Mundarija ma'ruza matеriallari
Download 1.01 Mb.
|
Мажмуа ресурс
4. “Elak” usuli. Ushbu usulda ma’lum bir joy yoki tumandagi barcha o‘sayotgan o‘simliklarni biologik faol moddalarini fitokimyoviy tahlil qilish. Bunda tahlil qilinayotgan o‘simliklar orasidan (tahlil elagidan o‘tkazilganda), alkaloidlar, yurak glikozidlari, saponinlar, efir moylari, kumarinlar, flavonoidlar, antraglikozidlar va boshqalar saqlovchi o‘simliklar topilishi mumkin. Bir vaqtlari “Elak” usuli dorivor o‘simliklarni izlab topishda mashhur bo‘lib, uni amalga oshirish uchun ko‘plab ekspeditsiyalar uyushtirilgan edi. Dala sharoitida tahlil qilish uchun soddalshtirilgan sifat va miqdor tahlillari ishlab chiqilgan edi. “Elak” usuli dorivor o‘simliklarni izlab topish bosqichlarida ma’lum ijobiy natijalarni bergan. Ammo bu usul ko‘p mehnat talab qiladigan, qimmatli, maqsadga erishish ehtimolini tasodiflar hal qiladi.
Hozirgi vaqtda ekspeditsiya maqsadli yo‘nalishda, ma’lum o‘simlik turlarini yig‘ish bo‘yicha uyushtirilib, ularni xalq tabobatida ishlatilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tayanib tayyorlanadi. Ma’lum tuman va hududlar o‘simliklarini hammasini tarkibida turli biologik faol moddalar bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida kimyoviy tekshirishlar o‘tkazish, bu tahlillar natijasida ko‘pincha birorta kerakli bo‘lgan biologik faol moddaga boy o‘simliklar aniqlanadi va keyinchalik ulardan shu topilgap biologik faol moddani ajratib olish hamda uning asosida yangi dorivor preparat yaratish uchun manba sifatida foydaniladi. Masalan: bahorgi adonis-xalq tabobatining qadimgi dorivor vositasi. Uni er ustki qismi va ildizi xalq orasida XVII-XVIII asrlardan beri ishlatib kelinadi. XVIII asrning 70 yillari oxirida vrach N.A.Bubnov va mashxur klinitsist S.P.Botkin bu o‘simlikni rasmiy tibbiyotga kiritdilar. Bahorgi adonis dorivor preparatlariga talab katta. Lekin uning er ustki qismini har yili erta bahorda o‘rib olinishi (yig‘ilishi) hamda adonis yovvoyi holda o‘sadigan asosiy cho‘l hududlarini o‘zlashtirish natijasida uning tabiiy zahirasi ancha kamayib ketdi. SHuning uchun botanik qardoshlikdan kelib chiqqan holda adonis turkumini boshqa yovvoyi holda o‘sadigan turlari - Turkiston adonisi (O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda o‘sadi). Amur adonisi (Uzoq SHarq va Primoreda ko‘p o‘sadigan joylari bor), Sibir adonisi (Ural, Sibir va Qozog‘istonda o‘sadi) va tilla rang adonis (faqat Tyan-SHanning yuqori qismida uchraydi) o‘rganildi. O‘tkazilgan tekshirishlar natijasida Turkiston adonisi tibbiyot amaliyotiga joriy etildi va baxorgi adonis bilan bir qatorda tibbiyotda ishlatishga ruxsat etildi. Tillarang adonis esa K -strofantin -β preparatini olish uchun manba sifatida qabul qilindi. Misol sifatida shu usul bilan izlab topilgan dorivor o‘simliklardan ajratib olingan biologik faol moddalar asosida yaratilgan quyidagi dorivor preparatlarni keltirish mumkin: alkaloidlar asosida yaratilgan preparatlar: glautsin gidroxlorid, sferofizin benzoat, brevikollin gidroxlorid, sekurenin nitrat, galantamin gidrobromid, likorin gidroxlorid, sangviritrin, lyutenurin, dezoksipeganin gidroxlorid, allapinin va boshqalar; qumarinlar asosida yaratilgan preparatlar: beroksan, psoralen, psoberan, ammifurin, peutsedanin va boshqalar: saponinlar asosida yaratilgan preparatlar: polisponin, diosponin, saparal, tribusponin va boshqalar. - seskviterpenlar asosida yaratilgan preparatlar: tauremizin, tefestrol, panaferol va boshqalar; - flavonoidlar asosida yaratilgan preparatlar: buplerin, datiskan, likviritin, flamin, silibor, silibinin va boshqalar. Saxro (dasht)da yig‘ilgan dorilarning hammasi bog‘larda terilgan dorilarga qaraganda kuchliroq va ko‘pincha xajm jihatidan kichikroq bo‘ladi. Tog‘larda terilgan dorilar esa saxroda terilgan dorilardan ham kuchliroq bo‘ladi. SHamol yuradigan va balandlik erlardan olingan dorilar boshqa erlardan olinganlaridan kuchliroq bo‘ladi. Uzish vaqtini to‘g‘ri topib olingan dori shu vaqtni aniqlashda xato qilinganiga qaraganda kuchliroq bo‘ladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling