiga quyidaga asarlar mansubdir: "Zich", "Quyosh soatlari haqidagi kitob", "Astrolob bilan ishlash. to’g’risidagi risola", "Astrolob tuzilishi
1 Yu.Axrorov “O’zbekistonda pedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixidan” maxsus kursga doir ma’ruzalae matni. _ T.: TDPI. 1992.15-bet
19
haqida risola", "Tarix kitobi”, "Aljabr va almuqobilani xisoblashga oid qisqacha
risola", "Hind hisobiga doir risola", "Ko’paytiruv va ayiruv amaliga doir risola" "Yer surati xaqida risola", "Astrolob yordamida kutubni aniqlash", "Yahudiylar yil xisobini aniqlash bo’yicha risola", "Qibla o’rnini aniklash to’g’risida risola" va x.k.
Al-Xorazmiy olim sifatida Xorazmdalik paytidayoq shakllangan IX asr boshlarida yirik olim sifatida tanilgan edi. Keyinchalik Marf shahriga borib, al-Ma’mun saroyiga xizmatga kirdi. 819 yilda al-Ma’mun xalifa bo’lgach u bilan Bag’dodga ko’chib borgach uning saroyi qoshida tashkil etilgan fanlar akademiyasiga boshchilik qiladi.
Bag’dodga ko’chib borgan olimlar orasida o’zgacha nufuzga ega bo’lgan Xorazmiy astronomiya, matematika, jug’rofiya va boshqa fanlar sohasida yutuqlarga erishadi, algebra faniga asos soladi.
Shunisi xayratlanarliki uning xar bir asari qaysi fan sohasiga bag’ishlangan bo’lmasin shu soxada birinchi, boshlovchi sifatida maydonga kelgan.
Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Xorazmiy jamiatning har tomonlama taraqqiyot etishi uchun aniq fanlarning tutgan o’rni naqadar katta ekanligani amalda isbotlab bergan olimdir. Xorazmiy algebra fanidan birinchi bo’lib yaratgan asari bilan algebra faniga asos soldi va uning asosiy tushunchalari, mazmuni va qoidalarini belgilab berdi. Algebradan yozilgan bu asar Yevropada ham katta shuhrat qozonib, Fransuz matematigi Viyet (1540-1603) zamonasigacha algebradan asosiy darajali kitobi bo’lib keldi. Bu kitobning arabcha qo’lyozmasi (1342-yil) Oksford universiteti kutubxonasida saqlanmoqda. U "Kitob al-Muxtasar fi xisob al-Jabr va al-muqoballa" ya’ni, "al-Jabr va al-muqobala" hisobi haqida "Kichkina kitob" deb nomlanadi. Agar tenglamaning 6x-7=0 bir tomonida yoki ikkala tomonida ayriluvchi bo’lsa, bitta kamayuvchini o’zini qoldirish uchun ayriluvchini tashlab, bunga teng miqdorni ikkinchi tomonga qo’shish "al-Jabr" deyiladi. Al-Jabr keyinchalik matematikaning alohida bo’limiga aylanib "Algebra” nomi bilan atala boshladi. Olimning nomidan esa keyinchalik
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
20
"Algoritm" termini yasaldi. "Al-muqobala" so’zi esa 5X+4=9X kabi tengaamalarni
yechish uchun ikkala tomonidan besh 5X ni ayirish ma’nosini bildiradi.
Birinchi darajali tenglamalarni yechish uchun ishlatiladigan amallar "al-
Jabr va al-muqobila" deb taladi. U o’zining “Al-jabr va al-muqobala" asarida
o’zining ijodiy faoliyat turlari haqidagi tasnifini bayon qilar ekan barcha ijodkorlar, ziyolilar uch guruhga bo’ladi:
1. O’tmish ijodkorlari tomonidan hal etilmagan yangilikni, kelajak avlodga qoldiruvchi olim va pedagoglar (ular boshqalardan o’zib ketadilar).
2. O’zlaridan ilgari o’tgan olimlarning ilmiy ishlarini boshqalarga
sharhlab, tushuntirib beradilar, bilish yo’llarini osonlashtiradilar (bu vazifan ko’pincha o’qituvchilar uddalaydilar. Yu.A.)
3. Ba’zi kitoblarning nuqsonlarni topadilar, nuqsonlarini to’ldiradilar.
Xorazmiy olg’a surgan maskur tasnif barcha fan sohasida izlanishlar olib borayotgan hozirgi zamon ijodkorlari uchun ham tegishlidir. Uning o’zi esa fanning ko’pgina sohalarida birinchi guruhga mansubdir. Olimning mazkur asari uning nomini jahon fani zarvaraqlarida qoldirgan muhim asar hisoblanib, u nazariy va amaliy qisim qoidalari hayotiy muammolarini - turli xil xo’jalik turmush, savdo-sotiq, yuridik masalalarni yechishga tatbiq etdi.
|
|
i
|
Do'stlaringiz bilan baham: |