Mundarija Kirish. Yo‘l loyihalanayotgan joyning iqlimi. Berilgan yo‘l toifasi uchun texnik me’yorlar
Download 1.58 Mb.
|
A.Muhammadyusuf
Har qaysi toifadagi yo‘lning barcha qismlari hisobiy avtomobil uchun har hil tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hisoblanishi lozim, ammo bu loyihada, yo‘lni asosiy me’yoriy ko‘rsatkichalarini SHNQ 2.05.02-07 ga asoslanib belgilanadi. Yo‘l qatnoq qismining ko‘ndalang nishabliklari harakat tasmalari soni va iqlim sharoitlariga qarab 4-jadval bo‘yicha belgilanadi. 4-jadval
Nishabligi ikki tomonlama bo‘lgan ko‘ndalang kesimda yo‘l yoqasi nishabligini qatnov qisminikiga qaraganda 10-30%0 ga ortiq qabul qilish lozim. Yo‘l elementlarining o‘lchamlari SHNQ 2.05.02-07 5-jadvalga asosan aniqlanadi. 5-jadval
Yo‘l toifasi-IV Harakat jadalligi 200-2000 dona/sutka Hisobiy tezliklar Asosiy tekislikda tezlik – 80 km/soat Past va baland joylarda – 60 km/soat Tog‘li hududlarda tezlik – 40 km/soat Yo‘l kondalang kesimining asosiy o‘lchamlari Avtomobil yo‘lining poyi va qatnov qismi ko‘ndalang kesimining asosiy o‘lchamlari yo‘lning toifasi va vazifasiga ko‘ra SHNQ 2.05.02-07 ning 5- jadvaliga asosan qabul qilinadi. Ko‘ndalang kesimdagi asosiy ko‘rsatkichlar Tasmalar soni – 2 ta Qatnov qismi eni – 3.0 metr Yo‘l yoqasi eni – 2.0 metr Yo‘l yoqasini chekkasi – 0.5 metr Yo‘l yoqasini mustahkamlangan qismi – 1.0 metr Yo‘l poyi eni – 10 metr Xaritada berilgan A va B punktlar oralig‘ida trassa variantlarni o‘tkazib, ularni texnik-iqtisodiy jihatdan solishtirish. Menga berilgan topshiriqqa asosan xaritada A va B nuqta rasmdagidek berilgan bo‘lib, rasmdagi qalam bilan A va B nuqta birlashtirilgani havo yo‘li, A va B nuqtalar orasini qizil chiziq bilan birlashtirilgani trassaning 1-varianti, qora chiziq bilan chizilgani esa trassaning 2-varianti. Hisob quyidagi tartibda bajariladi Trassa (yo‘l) variantlarini loyihalash uchun talabaga yo‘l o‘tadigan joyining 1:25000 yoki 1:50000 masshtabdagi xaritasi beriladi. Topshiriqda ko‘rsatilgan A va B nuqtalari orasida yo‘lning kamida ikkita varianti xaritaga chiziladi va ular o‘zaro taqqoslanadi (6- jadval ). Trassaning variantlari haritaga chizilgandan so‘ng ular piketlarga ajratiladi. 1-rasm . Egrining elementlari. α- burilish burchagi, R-radius, T- tangens, В-bissektrisa, D-domer, E-egrining qiymati. 1-variant burilishlar 1 ta bo‘lib, 530 ni va radiusi esa 1000 metrni tashkil qiladi. E=πRα/180=(3,14*1000*53)/180=418 metr T=R*tg(α/2)=1000*tg26.5=499 metr B=100 metr D=2T-E=2*223-418=28 metr Ikkinchi variantda burchakalar 44 gradus va 50 gradus bo‘lgani uchun ikkinchi variantni shunchaki hisob kitob qilib to‘g‘rilar va egrilar jadvalini tuzub unga malumotlarni yozamiz. BU1 E=πRα/180=(3,14*1000*44)/180=768 metr T=R*tg(α/2)=1000*tg22=404 metr B=80 metr D=2T-E=2*404-768=40 metr BU2 E=πRα/180=(3,14*1000*50)/180=872 metr T=R*tg(α/2)=1000*tg25=466 metr B=100 metr D=2T-E=2*466-872 =60 metr To‘g‘rilar va egrilar jadvali
O‘lchash natijasida olingan ma’lumotlar asosida variantlarni taqqoslab bizga kerakli bo‘lgan samarali variantni yani 1-variantni tanladik. Quyidagi jadvalni variantlarni taqqoslash ko‘rsatilgan.
Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling