Mundarija kirish


Download 1.38 Mb.
bet2/31
Sana03.06.2020
Hajmi1.38 Mb.
#114278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
document- pdf.io - 1

Muammoning organilganlik darajasi. Allomalarning merosi va ijtimoiy pedagogik qarashlari, ulardan talim-tarbiya jarayonida foydalanish muammosi bilan pedagogika, falsafa, adabiyotshunoslik, tarix, inson va jamiyat, etnografiya va boshqa fanlar namoyandalari u yoki bu darajada shugullanib kelmoqdalar.

Pedagoglardan O.Musurmonova, M.Quronov, S.Ochilov, N.Ortiqov, U.Mahkamov, M.Inomova, Q.Quronboyevlar oquvchilarda manaviy-axloqiy



5

madaniyatni shakllantirish, mustaqillik yillarida tarbiya jarayonlari va yosh avlod

manaviyatini rivojlantirish, umumiy orta talim maktablarida milliy tarbiyaning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratishga bagishlangan yirik tadqiqotlar olib bordilar [24], [34], [29], [28], [25], [23], [33].

Tadqiqotchilardan Q.Karimov, N.Husanxojayev, M.Maqsudov, Q.Mahmudov, A.Axmetova va boshqalar Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdurauf Fitrat va boshqalarning talimiy-axloqiy qarashlarini tadqiq etganlar.

S.Nishonova «Sharq Uygonish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasga doir tadqiqot ishida Sharq Uygonish davrida talim-tarbiya masalalari, qomusiy olimlar ilmiy merosida komil inson tarbiyasi, osha davr talimiy-axloqiy asarlarida barkamol inson tarbiyasi masalalarini yoritib beradi va komil insonga xos xislatlar ko’rsatadi. Olimaning takidlashicha, Sharq Uygonish davri talimiy-axloqiy asarlarida barkamol shaxs tarbiyasida aqliy, axloqiy, jismoniy, nafosat tarbiyasi asosiy mezon bolib kelgan. Ana shu mezonlarni tarbiyalashda inson egallashi zarur bolgan manaviy xislatlar ham

alohida ajratilib korsatiladi [25].

Tadqiqotlarning malum qismi tasavvuf talimoti vakillarining axloqiy

tamoyillariga bagishlansa, bazilarida ayrim shaxslarning pedagogik talimoti



tadqiq etiladi. Masalan, K.Nosirov «IX-XI asrlarda Orta Osiyo mutafakkirlarining axloqiy tarbiya haqida goyalarini» (Al-Buxoriy va al-Forobiy asarlari misolida) tadqiq etar ekan, inson axloqiy kamolotining asosiy shart-sharoitlari va kamolot mezonlari bolgan axloqiy xislatlarni aniqlaydi [27].

F.A.Babashev esa pedagogika tarixida Xorazmda tashkil etilgan «Bilimlar uyi» «Mamun akademiyas (1003–1014) va unda faoliyat korsatgan olimlar Abulayr Hammor, Ibn Hamid al-Xorazmiy, Abu Sahl al-Masihiy, Abu Ali Ahmad ibn Miskavayx, Abumansur as-Saolibiylarning ilmiy merosi bilan bir qatorda axloqiy qarashlarini ham pedagogik jihatdan tadqiq etadi [22].

Ozbek xalq pedagogikasi tarixida juda kop didaktik asarlar yaratilib, ularni


6

chuqur organish, ulardagi eng qimmatli fikrlarni aniqlash, saralash, ulardan

bugungi kunda ijodiy foydalanish hamda hayotga keng tadbiq etish hozirgi kunning muhim vazifasidir. Ilm sohiblari talim-tarbiya sohasiga oid qimmatli asarlar yaratgan, ularning har bir talimiy-axloqiy asari bolib manaviy tarbiya, pedagogik fikrlar ilgari surilgan, ularning tarbiya haqidagi fikrlari chuqur, mantiqiy va asosli bayon etilgan.



Asrlar osha bu fikrlar oz ahamiyatini yoqotgani yoq. Ular keng pedagogik jamoatchilik mulkiga aylanib, osib kelayotgan yosh avlod talim-tarbiyasi, uni hayotga tayyorlash ishida katta yordam berib kelmoqda. Bu pedagogik meros ayniqsa hozirgi manaviy qadriyatlar tiklanayotgan bir sharoitda alohida qimmatlidir.

Ozbekiston Respublikasi pedagogika talim muassasalarida oquvchi-yoshlar va oquvchilar manaviy sifatlarni tarbiyalashning muhim shartlaridan biri ularni Sharq allomalarining pedagogik qarashlari asosida manaviy jihatdan shakllantirish, buning uchun pedagogika tarixi materiallaridan unumli foydalanishdan iboratdir.

Oquvchi-yoshlar va oquvchilarni o’tmish meros, qimmatli manbalar yordamida manaviy jihatdan tarbiyalash nihoyatda dolzarb bolganligi uchun ham bu sohada izlanishlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga kelmoqda.

Pedagogika fani materiallari yordamida talim tizimida oquvchilarning manaviy sifatlarini tarbiyalashni rivojlantirish maqsadida ushbu kurs mazmunini yangi materiallar bilan boyitishga intildik.



Abu Nasr ibn Iroq, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr ibn Hammor, Abu Ali ibn Miskavayx, Abu Mansur as-Saolibiy, Abu Abdulloh Iloqiy, ularning pedagogik qarashlari «Pedagogika» kursi mazmunida oz ifodasini topmagan. «Pedagogika» boyicha mavjud darsliklarda esa oquv materiallari va malumotlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino kabilarning pedagogik qarashlarini yoritishdan iborat bolib qolgan.

Mazkur ishlar Sharq mutafakkirlarining komil inson tarbiyasi, uning kamolga yetishining asosiy talablarini yoritib berishga bagishlanadi. Bu tadqiqotlar

7

muhimligini tan olgan holda takidlash joizki, mualliflar mutafakkirlarning



pedagogik qarashlarini izchil tadqiq etganlar, lekin ular «Pedagogika» kursini oqitish jarayonida tarixiy manba bolgan IX-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik goyalar, bu davrda yashab o’tgan mutafakkirlarning qarashlari asosida oquvchilarni tarbiyalash muammosi maxsus tadqiq qilmaganlar.

Malumki, manaviy barkamol avlod oz-ozidan tarbiyalanib qolmaydi. Bugungi oquvchi-oquvchi ertangi kunda barkamol insonni shakllantirish bilan shugullanadigan mutaxassisdir. Bolajak oqituvchining ozida, avvalo, yetuk kasbiy sifat, manaviy-marifiy madaniyat, mahorat hamda kasbiy konikmalar teran rivojlangan bolishi shart. Bu esa Ozbekiston Respublikasida talim-tarbiyaning yagona pedagogik tizimini yaratishni muqarrar qilib qoydi. IX-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik goyalaridan oquvchi-yoshlar va oquvchilarning manaviy sifatlarini tarbiyalashga oid nazariy tahlil tadqiqot mavzusining muhimligini belgilaydi. Shunga kora, «IX-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik goyalarning rivojlanishi» mavzusini tadqiqot ishi uchun tanladik.

Tadqiqot maqsadi: IX-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik goyalarning rivojlanishini tahlil qilish va oquvchi-yoshlar ongiga singdirish.

Tadqiqot obyekti: IX-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik goyalarni tahlil qilish hamda oquvchi-yoshlar ongiga singdirish jarayoni.

Tadqiqot predmeti: IX-XV asrlarda Orta Osiyoda tarbiya va ijtimoiy hayotning oziga xos xususiyatlari, maktab va madrasalarda oquv mashgulotlari mazmuni tahlili.

Tadqiqotning ilmiy farazi: agarda:

IX-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik goyalarning rivojlanishi qiyosiy tahlil qilinsa;

pedagogika tarixini oqitish orqali oquvchilarning manaviy sifatlarini tarbiyalash imkoniyatlari aniqlansa;

XI-XV asrlarda Orta Osiyoda maktab va madrasalarda o’quv mashgulotlari mazmunini qiyosiy o’rganilsa;

Pedagogika kasb-hunar kollejlarida oquvchilarning tarbiyalashda
8

pedagogika tarixi oquv fani mazmunida mujassamlashtirilgan ajdodlar merosidan

keng foydalanilsa;

Temuriylar davri talimi va tarbiya tizimini darsda organish mazmunini belgilashda tarixiy-pedagogik, psixologik va uslubiy taminoti yaratilib, pedagogik tajriba-sinovdan o’tkazilsa;

IX-XV asrlarda ijtimoiy pedagogik goyalarning rivojlanishini oquvchilar ongiga singdirishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilsa, pedagogika fanini oqitish mazmuni yanada boyib, oquvchilarning manaviy sifatlarini tarbiyalash jarayoni samarali kechadi.

Tadqiqot vazifalari:

1. Muammoga oid tarixiy-falsafiy, psixologik, pedagogik va uslubiy manbalarni organish;

2. IX-XV asrlarda Orta Osiyoda tarbiya va ijtimoiy hayotning oziga xos xususiyatlarini tahlil qilish.

3. XI-XV asrlarda Orta Osiyoda maktab va madrasalarda o’quv mashgulotlari mazmunini qiyosiy o’rganish;

4. Temuriylar davri talimi va tarbiya tizimini darsda organish mazmunini belgilash;

5. Temuriylar davri ijtimoiy pedagogik qarashlarini sinfdan va maktabdan tashqari mashgulotlar jarayonida organishning shakl va vositalarini ishlab chiqish 6. IX-XV asrlarda Orta Osiyoda tarbiya va ijtimoiy hayotning oziga xos xususiyatlarini talim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishga oid ilmiy-uslubiy

tavsiyalarni ishlab chiqish va ularni pedagogik tajriba-sinovdan o’tkazish;

7. Tajriba-sinov ishlari natijalarini umumlashtirish va ularning samaradorligini tahlil qilish, baholash.



Tadqiqot metodlari: ilmiy adabiyotlarni organish; pedagogik kuzatish; anketa sorovi; suhbat; intervyu; test sorovi; tahlil qilish, umumlashtirish; pedagogik tajriba uslublari.

Tadqiqotning metodologik asosi: Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Talim togrisida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Prezident

9

I.A.Karimov hamda tarixchi, faylasuf, psixolog, pedagog olimlar tomonidan ilgari



surilgan qarashlar, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy goya targiboti va manaviymarifiy ishlar samaradorligini oshirish togrisida»gi PQ-451-sonli Qarori, «Milliy istiqlol goyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi, Ozbekiston Respublikasining «2004-2009 yillarda maktab talimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi», Vazirlar Mahkamasining talim masalalariga doir qarorlari, Sharq mutafakkirlarining yoshlar manaviyatini tarbiyalash va rivojlantirish tog’risidagi talimotlari, Oliy va orta maxsus hamda Xalq talimi vazirliklarining talim togrisidagi meyoriy hujjatlari, shuningdek, falsafa, pedagogika va psixologiya sohasidagi tadqiqotlar va ilgor tajribalardan iborat.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling