Mundarija: Kitish: I bob janubiy turkmanistonda ilk shaxarsozlik
Download 234.48 Kb.
|
eneolit va bronza davri shaharlari
To’g’aloq
Marg’iyonaning ilk shaharlaridan yana biri To’g’aloq I bo’lib, uning maydoni 12 ga, u shu vohaning poytaxt markazi bo’lgan. Bu vohada 1974 yildan boshlab olib borilgan dala tekshiruv ishlari tufayli 30 dan ko’proq yodgorliklar qalamga olinib, ularning ko’pchiligida qazishma ishlar bajarilgan va natijada To’g’aloq I da egallab yotgan maydoni va boshqa ilk shaharga xos xususiyatlari aniqlanib, uning shu voha markazi bo’lganligi aniqlandi.22 Yodgorlik balandligi 4 metrdan iborat tepalikdan iborat bo’lib, uning markaz qismi maydoni 12 ga ga yaqin. Yodgorlikning janubi-sharq tomonida joylashgan «qal’a» qoldig’i kuzatilib, u uchburchak shakl holatidagi 200x100 metr maydona ega. Bu yerdan sig’inadigan sopol idish qoldig’ining topilishi qiziqarlidir. Bu topilma aslida To’g’aloq I yonginasidan topilgan bo’lib, bu yerda sig’inish «qal’asi», ya’ni o’ziga xos ibodatxona borligi aniqlangan edi. Shuni izohlab o’tish lozimki, To’g’aloq I sig’inish ibodatxonasini V.I.Sarianidi protozardushtiylik xarakteriga ega ekanligini qayd etadi.23 Qazishma ishlar tufayli ma’lum bo’ldiki, To’g’aloq I uncha katta bo’lmagan makon bo’lib, balandligi 1,5 metr tabiiy tepalikda bunyod etilgan va u 3 ta davriy qurilishdan iborat. Uchala qurilish gorizontlaridan olingan arxeologik ashyolar bronza davrining so’nggi bosqichiga, ya’ni mil. avv. II ming yillikning oxirlariga doir ekanligi aniqlandi.24 Asosiy tepalikning shimoli-sharq tomonida kulollarning ikkita «kvartali» borligi aniqlanib, ularni shartli shimoily va janubiy kvartallar deb yuritiladigan bo’ldi. Shuni qayd etish lozimki, kulolchilar kvartallari va ustaxonlari asosiy makondan tashqarida joylashgan. Xumdonlar asosan ikki yarusli shaklda taqdim qilingan. Hammasi bo’lib bu yerda 11 ta xumdon to’la qazib tekshirilgan. Bularni ikki bosqichga bo’lish mumkin. Bu xumdonlarning eng qadimgilari bronza davriga, ya’ni Gonur I davriga, so’nggi davrlarga taalluqlilari esa ahamoniylar zamoniga to’g’ri keladi. To’g’aloq I sopol ashyolari kompleksi ham umuman qaralganda Gonur davriga yaqin turadi. Makondan antrofomorf va zoomorf shaklidagi mayda terrakota plastikalari ham topilib, ular orasida shikastlangan 20 dan ziyod ayol hakalchalari bor. Zoomorflar shaklidagi hakalchalardan ham bir nechtasi topilgan bo’lib, ancha sxematik tarzda yasalgan holda ular sig’inish idishlarning sirtlariga ham yopishtirilgan. Bu shakllarning ayrimlarida ikki hurkakli tuyalar tasvirlangan. Aynan shunday sig’inish idishlari Baqtriyada ham keng tarqalgan bo’lib, ayrim holatlarda ularni qabrlarga ham qo’yishgan. To’g’aloq I arxeologik kompleksi tarkibida toshdan ishlangan kichik idishlar, ko’pincha albastrdan yasalgan idishchalar uchraydi. Bundan tashqari har xil toshlardan ishlangan turli taqinchoqlar hamda bargsimon shaklida ikki tomoni obdon kertilgan paykonlar ham mavjud. Metall buyumlardan silliq bilak uzuk, mix, to’g’nog’ich kabilar topilgan bo’lib, bu ashyolar Baqtriya kompleksiga o’xshashligi bilan xarakterlanadi. Shunday qilib, To’g’aloq I kompleksining markaziy qismi «qal’a» inshootidan iborat bo’lib, u to’g’ri burchak shaklida bo’lib. qal’a devor burchaklarida burjlar bilan jihozlangan edi. Qal’a devorining sharqiy va g’arbiy tomoni bittadan yarim aylana burjlar o’rnatilgan. Qal’aning shimolida qator uylar bo’lib, ular V.I.Sarianidining fikricha, tantana va hashamat uchun mo’ljallangan bo’lsa-da, bu binolar yagona kompleksga taalluqli edi.25 Qal’aning devor qalinligi 4,5 metrdan iboratligiga qaraganda, uning balandligi 10-12 metr bo’lgan bo’lishi mumkin. Hashamat va tantana uchun qurilgan binolarda pilonlar, ya’ni katta gul ustunlar topilgan. Tashqi dushmandan himoya uchun qal’a devorlarida shinaklar mavjud. Qal’aning sharqiy qismida olovga sig’inadigan asosiy sajdagoh bo’lgan bo’lishi mumkin. Umuman olganda To’g’aloq I ibodatxonasining umumrejalashtirilishi Marg’iyonada binokorlik san’atining yuksak rivojlanishidan dalolat bergan holda Qadimgi Sharq me’morchiligining Marg’iyona maktabining mavjudligini namoyon etadi. Xullas, Marg’iyona mamlakatida bronza asrining so’nggi davrida Oltintepa, Namozgohtepa, Jarqo’ton singari ilk shaharlar aynan tashkil topmagan bo’lsa-da, Gonur I, To’g’aloq I yodgorliklari ilk shahar xususiyatini anglatuvchi belgilari bilan boshqalardan ajralib turardi. Demak, bular Marg’iyona va Baqtriya arxeologik komplekslarini yagona ildizga ega ekanligini ko’rsatadi. Shunday qilib, mil. avv. II ming yillikda an’anaviy o’troq dehqonchilik markazi Janubiy Turkmanistondan Murg’ob daryosining qadimgi o’zani bo’ylab o’zlashtirilib, Bexustin yozuvlarida qayd etilganidek gullab yashnagan «Margush mamlakati»ga aylanadi.26 Xullas, O’rta Osiyoning janubiy sarhadlarida tashkil topgan ilk shaharlar asosan yuksak rivojlangan o’troq, sug’orma dehqonchilik mag’zidan kelib chiqqan madaniyat va iqtisodiy rivojlanishning mahsuli sifatida vujudga keldi. Fanda uzoq vaqtlar muammoligicha qolib kelgan bu masalaga aynan keyingi o’n yilliklarda aniqlik kiritildi. O’rta Osiyo janubiy mintaqalarida dastlabki shaharlashish va bilan bog’liq ilk davlatchilikning vujudga kelish dialektik va evolyusion yo’llari va bosqichlarini isbotlab berishda arxeologiya fanining imkoniyatlari cheksiz ekanligi namoyon qilindi. Natijada ma’lum bo’ldiki, ilk sivilizasiya o’choqlari nafaqat Hind, Nil, Xuanxe, Yevfrat va Tigr havzalarida, shuningdek, O’rta Osiyoning janubiy, xususan, O’zbekiston, uning janubiy sarhadlarida ham Qadimgi Sharq sivilizasiyasi singari mustaqil sivilizasiya o’choqlari vujudga kelganligi isbotlandi va jahon mutaxassislari tomonidan tan olindi. Avvalo, Jarqo’ton ilk shahri va boshqalarning manbalarini atroflicha tahlil qilish tufayli bu sarhadlarda sodir bo’lgan ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari oydinlashtirildi va ma’lum bo’ldiki, bu jarayon o’z navbatida mintaqalarda tashkil topgan ilk shaharlarning Qadimgi Sharqdagi «nom»lari kabi vohalarda kichik-kichik davlatlarning siyosiy, iqtisodiy, diniy, mafkuraviy markazlari sifatida shakllanganligi aniqlandi. Demak, ilk shaharlarning tug’ilishi ilk shahar va davlatchilik madaniyatining shakllanishi yagona dialektik jarayon ekanligi boy manbalar asosida isbotlandi. Download 234.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling