Mundarija Kirish XV asrda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik harakati
Fransiyada siyosiy markazlashuvining xususiyatlari va amalga oshirilishi
Download 335 Kb.
|
XV – XVII asrlarda Fransiya
1.2. Fransiyada siyosiy markazlashuvining xususiyatlari va amalga oshirilishi.
XVIII asrda Fransiyada ajoyib yozuvchilar va olimlar yashar edilar.Ular katolik cherkovi va dinni, feodal jamiyatni, karol ab - solyutuzimini shafqatsiz tanqid qiladilar. Bu yozuvchilar va olimlarni ma'rifatchilar deb, ular ifodalagan g'oyaviy harakatni ma'rifat deb atalardi. Ma'rifatchilar uchinchi toifaning, asosan feodal tuzumga qarshi kurashga otlangan burjuaziyaning manfaatlarini ifodalardilar. XVIII asrda Vol'mer (1694 - 1778 ) g'oyat katta e'tiborga ega edi. Yozuvchi, shoir, mutafakkir, ajoyib satrik qobiliyatga ega boigan Vol'ter feodal tartiblarga va katolik cherkoviga qarshi qaratilgan g'azabli, otashin nutqlari bilan shuhrat qozongan edi. Vol'ter zaxarxanda, bilan, agar ritsarlar tovonlarida shipor bilan, dexqonlar esa yelkalarida egar bilan tug'ulganliklarida, men dvoryanning "tug'ma" feodal huquqlari borligiga ishongan bo'lardim, der edi. " gazandani yanchib tashlang " deb da'vat qilgan edi. Vol'ter katolik cherkovini gazanda deb atardi. U dinni: uning "dahshatli bema'niliklari" ni "mo'jizalarning kulgili ekanligini" o'ta ketgan yolg'onchiligini fosh qilgan edi. Gersen Vol'ter to'g'risida "u yashindek uchar va kuydirar edi " - deb yozgan edi. Tartiblarni o'zgartirishni Vol'ter revolyutsiyadan emas, balki " ma'rifatli podsho"dan kutar edi. U podsholar ma'rifatparvarlar g'oyalarini singdirib olganlaridan keyin dvoryan va ruxoniylarning imtiyozlarini yo'q qiladi va boshqa reformalarni amalga oshiradi, deb umid qiladi oxir - oqibatda esa karolning hokimiyatini cheklaydigan kanstitutsiya barpo etishni istagan edi33. Atoqli mutafakkir Monteskye ( 1689 - 1755 ) hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo'lishi g'oyasini himoya qilib chiqgan edi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat, yani qonunlarni barqaror qilish huquqi, uning fikricha, dvoryanlar va burjuaziya vakillaridan iborat parlamentga qonunlarning ijrosini kuzatib borishi, armiyaga chinovniklarga va shu kabilarga buyruq berilishi lozim bo'lgan ijro qiluvchi hokimiyat karolga, sudlovchi hokimiyat esa axoli tomonidan ko'rsatilgan sudyalarga tobe bo'lishi lozim. Moteskiyning hokimiyatlarini bo'lishi xaqidagi fikri absalyut monarxiyaga qarshi qaratilgan edi, chunki monarxiya davrida uchala hokimiyat ham karol qo'lida edi. Monteskiy cheklangan yoki kanstitutsion monarxiyani yoqlab chiqgan edi. Vol'ter singari, u ham Angliyaning siyosiy tuzumini ko'klarga ko'tarib maqtardi. Jan Jak Russo ( 1712 - 1778 ) Jenevalik hunarmandning o'g'li edi. Unga ish qidirib yurishga, muxtojlik, xolik - zorlik tortishga to'g'ri kelgan edi. Russo shuxrat qozongan traktatlarning (ilmiy asarlarning) va romanlarning avtori bo'lgach, Fransiyadan qochib ketadi, chunki u cherkovga qarsi chiqqanligi uchun uning turmaga qamalishi xavfi tug'ulgan edi. Uning asarlaridan ko'pi jallod qo'li bilan o'tga tashlandi. U yana darbadar yurib, cherkov xodimlarining va xokimlarining taqibiga duchor qilindi. Adolat va ezgulik yuragida jo'sh urgan Russo xalqqa zulm qiluvchilarga nafrat bilan qarardi , huquqsiz va ezilgan kishilarning azob - uqubatlariga chuqur xayrixoxlik bilan qarardi34. "Odam ozod tug'ulsa-da xamma joyda uning qoi -oyog'iga kishan solingan"- deb yozgan edi Russo. Bu kishanlarni; cherkov hukmronligini, feodal zulmni, toifaviy zulmni, monarxiyani parchalab tashlamoq kerak. U chin qalbdan borcha kishilarning tengligi tarafdori edi. Russoning buyuk g'oyasi boylar xam, kambag'allar ham, bo'lmaydigan demoratik respublika edi. Russo xususiy mulkni bekor qilishni talab etmagan edi, lekin mol-mulkni teng baravar qilishni yoqlab fakir bildirgan edi, "toki har bir kimsada yetarlicha mol-mulk bo'lmasin " Russo xristianlikni, uning cherkovini, marosimlarni, jannat va do'zax haqidagi ta'limotini rad etardi. "Kelgusidagi hayotda do'zax izlashning nima xojati bor? -deb so'rardi u kinoya bilan. Bundagi hayotda u mavjud boiib turibdi-ku. Russo istibdod bilan kurashning qonuniy yo'li deb inqilobni maqullardi. Russo Fransiyaning ilg'or yoshlariga katta tasir ko'rsatdi. Melyening (1664-1729) butun hayoti noma'lum qishloq cherkovi xodimi bo'lib qoldi. U yashirincha "Vasiyatnoma" nomli kitobini yozib, unda o'zining haqiqiy etiqodlariga yo'l ochib berdi."Vasiyatnoma " faqat Mele vafotidan kiyin mashhur bo'ldi. U men cherkov xodimi vazifasini "juda jirkanib va juda pala partish " bajarib keldim deb etirof qilgan edi. O'z kitobida u xudoga, karolga, boylarga urush e'lon qilgan edi. Mele xudosiz sifatida maydonga chiqgan edi. "O aziz do'stlar, deb yozgan edi u - din niqobi ostida sizlarga qanday yolg'on yashiqni o'rgatayotganligini bilsangiz edi" Mele feodal tartibsizliklarga karolning, cheklanmagan hokimiyatiga xujum qilgan edi. Mele xususiy mulkni fosh qilib, yerni umumxalq mulki qilmoq kerak deb taklif qilgan edi. Xususiy mulkni e'tirof qilgan boshqa marifatchilar orasida Mele aloxida o'rin tutadi. Melye faqat qishloq kambag'allarining orzu - umidlarini ifodalagan edi xolos. XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiyada butun dunyoda shuxrat qozongan "ensklopediya" nashr etilib, u o'sha vaqtgacha to'plangan bilmlar va g'oyalar majmuasidan iborat edi. "Ensklopediya" uchun maqolalarning Val'ter, Russo va boshqa marifatchilar yozar edilar, lekin butun nashrning boshlig'i va joni ajoyib yozuvchi ba mutafakkir Deni Didro (1713 - 1784) edi". Biz insoniyatga xizmat qilamiz,- degan edi g'urur bilan Didro. Bizning ishoramiz - xurofotchilarga, mutaasiblarga, beparvolarga va mustabidlarga xech qanday shavqat qilmaslikdan iborat35. "Cherkov peshvolari g'azabga keldi. "Ensiklopediya" ning yettinchi tomi bosilib chiqqandan keyin uni Fransiyaga nashr etish taqiqlandi. "Ensiklopediya" ni yashirin chop qila boshladilar. Hammasi bo'lib 35 tomi nashr qilindi. Ensiklopediya" ni eski tartibga xujum qiluvchi qamal mashinasi deb atardilar. XVII asrdagi Fransiyani marifatchilarini "yaqinlashib kelayotgan inqilob uchun kishilarning miyalarini marifatli qilgan" buyuk kishilar edi. Qirol deputatlarga nisbatan qurol ishlatishga buyruq berdi,ammo qirol askarlari deputatlarga qarshi o'q otishni istamadilar. Shundan so'ng qirol Lyudovik XVI chekinishga va deputatlar bilan kelishishga majbur bo'ldi. Ammo zimdan xorijfagi davlatlar qirollari va monarxlari bilan til biriktirib, chet el qo'shinlari yordamida o'z xalqiga qarshi urush yo'llarini qidira boshladi. Qirollikning barcha xatti- harakatlari xalqining sabr-kosalarini to'ldirdi. 1789-yil 14- iyulda Parij aholisi Bastiliya qamoqxonasini qo'lga kiritdi va u yerdagi mahbuzlarning barchasini ozod etdi. Bastiliyaning qulashi Fransiya tarixida katta siyosiy voqea bo'lib, u Fransiya inqilobining boshlanishidan darak berar edi. Inqilob tezda butun Fransiya bo'ylab tarqaldi. Ammo bir kun oldin, 13-iyulda qirol Lyudovik XVI Versalda, Mariya-Antuanetda ishtirokida katta bayram tantanalari o'tkazdi. Versal saroyida o'yin-kulgi, xursanfchilik abjiga chiqdi, qirol va qirolicha sharafiga ularning yaqin orada "Parijlik g'alamislar" ustidan g'alaba qozonishlar uchun qadaxlar ko'tarildi36. General shtatlar 1789-yil 5-mayda Versalda tantanali suratda ochildi. Qirol poytaxtdagi rivalyutsion kayfiyatda boigan ommadan qo'rqib, general shtatlarning majlisini Parijda o'tkazni istamasdi. Burjuaziyaning vakillari, shuningdek ziyolilarning vakillari olimlar, advokarlar, vrachlar- uchinchi toifaning vakillari edilar. Ular orasida rahbarlik mavqeini yirik burjuaziyaning vakillari (bankirlar va katta savdogarlar ) egallagan edilar. Qirol taxtga chiqib o'tirib, shlyapasini kiyganida, dvoryanlar va ularning deputatlariham eski imtiyozlaridan foydalanib bosh kiyimlarini kiydilar. Lekin shu payt kutilmagan voqea yuz berib, zodoganlarni ajablantirdi va g'azabga keltirdi: uchinchi toifa vakillari qirolning nutqini tiz cho'kib va bosh yalang eshitishi kerak edi, biroq qirolning nutqini ular ham bosh kiyimlari bilan, tikka turib eshita boshladilar. Shundan keyingi kunlarda General shtatlar majlis qilib turgan binoni parijliklar to'da- to'da bo'lib kelib o'rab ola boshladilar. Ular: majlisni qirolga qarshi kurashga kelgan edilar. Mana 1789-yil 17-iyunda uchinchi toifa deputatlari xalqning madadini sezib, o'zlarini mamlakatda oily hokimiyat - Millat majlisi deb elon qildilar. Ular uchinchi toifaga butun millatning 96 % kirishini dalil qilib ko'rsatdilar37. Uch kundan keyin, 1789-yil 20-iyunda, navbatdagi majlisni o'tkazish uchun kelgan deputatlar majlis binosi bekilib qo'yilganini ko'rdilar. Qorovullar ularning yo'llarini to'sdilar. Qirol majlis o'tkazishga yo'l qo'ymoqchi emas edi. Ko'p xaloyiq to'plandi. Ular deputatlarga dalda berib turdilar. Kimdir boshqa binonining koptok o'ynaladigan bo'sh zalini ko'rsatdi. Majlis raisi skameyka ustiga chiqib, qasamyod tekstini o'qiy boshladi, deputatlar hech nimaga qaramasdan to konstitutsiya ishlab chiqulmaguncha tarqalib ketmadilar. Hozir bo'lganlarning hammasi bu fikrni ma'qullab qo'llarini baland ko'tardilar. Ko'p o'tmay Millat majlisi o'zini Ta'sis majlisi deb e'lon qildi, chunki uning maqsadi konstitutsiya joriy qilish, ta'sis etish edi. O'sha kunlarda Russoning hukumatni tuzishga xalqning o'zi haqlidir, degan so'zlari tez-tez esga olib turilardi38. Korol Ta'sis majlisining bo'lishiga roziman dedi. Lekin bu gap shunchaki ko'z buyash uchun aytilgan edi. Shundan keyin ruhoniylar va dvoryanlar deputatlarning ancha qismi uchinchi toifaga qo'shildi. Amalda esa korol kuch ishlatishga qaror qilgan edi. Versalga va Parijga qo'shinlar keltirildi. Bu xabar poytaxtda boshlangan g'alayonni yanada kuchaytirdi. 13 iyulda butun Parij qo'zg'olon ichida qoldi. Qo'zg'olonchilar o't qo'ygan bojxona zastavalari lovillab yonmoqda edi. 1789 yil 14 iyulda, korolning qal'a-turmasi Bastiliyadagi zambaraklar shaharga to'g'irlab qo'yilibdi, degan ovoza tarqaldi. Bastiliyaning balandligi 30 metr keladigan 8 minorasi bo'lib, bu minoralar tosh devorlar bilan tutashgan edi. Korol va uning ministrlari o'zlarining shaxsiy dushmanlaridan anna shunday yo'l bilan uch olardilar. Bastiliya korol hokimiyatining timsoli edi. Xalq unga nafrat bilan qarardi. Lyudovik XVI ga Bastiliya qo'ldan ketdi, deb xabar qilganlarida, u «bu axir isyon-ku» deb xitob qilgan. Ayonlardan biri: «Yo'q, podshohim, bui syon emas, inqilob» deb javob bergan. Korol qo'shinlariga ortiq ishonmasligidan, ularga Versal va Parijdan chiqib ketish haqida buyruq berdi. Bastiliyaga hunarmandlar, xalfalar, ishchilar, mayda savdogarlar, boshqacha qilib aytganda, shahar «pastki tabaqalari», ya'ni sankyulotlar (fransuzcha «sankyulot» so'zi uzun pochali demakdir) deb atalgan kishilar xujum qildilar. Inqilobning dastlabki kunlaridan boshlaboq «pastki tabaqalar» uning eng aktiv jangovar kuchlaridan biri bo'lgan edilar. Bastiliyaning olinishi buyuk fransuz burjua revolyutsiyasining boshlanishidir. Korol hukumatiga qarshi ko'tarilgan xalq ommasi g'alaba qozondi. Xalq cheklanmagan monarxiyani ag'darib tashladi. Qonunlarni Ta'sis majlisi chiqarishga korol rozilik berishga majbur bo'ldi. Fransiyada cheklanmagan (konstitutsion) monarxiya o'rnatildi. Ta'sis majlisida yirik burjuaziya vakillari ko'pchilik bo'lganidan mamlakatda hokimiyat amalda feodal aristokratiyadan yirik burjuaziya qo'liga o'tdi, yirik burjuaziya feodal tartiblarni yemirishga kirishdi. Bastiliyaning olinganligi haqidagi xabarni Yevropa va Amerikaning ilg'or kishilari xursandchilik bilan qarshi oldilar. O'z ko'zi bilan ko'rgan kishilarning aytishicha, Parijdan uzoq bo'lgan Peterburg ko'chalarida odamlar «xuddi ularni zanjirband qilib turgan og'ir kishilardan qutilgandek» bir-birlarini quchoqlab tabriklagan edilar. Bastiliya olingan kun (14 iyul) fransiyaning milliy bayrarni bo'lib qoldi39. Milliy majlis Ta'sis majlisiga aylangach, mamlakatdagi hokimiyat qiroldan uchinchi tabaqaga mansub bo'lgan Ta'sis majlisiga o'tib, Fransiyada konstitutsion monarxiya tuzumi o'rnatildi. Mutloq hokimiyat ag'darib tashlandi. Inqilobning dastlabki kunlaridanoq bir qancha klublar va guruhlar vujudga keldi. Royalistlar (fransuzcha qirol tarafdorlari demak) Lyudovik XVI ni mutlaq monarx sifatida saqlab qolishga urinar edilar: mo'tadil liberallar esa konstitutsion monarxiya tarafdori bo'lib, qirolni saqlashga va mamlakatni konstitutsiya asosida idora qilishga urinmoqda edilar; jirondistlar (bu guruhning asoschilari Fransiyaning Jironda mavzeidan bo'lganliklari sababli shunday deb yuritilar edilar) mo'ta'dil respublika tarafdorlari edilar: qat'iy respublikachilar esa yakobinchilar nomini oldilar, chunki bu klub tarafdorlari Parijdagi muqaddas Yakob cherkovini egallab, o'z majlislarini shu yerda o'tkazar edilar. Har bir guruh, klub o'z rahbariga ega bo'lib, ularning orqasida olomon, xalq ommasi, parijliklar turar edi. Milliy majlisda kata rol o'ynagan va zarur iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy islohotlarni o'tkazgan partiya liberallar partiyasi bo'lib, uning rahbari jasur, mashhur siyosiy arbob hamda ulkan notiq Onoridi Mirabo edi. Bu partiya 1789 yildan 1791 yilgacha Milliy majlisda hukmronlik qildi. Inqilob boshlanganidan 20 kun o'tgach, to'rtinchi avgust kuni majlisda qiziq bir hodisa yuz berdi. Kun tartibida feodal munosabatlarni tugatish, feodal, dvoryan va boshqa faxriy unvonlarni bekor qilish masalasi qo'yilgan edi. Ko'pchilik deputatlar o'zlarining barcha imtiyozli unvonlaridan voz kechish masalasi qo'yilgan edi. Majlisda shu unvonlarni bekor qilish to'g'risida ovoz berilar. Dehqonlar barcha qaramlikdan ozod etildilar. Ta'sis majlisi yana bir qancha islohotlar o'tkazdi. Fransiya cherkovi mulklari musodara qilinib, davlat ixtiyoriga o'tkazildi. Fransiya yangi 80 deportamentga bo'linib, mahalliy ma'muriyatlar tashkil etildi40. Bu idora qilish usuli hozirgacha davom etib kelmoqda. Yangi sud mamlakatlari tashkil etildi, ular oldin ishlaridan ancha pishiq va mukammallashgan edi. 1791 yil 21 iyunda o'tgan hodisa inqilobining keyingi taqdirini hal qildi. 1791 yil sentabr oyida Ta'sis majlisi o'z o'rnini qonun chiqaruvchi majlisga bo'shatib berodi. Bu majlis ham Ta'sis majlisi kabi mo'tadil bo'lib, ichki va tashqi dushmanlarga nisbatan qat'iy choralar ko'rmadi. Yevropa davlatlari Fransiyadagi bu voqealarni kuzatib borishdi, Rossiya, Prussiya, Avstriya, Polshani taqsimlab olish bilan ovora edilar. Shu sababli Fransiyaning bu davlatlar bilan msunosabatlari keskinlashdi. 1792 yilda Fransiya Avstriya va Prussiya bilavn urush holatida bo'lib qoldi. Belgiya Avstriya tomonidan bosib olingani uchun Avstriya imperiyasi Fransiya bilan chegaradosh bo'lib qoldi. Xorijiy mamlakatlarning armiyalari Fransiyaga bostirib kirib, fransuz qo'shinlariga zarba berdi. 1792 yilning sentabrida fransuz qo'shinlari mamlakatga xujum qilgan fransiyaliklar va avstriyaliklar ustidan birinchi g'alabani qo'lga kiritdilar. Bu to'qnashuv Valmida yuz berdi; bu jang unchalik kata bo'lmasada, ammo ahamiyati kata edi, chunki fransuzlar o'zlarining g'alabalaribilan inqilob natijalarini saqlab qolishga muvaqqat bo'ldilar. 1792 yilning 21 sentabrida milliy konvent o'z majlislarini boshlab yubordi. Milliy konvent Ta'sis majlisi va qonun qisqaruvchi majlisidan ko'ra ilg'or va inqilobiyroq edi. Konvent o'z faoliyatini Fransiyani respublika deb e'lon qilishdan boshladi. Ko'p qirol Lyudovik XVI ustidan sud jarayoni boshlandi. Sud qirolni o'tmay o'lim jazosiga hukm qildi. 1793 yil 21 yanvarda gulotena (gulotena olim va tabib Guloten tomonidan ixtiro qilgan o'tkir tig'li mexanizm) vositasida qirol Lyudovik XVI ko'pchilik o'rtasida qatl etildi. Fransiya respublikasiga Yevropaning barcha monarxistik davlatlariga qarshi urush olib borishga to'g'ri keldi. Fransiya respublikasi barcha xalqlarni o'z do'sti, monarxlarini o'z dushmani deb e'lon qildi. Fransiya ozodlik, tinchlik, birodarlik timsoliga aylandi, fransuz xalqi dunyo mehnatkashlariga murojat qilib, ularni o'z mamlakatlarida istibdodli tuzumlarni ag'darib tashlashga da'vat qildi. Ana shunday bir paytda Strasburgda «Reyn armiyasining jangovar qo'shini» dunyoga keldi. Bu qo'shiq ilk bor Marsel Milliy gvardiyachilari tomonidan janga kelayotib ijro etildi. Uning so'zlari ham, musiqasi ham yoki zobit - kapitan Ruxse de Lil tomonidan yaratildi. Bu qo'shiqirgacha Fransiyaning milliy madhiyasi hisoblanadi. Fransuz qo'shinlari ochlik, yupinlik va boshqa qiyinchilikka qaramasdan mardonavor jang qilib, dushmanlarga qaqshatqich zarbalar berdilar. Ular birgina Fransiyani emas, balki janubiy Niderlandiyani ham avstriyalik bosqinchilardan ozod qildilar. So'ngra Ta'sis majlisi «Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyani» qabul qildi. Bu bayonnoma AQSH «Mustaqillik deklaratsiyasi» mazmunidagi hujjat bo'lib, unda millat oliy hokimiyat manbai deb e'lon qilindi. «Mustaqillik deklaratsiyasi» qisqa va soda bo'lsa, fransuz deklaratsiyasi esa kata hajmli va murakkabroq tilda yozilgan edi41. Hujjatda inson huquqlari, barcha fuqarolar tengligi, erkinligi va baxt saodati e'tirof etilgan edi. Bu xujjat o'z zamonasida chinakam jasurlik va inqilob timsoli bo'lib, keyingi yuz yil davomida Yevropa demokratlari va liberallari uchun asosiy qonunlar majmuasi bo'lib keldi. Millat majlisi oliy mavjudot qarshisida va uning homiyligi ostida inson va fuqaroning qo'yidagi huquqlarini tan oladi va e'lon qiladi: 1. Odamlar erkin va huquqda teng boiib tug'iladilar. Ijtimoiy tafovutlar faqat umumiy foydaga asoslanish mumkin. 2. Insonning tabiiy va dahlsiz huquqlarini saqlab qolish har qanday siyosiy ittifoqning maqsadidir. Bu huquqlarning mohiyati erkinlik qilishdan iboratdir. Bu huquqlarning mohiyati erkinlik, mol mulk, xavfsizlikdan va jabr-zulmga qarshilik qilishdan iboratdir. 3. Butun oliy hokimiyatning manbai hamisha xalqning o'zidadir. Bevosita millatdan kelib chiqmagan hech qanday muassasa, hech qanday shaxs hokimiyatni amalga oshira olmaydi. 4. Erkinlik boshqa kishiga zara yetkazmaydigan hamma ishni qilish huquqidan iborat. 5. Qonun umumiy irodaning ifodasidir ... qonun hamma uchun teng bo'lishi kerak. 10. Agar e'tiqodlar, hatto diniy e'tiqodlarning ham namoyon bo'lishi qonun bilan belgilangan ijtimoiy tartibni buzmasa, buning uchun hech kim xavotir olmasligi kerak, bezovta qilinmasligi kerak. 17. Madomiki, mol-mulk mustahkam vam muqaddas huquq ekan, hech kim qonuniy tarzda guvohlantirilgan ijtimoiy zarurat ochiqdan-ochiq talab qilgan, odilona va barvaqt haq to'lanadigan holatlardan tashqarii mol-mulkdan mahrum etilishi mumkin emas42. Yevropaning yaxshi qurollangan, harbiy ta'lim ko'rgan armiyalari ham Fransiyaning yosh dehqonlardan tuzilgan inqilobiy armiyasiga qarshi kurashiga dosh bera olmadilar. Fransiya armiyasi urush davomida jangovar harakatlar olib borish sifatida, strategiya va taktika sohasida ham inqilob yasadi. Urush eng yangi usullar asosida olib borildi. Fransiya Respublikasining armiyasi zamonaviy armiya bo'lib, uning shiori J.Danton aytganidek: «Vatan dushmanlarni yengish uchun jasurlik kerak» so'zlaridan iborat edi, urush tobora avj oldi. Angliya o'zining floti tufayli Fransiya Respublikasining eng qattol dushmanga aylandi. Fransiya quruqlikda katta armiya tuzishga muvaffaq bo'ldi, ammo uning dengiz floti kuchsiz edi. Britaniya orollaridan turib, fransuz muxojirlari royalistlar Fransiya respublikasi hududiga soxta pullar keltirib, davlatning iqtisodiyotiga putr yetkazib, uning mag'lubiyatini tezlashtirmoqchi edilar. Fransiyaning tashqi urushlari eng asosiy xavf- xatar bo'lib, respublikasining barcha mablag'lari, kuchli, quvvati anna shu urushga sarflanmoqda edi. Mamlakat ichkarisida ham isyonlar ko'tarilmoqda edi. Vandeyada - Fransiya g'arbida, dehqonlar qo'zg'oloni bo'lib, bir tomondan ular yangi armiyaga xizmat qilishdan bosh tortgan bo'lsalar, ikkinchidan bu dehqonlarroyalistlar va muhojirlik gapiga, va'dasiga «uchib», ya'ni hukumatga qarshilik ko'rsatdilar. Parij xalqi barcha og'irlikni o'z gardaniga olib, inqilobga rahbarlik qildi, barcha ishlar ustidan nazorat o'rnatdi. Vandeyadagi isyon inqilobiy kuchlar tomonidan qattiqqo'llik bilan bostirildi. Lionda aksilinqilobiy isyon ko'tarildi. Inqilobchilar o'rtasida «Lion ozodlikka qarshi chiqqan bo'lsa, uni yer bilan yakson etmoq kerak» degan shior paydo bo'ldi. Biroq inqilobchilarning ko'pchiligi bu fikrga qo'shilmadi. Chunki busiz ham inqilob davomida Lion kata talofatlar ko'rgan edi. Parij da esa hamon hokimiyat uchun kurash davom etmoqda edi. Milliy konventda kurash hokimiyat tepasida turgan jirondistlar va ulargi qarshi kurash olib borayotgan yakobinchilar o'rtasida ketayotgan edi. Yakobinchilar 1793 yil may oyining oxiri, iyun oyining boshlarida xalq qo'zg'oloniga boshchilik qilib hokimiyatni o'z qo'llariga olishga muvaffaq bo'ldilar. Ko'pchilik jirondist-deputatlar Konvent tarkibidan haydab yuborildi. Feodal tartiblar yakobinchilar qonuniga ko'ra butunlay bekor qilindi. Konventda Yakobinchilar boshchiligida ikkita qo'mita tuzildi - Ijtimoiy najot qo'mitasi va Umumiy xavfsizlik qo'mitasi. Har ikala qo'mitaning vakolatlari nihoyatda keng bo'lib, ular Konventni yangi-yangi choralar ko'rishga majbur qilar edi. qo'rquv va dahshat kishilar ongiga joylashib olgan edi. Konvent dushman ko'lankasini ta'qib qilar, bu holat barcha kishilarni bir-birlarini josuslikda, xoinlikda ayblashlari uchun bahona edi. 1793 yil sentabr oyida «Shubhali kishilar to'g'risida» qonun qabul qilindi. Bu qonunga ko'ra hech bir kishi o'z xavfsizligi uchun kafolat bera olmas edi. Oradan bir oy o'tgach 22 jirondist-deputat Inqilobiy tribunal sudiga berilib, o'limga mahkum etildi. Shunday qilib, mamlakatda qatag'on boshlandi. Har ikala qo'mita o'rtasida hokimiyat uchun kurash avjiga chiqdi. Ularga qarshi chiqqan Parij Kommunasi, uning bo'limlari rahbarlarini, eng avvalo shu mahkamalar kishilarini qurbon qildi. 1794 yil boshlaridan boshlab deyarli 6 oy davomida Konvent va uning qo'mitalari xalqdan ajralgan holda ommaviy qatag'onni amalga oshirdilar. Yakobinchilarning rahbarlari kimlar edilar? Kamil Demulin, 1789 yil 14 iyulda Bastiliya qamoqxonasiga xujum uyushtirgan yosh yigit xoinlikda ayblanib, gilotinadan o'tkazildi, ketidan uning yosh xotini Lyusel qatl etildi. Shoir Fabr Eglantin va jamoat qoralovchisi Fuke-Tenveldan barcha qo'rqardi. Inqilobning eng istedodli rahbarlaridan biri Marat Sharlotta Korde degan kimsa tomonidan xanjar bilan xoinlarcha o'ldirildi. Danton-inqilob «yo'lbarsi», buyuk notiq. U ham xoinlikda ayblanib, glotinadan o'tkazildi. U aravada qatl etishga, olib ketilayotgan kuni, arava Robesper (yakobinchilarning rahbari, o'sha paytda inqilobiy Fransiya hukidori) yashaydigan uy yaqinidan o'tayotganida, Danton uy tomonga qarab qichqirdi «Maksimilian! Yaqin kunlar ichida sen ham mening izimdan» narigi dunyoga borasan. Chunki Robesper uzoq ikkilanishlardan so'ng Dantonni o'limga mahkum etuvchi xujjatga o'z imzosini chekan edi. Robesper so'zsiz yakobinchilarning eng nufuzli rahbari bo'lib, qatag'on davomida Konventning mustabid hukmdori edi. U qatag'on timsoli sifatida nom qoldirdi, ammo Robesperning vatanparvarligi, halolligiga hech qanday shubha yo'q. Robesper qattiqqo'lligi, bir so'zligi, qat'iyligi uchun «sotilmas» taxallusini oldi. Shu bilan birga Robesperning inqilob davomida birga faoliyat ko'rsatgan safdoshlari uning fikriga qo'shilmaganliklari uchun inqilob va respublika dushmanlari hisoblanar edilar. Inqilobning ko'pgina rahbarlari, ulug' shaxslar Robesper buyrug'i bilan qatl etildilar43. Albatta, Konvent, lining qo'mitalari faqat qatag'on bilan mashg'ul edilar desak xatoga yo'l qo'ygan bo'lamiz. Inqilob davomida juda kata ijobiy ishlar ham qilindi. Ta'lim va maorif tizimi butunlay qaytadan tuzildi, eski tizim tugatildi. Uzunlik xajmini o'lchashdi metr tizimiga o'tildi. O'z navbatida respublika taqvimi ishlab chiqildi, uning boshlanishiga 1792 yil 22 sentabr-respublika e'lon qilingan kun asos qilib olindi44 . Kunlar haftalarga emas, o'n kunlikka bo'linib, o'ninchi kun dam olish kuni deb e'lon qilindi. Ilgarigidek vaqtni oichashda 12 oy qoldirilib, faqat ularning nomlari o'zgartirildi. Bahor fasli oylari - jerminal, florial, prireal, yoz -messedon, termidol, fryuktidor, kuz - vandimer, bryumer, fremer, qish - nivoz, plyubvoz, vantoz nomlari bilan yuritiladigan bo'ldi. Ammo bu taqvimga birinchi respublika qulagach amal qilish to'xtatildi. Inqilob davrida xristian diniga qarshi harakat kuchaydi va hatto yakobinchilar hukmronligi davrida Oliy idrokka e'tiqod qilish odat tusiga kira boshladi. Mamlakatda haqiqat ibodatxonalari ochildi. Bu harakat butun mamlakatga yoyildi. 1793 yil noyabr oyida Parijning Bibimaryam ibodatxonasida Ozodlik va Idrok e'tiqodlariga bag'ishlangan tantanali bayram boidi. Idrokni go'zal ayol o'zida mujassamlashtirdi. Ammo Robesper va Danten bu harakatlarni qo'llab-quvvatlamadilar. Yakobinchilarning Ijtimoiy najot qo'mitasi bu harakatga qarshi chiqdi. Bu harakatning barcha rahbarlari gilotina tig'idan o'tkazildilar. Shuni aytish kerakki, hokimiyat bilan gilotina o'rtasidagi «masofa» unchalik katta bo'lmay, inqilob davrida har ikkalasidan birini tanlashga to'g'ri kelar edi. M.Robesper Oliy idrok e'tiqodiga qarshi Oliy zotga e'tiqod qilish marosimlarini avj oldirdi. Konvent bu masalanimuhokama qilib, ko'pchilik ovoz bilan Fransiya Oliy zotga ishonadi qabilida qarf qabul qildi. Xristian dinining katolik mazhabi yana o'z mavqeini jamiyat orasida mustahkamlay boshladi. Parij Kommunasi va uning bo'limlari tor-mor etilgach, inqilobiy harakat o'zining eng yuqori nuqtasiga chiqdi. Barcha hokimiyat tizimi yakobinchilar qo'lida bolishiga qaramay, ular o'rtasida o'zaro kelishmovchilik boshlandi. So'l yakobinchilar - Eber va Shomett Ozodlik va Idrok e'tiqodlarini o'tkazishda boshchilik qilgan edilar. Ularning «o'lim mashinasi» - gilotinada qatl etilishlari Yakobinchilar o'rtasidagi kelishmovchilikni kuchaytirdi. Robesper va uning guruhi hokimiyatni saqlab qolishgina yagona yo'li terror - jazoni kuchaytirishda deb bildilar. Qatag'on dahshatli tus oldi «olim aravalarining» «qatnovi» tezlashdi. 10 iyulda maxsus qonun qabul qilindi. Bu qonunga asosan yolg'on ma'lumotlarni tarqatgan har bir kishi o'lim jazosiga mahkum etilardi. Robesper va uning atrofidagi kishilarni qo'llab-quvvatlamagan har bir kishi gilotina tig'idan o'tkazilar edi. Kishilar endi yakka-yakka emas, balki guruhlab sud qilinar va o'lim jazosiga mahkum etilar edilar. 150 nafar royalistlar, turli jinoyatchilar va boshqalar bir vaqtning o'zida sud qilinib, oiimga mahkum etildilar. bu dahshatli voqealar 46 kun davom etdi. Nihoyat, 9 termidor (1794 yil 27 iyul) kuni u nihoyasiga yetdi. Konvent qo'qqisdan Robesper va uning tarafdorlariga qarshi chiqib «yo'qolsin zolimlar» hayqirig'i bilan Robesperga so'z ham bermadilar. Oradan bir kun o'tgach, Robesper sudsiz, so'roqsiz qatl etildi. Robesperning oiimi Bilan mamlakatda «oq terror» avjiga chiqdi, endi yakobinchilarning o'zlari bu qatag'onning birinchi qurbonlari bo'ldilar45. Hokimiyat tepasiga yana jirondachilar keldi. ular mulkni va erkinlikni, tadbirkorlikni himoya qiladigan Respublika tarafdori edilar. 1795 yilda Konvent yangi Konstitutsiya qabul qildi. U mamlakatda respublika tizimini mustahkamladi. Inqilobning feodal tartiblarni tugatish haqidagi barcha qarorlarini tasdiqladi. Mamlakatda 2 palatali parlament tashkil etildi. ijroiya hokimiyat besh kishidan iborat Direktoriyaga topshirildi. Direktoriya 1795-1799 yillar mobaynida mamlakatni boshqardi. Bu davrda monarxiya tarafdorlari isyon ko'tardilar. Ularning maqsadi monarxiyani qayta tiklash edi. Biroq General Napoleon Bonapart Konventning xaloskori bo'ldi. Uisyonchilar kuchini tor-mor etdi. Bu xaloskorlik unga yorqin kelajak sari yo'l ochdi. Direktoriya Shimoliy Italiyani Avstriya qo'shinidan ozod qilishi uchun Napoleon Bonapartga umid bog'ladi. 26 yoshli general bu vazifani sharaf bilan uddaladi. 1797 yilda u Avstriyani tinchlik shartnomasi tuzishga va Fransiyaning g'alabasini tan olishga majbur qildi. shu tariqa Napoleon Italiyadan Parijga shon-shuhratga ko'milgan holda qaytib keldi. Endi hukmron tabaqalar Fransiyada Napoleondek qattiqqo'l siyosatchining hokimiyatini o'rnatishga fursat yetdi, degan xulosaga keldilar va davlat to'ntarishi tayyorladilar. Napoleon Bonapart bunga rozi bo'ldi. 1799 yil 9 noyabrda Davlat to'ntarishi amalga oshirildi. Parlament Konsullik deb ataluvchi hukumat tuzishga majbur etildi. Uning tarkibi 3 kishidan iborat bo'ldi va ularning har biri «Fransiya Respublikasining Konsuli» unvoniga ega bo'ldi. Uch Konsuldan biri Napoleon Bonapart edi. Aslida butun hokimiyat uning qo'lida to'plandi46. Buyuk fransuz inqilobining tarixiy ahamiyati katta. Uning natijasida Fransiyada bozor iqtisodiyotiga asoslangan Yangi jamiyat qurilishi boshlandi, mutloq hukmronlikka asoslangan va ming yildan uzoq davr mobaynida yashab kelgan qirollik tuzumi ag'darilib, Respublika o'rnatildi. Fransiyada feodalizmga asoslangan jamiyatga chek qo'yilib, huquq, qonun oldida barcha teng, ozod deb e'lon qilindi. Buyuk fransuz inqilobi demokratik inqilob bo'lib, undagi Tenglik, Ozodlik, Birodarlik g'oyalari butun Dune bo'ylab tarqaldi. Buyuk fransuz inqilobi feodal tartiblarni, imtiyozli unvonlarni bekor qildi hamda sanoat, savdo va qishloq xo'jaligini tez rivojlantirish yo'lini ochdi. Inqilob natijasida «Inson va fuqarohuquqlari Deklaratsiyasi»ning 1789 yilda qabul qilinishi, 1791 yil qabul qilingan Konstitutsiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Anna shu hujjatlar asosida mamlakatda o'tkazilgan saylovlar xalqning siyosiy ongini oshirdi. Davlatni boshqarishning yangi tizimi joriy etildi, ularda mahalliy hokimiyat organlari -munitsipalitetlarning roli osha boshladi. Download 335 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling