22
soniy" - ikkinchi muallim (Aristoteldan so’ng) nomini oldi, umrining so’ngi
yillarini Damashq shahrida o’tkazdi. Forobiy fanning turli sohalariga bag’ishlangan 160 dan ortiq asarlar yozdi. Biroq uning ijodini belgilovchi narsa uning falsafiy qarashlari hamda pedagogik qarashlari ifodalangan asarlaridir.
Uning falsafiy qarashlari panteistik harakterga ega bo’lib, u Platonnin materializmi rad qilishga qarshi chiqadi va tabiatni real va obyektiv mavju ekanligini e’tirof etadi. Uningcha inson tabiatning eng yuksak ijodi, inso o’zining idroki tufayli atrof muhitni anglay oladi. Idrok yordamida sezis mumkin bo’lmaydigan ichki aloqalar mohiyatini tushunib sezsa bo’ladi, dega fikrlari bilan u izchil rasional tastiq pozisiyasida turadi.
U o’zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida har tomonlama rivojlangan inson va insoniy masalasini ko’ndalang qo’yadi. Xuddi ana shu g’oyalar Forobiyning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini belgilaydi. Shuning uchun ham Forobiyni haqli ravishda o’rta asr sharqining fani asoschilaridan biri deb aytish mumkin.
Forobiy falsafani nazariy va amaliy deb ikkiga ajratib o’z pedagogi qarashlarini amaliy falsafasida keng yoritgan. U fanlarga bilimlarni egallash v yig’ish vositasi sifatida qaraydi. Ularni egallashni esa ma’lumotlilikning me’zon deb hisoblaydi. Haqiqatni aniqlash, fikrning qat’iyligini tarbiyalashda mantiq v grammatikaning rolini ko’rsatar ekan, u sezgi organlari va miya insong tug’ilishdanoq berilgan. Qolgan narsalar bilim, har xil aqliy va axloqiy xislatla xarakter, ma’lumot boshqalar insoniy muloqotlar natijasida qo’lga kiritiladi, de hisoblaydi. Shuning uchun xam insonning shakllanishida tarbiyaning ayniqs ma’naviy va axloqiy tarbiyaning roliga katta baxo beradi. Forobiy inso xarakteridagi mardlik, botirlik, saxiylik, topqirlik, tug’ri so’zlik, adolatparvarli kabi xususiyatlar faqat tarbiya natijasidagina qo’lga kiritiladi deb xisoblayd Unincha axloqiy sifatlar ikki xil yo’l bilan hosil qilinadi:
1. Mustaqil xarakat qilish orqali 2. Majbur qilish orqali.
|
g d n h n
|
k a i a a r, b a n k i.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |