Mundarija O’quv materiallar
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
MAJMUA akademik yozuv 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diplomatik yozishmalar va ularning xususiyatlari.
- Ilova 3. Mashqlarni bajaring. 1-mashq
- 13-dars Mavzu: Аloqa tizimi bilan bog’liq hujjatlar. Хоdimlar faoliyatiga doir hujjatlar
- Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. 104 Dars bosqichlari
- Ilova 1. Muhokama uchun savol: Hodimlar faoliyatiga doir qanday hujjatlarni bilasiz Ilova 2.
- Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. Dars bosqichlari Mashgulotalr tartibi
Da’vo xati (Da’vonoma) Bunday xatlarda talab va e’tirozlar bayon qilinadi. Da’vo xatlari tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda o‘z qonuniy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi. Da’vo xatlari, odatda 3 nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdor tashkilotga yuborilib, 2-nusxasi da'vogarning o'zida qoldiriladi. Aybdor muassasa da’vo xatda ko'rsatilgan talablarni bajarishdan bosh tortsa, xatning 3-nusxasi da’vo arizasiga qo‘yib sudga yoki hakamlikka topshiriladi. Da’vo xatlarida da’vogar talabni asoslaydigan hamda tasdiqlaydigan dalillar, ko‘rsatmalar, dalolatnomalar xatga ilova qilinadi, ularning ro‘yxati ko'rsatilidi. Axborot xati Axborot xat amalga oshirilayotgan xabar qilish maqsadida tuziladi. Uni tashkilot yoki shaxs amalga oshirishi mumkin. Axborot xat hajmi oddiy. Ma’lumotnoma k^'rinishiga o‘xshaydi. Xatlar ahamiyatiga ko‘ra mansabdor shaxs yoki kotib, yoki referent tomonidan imzolanishi mumkin. Ilova xat Xatni qabul qilib oluvchilarni jo‘natiladigan hujjatlar haqida yozma xabardor qilish uchun qoMIanuvchi qisqacha xabar qog'ozidir. Ilova xat ish 97 yuritishda keng tarqalgan. Muassasalarda bunday xatlar shartnoma loyihalarini, ziddiyatli bayonnomalarni, da’vo materiallarini jo'natishda qo‘llaniladi. Ilova xatlarda shartnomalar, da’vo materiallarini jo'natilish vaqti va turli hujjatlar loyihasini ko‘rib chiqish muddatlari ham qayd qilinadi, shu sababli da’vo — shikoyat ishlarida u yozma dalil sifatida qo‘lianishi mumkin. Ilova xatlar boshqa hujjat materiallari bilan birga qo'shib jo‘natiladi, Ilova xatlarning matnida, odatda, xulosa qismi asosiy o‘rinni egallaydi. Unda ilova qilinayotgan hujjatlar va ulami jo‘natishdan ko‘zlangan maqsad ham ko‘rsatiladi. Hujjatlami jo'natishda har doim ham ilova xat tuzilishi shart emas. Birgina hujjatni (ma’lumotnoma, buyruqnoma va boshqalar) jo‘natishda ilova xatlar tuzilmaydi. Agar ilova qilingan hujjatlar qo'shimcha izohlar, ma’lumotlar, taklif va iltimoslar bilan bog‘liq bo‘lsa yoki ilova qilinayotgan hujjatlar bir necha qismlardan tashkil topsagina, ilova xat tuzish maqsadga muvofiqdir. Boshqa barcha hollarda ilova xat ortiqcha hisoblanadi. Ilova xat davlat intizomiga rioya qilishni va jo‘natiladigan hujjatlarning yaxshi saqlanganligini nazorat qiluvchi ishonchli vositadir. Yo'Uaymiz, ilova qilamiz, qayta yo'llaymiz, taqdim qilamiz kabi so‘z va birikmalar ilova xatlarning o‘ziga xos belgisi hisoblanadi. Kafolat majburiyatlari ham ana shunday xatlar jumlasiga kiradi. So”rov xat Javob talab qilinadigan bunday yo'zishmalarda ma’lumotlar hujjatlar yoki boshqa zarur narsalar so'raladi. Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha so‘rovlar aks etmasligi kerak. Bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan bo‘lishi lozim. Faqat shu holdagina yo‘llangan so‘rovga tez va mukammal javob olish mumkin. 98 So'rov xati. odatda ikki asosiy qismdan: kirish vaxulosadan iborat bo‘ladi. Kirishda so'rov yuborilish sababi ko‘rsatiladi, xulosa qismida esa xat yo‘llangan tashkiiotdan javob talab qilinayotgan masalalar kiritiladi. Tasdiq xat Ma’lum bir muass tomonidan yuborilgan iltimos va so'rovlarga javob tarzida yoziladigan xatlaming bir turidir. So'rov xati. odatda ikki asosiy qismdan: kirish vaxulosadan iborat bo‘ladi. Kirishda so'rov yuborilish sababi ko‘rsatiladi, xulosa qismida esa xat yo‘llangan tashkiiotdan javob talab qilinayotgan masalalar kiritiladi. Tasdiq xatning qaysi xatga javoban bitilganligi iloji boricha aniq ko'rsatilishi kerak. Bunday xat matnida qo'llanuvchi asosiy so‘zlardan biri "tasdiqlamoq" fe’lidir. Tasdiq xatlar o‘z vaqtida jo‘natilsa, eslatma xatlar uchun hech qanday ehtiyoj sezilmaydi, natijada xizmat yozishmalarining hajmi qisqaradi. Farmoyish xat Farmoyish xat bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yoMlangan rasmiy hujjatdir. Farmoyish xatlar xizmat aloqalarining ko'pgina sohalarida qo'llaniladi. Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil xabarni bir necha manzilga o‘tkazishdir. Farmoyish xatlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, u tashkilot qaramog‘idagi korxonalarni u yoki bu masala haqida xabardor qiladi yoki tegishli farmoyishlar beradi. Ba’zi farmoyish xatlarda matnga nisbatan manzillar nomi ko‘proq joyni egallaydi. Shu sababli ham ularda xat yo‘llanayotgan tashkilotlarning umumiy aomi yozilishi maqsadga muvofiqdir, masalan: Barcha qurilish boshqarmalariga; 99 Barcha maktab direktorlariga kabi. Farmoyish xatlar bosh muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Agar xat matnida hisob bo'limiga oid masalalar ham bo'lsa, bosh hisobchi ham imzo chekadi. Bosh rahbar imzolagan l-nusxa muassasada asliyat sifatida saqlanadi. Boshqalari esa umumiy bo‘lim yoki muassasa kotibi lomonidan tasdiqlanib, nusxa sifatida tarqatiladi. boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar o'rtasidagi bunday o'zaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko'p tarqalgan turlardan hisoblanadi. Iltimos xatlar ham boshqa xatlar kabi muassasalarning oddiy ish Itimos xat Myassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar o'rtasidagi bunday o'zaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko'p tarqalgan turlardan hisoblanadi. Iltimos xatlar ham boshqa xatlar kabi muassasalarning oddiy ish og‘oziga yoziladi va albatta jo‘natiIish sanasi va jo'natma tartib raqami o'rsatiladi. Iltimos xatlaming eng sodda ko'rinishi shaxsiy va jamoat arizalariga i‘xshash bo‘ladi. Kafolat xat Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida jziladi. Xatlaming bu turi qoidaga ko‘ra bajarilgan ish uchun haq to'lasnda, ;hning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul ilishda, bajariladigan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va ishkilot yoki alohida shaxslarga jo‘natiladi. 100 Kafolat xati korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Moliyaviy ishlar bilan og'liq boMgan kafolat xatlariga, albatta, bosh hisobchi ham imzo chekishi arur. Ba’zan kafolat xati matnida «kafolat» berish bilan birga xabar berish, >‘rash, iltimos kabi ma’nolar ham ifodalanishi mumkin. Tashkilotlar tomonidan kutubxonalarga beriladigan tayyor andozaviy afolat majburiyatlari ham ana shunday xatlar jumlasiga kiradi. Tijorat yozishmalari Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda tijorat yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish bilan bog‘liq masalalar ifodalanadi. Tijorat yozishmalarining shakli aslida 150 yil avval Angliyada paydo bo'lgan va u ish yuritishda keng ommalashib ketgan. Tijorat yozishmalarida shartnomasimon hujjatlar qo'llaniladi. So'rovnoma, oferta (taklif xat), buyurtma xat, aksent (rozilik xati), bank hujjatlari (schet, faktura, avizo) ham shu tijorat xatlariga kiradi. Tijorat xatlari vazifasiga ko'ra: 1) so'rovga javob; 2) oferta-taklifga javob turlariga bo'linadi. Shuningdek, da'vo (reklamatsiya)ga javob shakli ham uchraydi. So'rov xatida tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat etilishi yoki umuman tovar haqida ma'lumot berilishi so'raladi. Oferta (taklif)da oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun rozilik bildirganda yoziladigan hujjat. Oferta shartlariga rozi bo'linsa, bitim tuzilgan hisoblanadi. Taklifning biror sharti to'g‘ri kelmasa, yozishma davom etadi. Diplomatik yozishmalar va ularning xususiyatlari. 101 Shaxsiy xatlar vazifasi va mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi. Kundalik turmushda, asosan, oilaviy yoki do‘stona munosabatlarni ifodalovchi xat, maktub keng qo‘llanadi. Bunday xatlar rasmiy yozishmalardan hajmining cheklanmaganligi, shakliy mustaqilligi, matn mazmunining ichki kechinmalarga, hazil, qochiriq, gina, afsus, taklif, e’tiroz, minnatdorchilik kabilaming oddiy so‘zlashuv yoki badiiy uslubga yaqin ifoda shakliga xosligi bilan ajralib turadi. Salomnoma xatlari, sevgi maktublari, do‘stlik va hamkorlik munosabati yuzasidan yoziladigan xatlar ana shunday erkin uslubda yoziladi. Shaxsiy xatning diplomatik yozishmalarga mansub turi ham mavjud. Bular yarim rasmiy tusda bo‘lib, ularda davlat boshliqlari, diplomatik xodimlarning shaxsiy va oilaviy hayotidagi yangiliklar, sovg‘a taqdim etish, minnatdorchilik bildirish, rasmiy uchrashuvlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishga qaratilgan iltimoslar bildiriladi. Yuqoridagi shaxsiy xatlardan farqli ravishda bunda adabiy til me’yoriga to‘la amal qilinadi. Telefonogramma orqali belgilangan joyga shoshilinch xabar matni yetkaziladi. Bunday matn bir nusxada tayyorlanadi, rahbar yoki mas’ul shaxs tomonidan imzolangach, tegishli joyga telefon orqali yetkaziladi. Telefonga chaqirilgan shaxs telefonogramma berilishi haqida ogohlantirilishi, u qabul qilishga tayyor bo‘lgach, qabul qiluvchi ulguradigan sur’atda yetkazuvchi tomonidan yozdirilishi lozim. Matnning to ‘g‘ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilish uchun qabul qiluvchi matnni yetkazuvchiga qayta o ‘qib eshittirishi shart. Qabul qiluvchi telefonogrammaning berilish vaqti va sanasini, yetkazuvchining ismfamiliyasi, lavozimini qayd etadi. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchi haqida shunday ma’lumotlami yozib qo‘yishi lozim. Telegramma shoshilinch xabar yetkazishning juda qisqa va ixcham shaklidir. Xabar mazmunini ifodalovchi telegramma matni bosh harflar bilan ikki intervalda yozilishi kerak. Qo‘lda yozilgan taqdirda harflar yirik-yirik, so‘zlar aniq ko‘rinishi lozim. Matn tilida yig‘iq sodda gaplar, to 102 ‘liqsiz gaplar ishlatiladi, tinish belgilari qo‘yilmaydi. Xabar bayonida to‘g‘ri ma’noli ixcham so‘zlardan, qisqartmalardan foydalaniladi. Bunday telegraf uslubida til birikmalari imkon qadar tejalishi talab qilinadi. Telegramma matnida bo‘g‘in ko‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, gaplar barcha qatorlarga xatboshisiz yoziladi. Kunlar va raqamlarni so'zlar bilan yozish tavsiya qilinadi, murakkab sonlarni raqam bilan yozish mumkin. Telegramma so‘ngidajo‘natuvchining manzili, ismi-familiyasi va yuborgan sanasi kichik harflar bilan ko‘rsatiladi. Ilova 3. Mashqlarni bajaring. 1-mashq. Gaplarda qanday fikr ifodalanganligini aniqlang, gaplarni ko'chirib, mazmuniga ko‘ra qaysi xat turiga tegishliligini qavsda ko‘rsating. 1. Anjumanda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi. 2. Ushbu qo‘lyozmalarni muhokama qilish va tegishli xulosa berish uchun yo'llaymiz. 3. Ma’ruzachilarni taklif etish, kutib olish va turaijoy bilan ta ’minlashni litsey m a’muriyati o ‘z zimmasiga oladi.4. Mavjud buyurtmalarni bajarishga ulgurmayotganligimiz sababli iltimosingizni bajara olmasligimizni ma’lum qilamiz. 5. Birlashma tajriba-sinov o ‘tkazish uchun barcha sharoitlami yaratishga kafolat beradi. 6. Ilovani ushbu shartnomaning ajralmas qismi deb hisoblashingizni so‘raymiz. 7. Ro‘yxatda ko‘rsatilgan darsliklarni yetkazib berish uchun tegishli nusxada buyurtmalar qabul qilinadi. 2-topshiriq.Matnni o ‘qing. Telefonda so‘zlashish odobiga oid jumlalarning ma’nosini izohlang. Agar siz qo‘ng‘iroq qilsangiz, albatta, gapni salom-aiikdan boshlang. Shundan so‘ng o‘zingizni taniting (ish yuzasidan telefon qilsangiz xizmat vazifangizni ham aytganingiz ma’qul) va kerakli joyga tushdingizmi yoki yo‘qmi shuni aniqlab oling, Kerakli joyga tushganingizga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng, sizga zarur bo‘lgan kishini chaqirib berishlarini iltimos qiling. Hol-ahvol so‘rab, asosiy maqsadga o ‘ting. Telefonda qisqa, 103 lo‘nda gaplashishga harakat qilishingiz lozim. Xayrlashib boiganingizdan keyin telefon dastagini birinchi bo‘lib siz qo‘ying, chunki telefon raqamini siz tergansiz. Agar sizni telefonga chaqirishsa, «Labbay» yoki «Eshitaman» deb javob qiling. Boshqa joyga tushib, sizdan kechirim so‘rashsa, «marhamat, hechqisi yo‘q», deb dastakni qo‘ying. Telefon orqali muloqot qilayotganingizda xodimlardan bin huzuringizga kelib muhim ishi borligini aytib qolsa, hamsuhbatingizdan uzr so‘rang va ma’lum vaqtdan keyin unga o‘zingiz qo‘ng‘iroq qilishingizni aytib, telefon dastagini ohista qo‘ying. Telefonda gaplashayotganda o‘tirgan joydan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib yoki boshni egib gaplashish kabilar odob doirasiga kirmaydi. Bu holatda gaplashsangiz atrofdagi xodimlaming g‘ashiga tegasiz. 13-dars Mavzu: Аloqa tizimi bilan bog’liq hujjatlar. Хоdimlar faoliyatiga doir hujjatlar Vaqt: 2 soat Talabalar soni: 15-30 Dars turi: Amaliy Darsning maqsadi: Хоdimlar faoliyatiga doir hujjatlar ustida ishlash. Darsning vazifalari: 1. Хоdimlar faoliyatiga doir hujjatlar haqida ma’lumot berish. 2. Хоdimlar faoliyatiga doir hujjatlarning xususiyatlarini tushuntirib berish. Kutilayotgan natijalar: 1. Talabalar xоdimlar faoliyatiga doir hujjatlar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. 2. Ularning asosiy hususiyatlariga ko'ra ajrata oladilar. Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. 104 Dars bosqichlari Mashg'ulotalr tartibi O'qituvchi Talaba 1.Kirish (15 daq) O'qituvchi talabalardan uyga vazifani so'raydi. Talabalar javob berishadi. 2. Asosiy qism ( 25 daq) 1. Talabalardan bazi hujjatlarni berib ular qanday hujjat ekanligini so'raydi. 2. Хоdimlar faoliyatiga doir hujjatlar haqida ma’lumot beradi. 1. Talabalar kichik guruhlarda ishlashadi va javob berishadi. (ilova 1) 2. Talabalar tinglab savollar berishadi. (ilova 2) 3. Mustahkamlash (25 daq) O'qituvchi talabalarga mavzuga doir topshiriqlar beradi. Talabalar topshiriqlarni juft bo'lib bajarishadi. (Ilova 3) 3. Yakuniy qism (5 daq) O'qituvchi talabalarga uyga vazifa beradi: Mavzuga doir materiallar yi'ib ularni gapirib berish. Uy vazifasi Ilova 1. Muhokama uchun savol: Hodimlar faoliyatiga doir qanday hujjatlarni bilasiz? Ilova 2. UzR Mexnat kodeksiga binoan, mexnat daftarchasi xodimning mexnat stajini tasdiklovchi asosiy xujjatdir. Ish beruvchi korxona besh kundan ortik ishlagan barcha xodimlarga mexnat daftarchasini tutishi shart, urindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno. Ish beruvchi mexnat daftarchasiga ishga kabul kilish, boshka doimiy ishga utkazish va mexnat shartnomasini bekor kilish tufisidagi ma’lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga kura, mexnat daftarchasiga urindoshlik asosida ishlagan va vaktincha boshka ishga utkazilgan davrlar xakidagi yozuvlar kiritiladi. Mexnat shartnomasini bekor 105 kdlish asoslari (sabablari) mexnat daftarchasiga yozilmaydi (81-modda). Ishga kiruvchi xar bir xodim ma’muriyatga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mexnat daftarchasini topshirishga majburdir (mexnat daftarchasisiz ishga kabul kilinmaydi). Birinchi bor ishga kabul kilinayotganlar uchun ular ishga kabul kilingan kundan boshlab bir xafta ichida yangi mexnat daftarchasi tuldiriladi. Mexnat daftarchasidagi barcha yozuvlar kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyrukdar bilan aynan mos kelishi kerak. Mexnat daftarchasida tuzatishlarga, kulda ustidan yozib kuyishparga yoki uchirishga yul kuyilmaydi. Basharti ayrim tuzatishlar kilishga tufi kelsa, bu xolat “tuzatish tugri ” suzi bilan kayd kilinib, imzo va muxr bilan tasdiklanadi. Mexnat daftarchasining birinchi saxifasida (sarvaragada) uning egasi tufisidagi umumiy ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugalgan sanasi, ma’lumo- ti, kasbi, ixtisosi) kursatiladi. Familiyasi uzgarganda, ma’lumoti oshganda va shu kabilarda sunggi ish joyida mexnat daftarchasiga kerakli uzgartishlar kiritiladi. Mexnat daftarchasining “Ishi tug'risida ma‘lumotlar” bulimida muassasannng tulik, nomi sarlavxa tarzida kursatiladi. So'ng ishga qabul qilish tufisida, boshqa doimiy ishga o'tqazish va ishdan bo'shatish to'g'risida ma’lumotlar yoziladi. Xodim kabul kilingan yoki utkazilgan ish yoki lavozimi nomi, uzluksiz mex- nat stajining tiklanishi va saklanishi to'g'risida yozuvlar qayd kilinadi. Basharti ish davomida ishchiga yangi malaka darajasi berilsa, bu xakda xam tegishli yozuv kayd etiladi.Mexnat daftarchasining “Mukofotlar tug'risidagi ma’lumotlar” bulimida tegishli farmonlar asosida ordenlar va medallar bilan mukofotlash, faxriy unvonlar va davlat mukofotlari berish tufisidagi, yukori tashkilotlar tomonidan kukrakka takiladigan nishonlar, diplomlar, faxriy yorliklar berilganligi tufisidagi ma’lumotlar kayd etiladi. “Rag'batlantirish tug'risida ma’lumotlar” bulimida kuyidagi ma’lumotlar yoziladi: ichki mexnat tartib-koidalari va intizom ustavlarida kuzda tutilgan ishdagi muvaffakiyatlar uchun ragbatlantirishlar (tashakkur e’lon kilish, mukofot berish, kimmatbaxo sovgalar bilan mukofotlash va boshkalar); amaldagi konunlarga muvofik boshka ragbatlantirishlar; diplomlarga sazovor bulgan 106 kashfiyotlar tufisida, foydalanilgan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari va shu munosabat bilan tulangan pul mukofotlari tugrisida. Ish xaki tizimida kuzda tutilgan mukofotlar, shuningdek, muntazam berib boriladigan mukofotlar mexnat daftarchasiga kiritilmaydi. Tanbexlar xam mexnat daftarchasiga yozilmaydi. Mexnat daftarchasining sunggi, “Nafaqa tayinlash tugrisida ma’lumotlar” bo'limida xodimga nafaka tayinlash xakidagi buyruk kuchirmasi, sanasi kursatilgan xolda yoziladi. Xodim ishdan bushatilganda, muayyan tashkilotda ishlagan vaktida mexnat daftarchasiga kiritilgan barcha yozuvlar raxbar (yoki uning maxsus vakolatiga ega bulgan shaxe) imzosi bilan tasdiklanadi va muxr bosiladi. Mexnat shartnomasi bekor kilingan kuni ma’muriyat (ish beruvchi) xodimga uning mex,nat daftarchasini va mex,nat shartnomasining bekor kilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart (UzR Mex,nat kodeksi, 108-modda). Mehnat daftarchasining biror bulimidagi sahifalar tulib kolgan x,ollarda ular orasiga sukma varoq qo'yiladi. Mex,nat daftarchasi bir marta beriladi. Basharti u yukolgan yoki yaroksiz x,olga kelib kolgan bulsa, uning egasiga mex,nat daftarchasining ikkinchi nusxasi (dublikata) beriladi. Bunday xolda yaroksiz bulib kolgan mexnat daftarchasining birinchi saxifasiga “Urniga ikkinchi nusxa berildi”deb yozib qo'yiladi, daftarcha esa egasiga qaytariladi. Mexnat daftarchalari ishxonalarda maxsus temir javonlar (seyflar)da saqdanadi. Ilova 3. Shahsiy varaqani to'ldiring. 107 108 109 14-dars Mavzu: Hujjatlar ustida ishlash tartibi. Vaqt: 2 soat Talabalar soni: 15-30 Dars turi: Amaliy Darsning maqsadi: Hujjatlar ustida ishlash tartibini o’rgatish Darsning vazifalari: 1. Hujjatlar ustida ishlash tartibi haqida ma’lumot berish. 2. Uning muhim jihatlarini tushuntirish. Kutilayotgan natijalar: 1. Talabalar hujjatlar ustida ishlash tartibi haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. 2. Shu tartibda ish olib boraoladilar. Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi. Dars bosqichlari Mashg'ulotalr tartibi O'qituvchi Talaba 1.Kirish (15 daq) O'qituvchi talabalardan uyga vazifani so'raydi. Talabalar javob berishadi. 2. Asosiy qism ( 25 daq) 1. Talabalardan hujjat yuritishnng muhim jihatlari haqida so'raydi. 2. Hujjatlar ustida ishlash tartibini tushuntirib beradi. 1. Talabalar kichik guruhlarda ishlashadi va javob berishadi. (ilova 1) 2. Talabalar tinglab savollar berishadi. (ilova 2) 3. Mustahkamlash (25 daq) O'qituvchi talabalarga mavzuga doir topshiriqlar beradi. Talabalar topshiriqlarni juft bo'lib bajarishadi. 3. Yakuniy O'qituvchi talabalarga uyga Uy vazifasi 110 qism (5 daq) vazifa beradi: Mavzuga doir materiallar yi'ib ularni gapirib berish. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling