Мундарижа


-BOB.  Iqtisodiyotni  modernizasiyalash  hamda  ishlab  chiqarishni


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/33
Sana02.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#192988
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
pul mablaglari va pul ekvivalentlari hisobi

1-BOB.  Iqtisodiyotni  modernizasiyalash  hamda  ishlab  chiqarishni 

diversifikasiyalash  sharoitida  pul  mablag’lari  va  pul  ekvivalentlari  hisobini 

tashkil qilishning nazariy asoslari 

1.1.  Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatida  pul  mablag’lari  va  pul 

ekvivalentlari hisobinining turgan o’rni va boshqarishdagi ahamiyati 

 

Iqtisodiyotni  modernizasiyalash  va  ishlab  chiqarishni  diversifikasiyalash 



sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriyasi, odatda, barcha to’lov va 

hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni qonunlarga 

muvofiq, o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi. 

Hozirgi iqtisodiy sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish 

jarayonida  doimo  boshqa  xo’jaliklar  bilan  iqtisodiy  aloqada  bo’ladilar.  Bunday 

aloqalarini  olib  borish  xo’jaliklarning  asosiy  faoliyati  hisoblanadi  va  ishlab 

chiqarish  jarayonining  uzluksizligi,  mahsulotlarni  o’z  vaqtida  jo’natish  hamda 

sotish    jarayoni  ta’minlanadi.  Xo’jalik  aloqalari  shartnomalar  bilan 

rasmiylashtirilib,  ularga  asosan  bir  tomon    mahsulot  (ish  va  xizmat)  larni  taklif 

etuvchi  (sotuvchi),  ikkinchi  tomon  esa  –  xaridor  sifatida  qatnashib,    to’lovni 

amalga oshiruvchi bo’lib qatnashadi. 

Mahsulot  (ish  va  xizmat)larni  yetkazib  beruvchi  bilan  uning  haqini 

to’lovchilar  orasidagi  hisoblashishlar  o’z  vaqtida  tashkil  etilishi  aylanma 

mablag’larning  aylanish  tezlashishiga  ta’sir  qilib,  olinadigan  va  to’lanadigan 

mablag’larning paydo bo’lishiga barham beradi. 

Shuningdek, xo’jaliklarning budjet va budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha 

tegishli  idoralar  hamda  ishlab  chiqarishda,  boshqaruv  apparatida  faoliyat 

ko’rsatayotgan xodimlar bilan hisoblashishlar vujudga keladi. 

Xo’jalikning boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hisoblashishlari naqd pullik yoki 

naqd  pulsiz,  ya’ni  pul  o’tkazish  yo’li  orqali  to’lovni  oluvchining  hisob  raqami 

ochilgan  bankka  o’tkazib  beriladi.  Bugungi  kunda  subyektlar  o’rtasida  o’zaro 



hisob-kitob  operatsiyalari  bo’yicha  hisoblashishlar  nizomga

2

  ko’ra  pul  o’tkazish 



yo’li orqali amalga oshiriladi. 

Pul mablag’lari - bu kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, 

shuningdek, hisob-kitob, valyuta va boshqa bank hisobvaraqlardagi mablag’lardir. 

Hisob-kitoblarni naqd pul bilan amalga oshirish uchun xo’jalik sub’ektlari kassaga 

ega bo’lishi kerak.  

Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  pul  mablag’lari  hisobini  to’g’ri  va  aniq 

tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan 

biri hisoblanadi. 

Mamlakatimiz  iqtisodiyotning  rivojlanishi  jarayonida  shartnomaviy  asoslari 

mehnat  vositalari  va  kreditlarini  xarid  qilish,  mahsulo  (ishlar,  xizmatlar)ni  sotish 

bobida  bitimlar  bitimlar  tuzayotgan  xo’jalik  yuritiuvchi  sub’ektlar  o’rtasida 

munosabatlar  kengayib  bormoqda.  Bundan  tashqari,  byudjet,  banklar,  sug’urta 

tashkilotlari,  turli  jamoat  tashkilotlari,  hayriya  fondlari,  bevosita  xodimlar  va 

boshqa  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  to’lov  munosabatlari  amalga  oshiriladi. 

Korxonalar  o’rtasida  har  xil  to’lovlar  va  o’zaro  hisob-kitoblar  moddiy,  mehnat 

yoki  bevosita  pul  munosabatlari  asosida  paydo  bo’lishi  mumkin,  lekin  oxir-

oqibatda  ular  odatda  muayyan  tomonlarning  foydasiga  pul  qarzini  tusini  olgan 

mulkiy majburiyatlar ko’rinishida namayon bo’ladi. 

Mamlakatimizda  faoliyat  olib  borayotgan  barcha  mulkchilik  shaklidagi 

korxonalarning pul mablag’lari, xoh u o’z  mablag’i  bo’lsin, xoh qarzga olmngan 

mablag’lar  bo’lsin,  kassadaga  pul  qoldiqlari  va  korxona  faoliyatida 

foydalaniladigan  tushumning  bir  qismidan  tashqari,  uning  bankdagi  hisob-kitob 

schyotida  saqlanishi  lozim.  Tijorat  banklari  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning 

hisobvaraqlaridagi pulni o’tkazish va berish to’g’risidagi hamda bank qoidalari va 

bank bilan korxona o’rtasidagi shartnomada ko’zda tutilgan boshqa muomalalarni 

o’tkazish haqidagi farmoyishlarini bajaradi. 

                                           

2

  “Ўзбекистон      Республикасида  нақд  пулсиз  ҳисоб-китоблар  тўғрисида”ги  Низом.  Ўз.Р.  



АВ томонидан 13.12.2004 йилда 1122-2-сон билан рўйхатга олинган. 


SHu bilan birga O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi 

Qonunga  muvofiq  aktib  va  majburiyalatlarni  baholashda  pul  ko’rinishidan 

foydalaniladi.  Jumladan,  “Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida”gi  Qonunning  12-

moddasiga muvofiq “Oborot aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti 

bo’yicha - balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo’yicha (sotib olish narxi 

yoki  ishlab  chiqarish  tannarxi)  yoki  bozor  bahosi  bo’yicha  (sof  sotish  qiymati) 

amalga oshiriladi. 

Asosiy mablag’lar va nomoddiy aktivlar ularning to’liq boshlang’ich qiymati 

bo’yicha hisobga olinadi. 

Asosiy  mablag’lar  va  nomoddiy  aktivlar  qiymatini  hisobdan  chiqarish 

ularning  qiymati  to’liq  to’langunga  yoki  ob’ekt  safdan  chiqib  ketgunga  qadar 

bo’lgan  eskirishini  (amortizasiyani)  hisoblash  yo’li  bilan  amalga  oshiriladi. 

Amortizasiya  ajratmalari  ob’ekt  foydalanishga  topshirilganidan  keyingi  oydan 

boshlab amalga oshiriladi. Erning qiymati amortizasiya qilinmaydi. 

Moliyaviy  qo’yilmalar  buxgalteriya  hisobi  standartlariga  muvofiq  hisobga 

olinadi. 

Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pul bilan aks ettiriladi. 

Sud  qarori  bo’yicha  yuzaga  kelgan  majburiyatlar  tegishli  summada  aks 

ettiriladi. 

Potensial majburiyatlar dastlabki haqiqiy bahosi bo’yicha aks ettiriladi. 

Buxgalteriya hisobi milliy valyuta - so’mda yuritiladi.”

3

 



Buxgalteriya  hisobi  oldida  pul  mablag’lari,  to’lovlar,  hisob-kitoblar  va 

kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar turadi: 

-  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning  pul  mablag’larini  samarali  boshqarish 

maqsadlari uchun kerakli axborot bilan ta’minlash; 

- naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga 

rioya etgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish; 

-  hisob  registrlarida  to’lov  va  hisob-kitob  muomalalari  pul  mablag’larining 

mavjudligi hamda harakatini to’liq va tezkor aks ettirish;  

                                           

3

 Ўзбекистон Республикаси “Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Қонунининг 12-моддаси 




-  naqd  pul  mablag’laridan  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektda  ishlab  chiqilgan 

limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish; 

- pul mablag’lari va o’zaro hisob-kitoblar holatining inventarlanishini tashkil 

etish hamda belgilangan muddatlarda o’tkazish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini 

uzish muddatlari o’tib ketishiga yo’l qo’ymaslik; 

-  kassada,  banklardagi  hisob-kitob,  valyuta  va  boshqa  schyotlarda  pullar 

mavjudligi va to’liqligini nazorat qilish; 

-  pul  resurslarining  harakat  oqimini  bashorat  qilish  va  pul  mablag’larining 

harakat  oqimini  maqbul  holga  keltirishni  tartibga  solish  bo’yicha  tegishli 

boshqaruv qarorlarini tayyorlash.  

Bugungi  kunda  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan  pul  mablag’lari 

hisobini  yuritishda  avvalo  naqd  pul  va  naqd  pulsiz  hisob-kitob  operasiyalarini 

amalga oshirishni taqozo etadi. 

Xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  kassasidan  naqd  pulni  olish  va  xarajatlash  bilan 

bog’liq bo’lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. Xo’jalik yurituvchi 

sub’ektning  bu  boradagi  xatti-harakatlari  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy 

banki  tomonidan  “Kassa  muomalalarini  olib  borish  tartibi  ”da  belgilab  berilgan. 

Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  o’z  kassalarida  ularga  belgilangan  limitdan  ortiq 

naqd  pullarni  faqat  ish  haqi,  mukofot,  ijtimoiy  sug’urta  bo’yicha  nafaqalar, 

stipendiya  va  pensiyalarni  to’lash  uchun,  bank  muassasasidan  pul  olingan  kunni 

ham  qo’shib  hisoblaganda  3  bank  ish  kunidan  oshmaydigan  muddatda  (bank 

muassasasidan ancha olisda joylashgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun 5 ish 

kuni)  saqlab  turishlari  mumkin.  Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  kassa 

muomalarini hisobga olish jarayoni quyidagi 1-chizmada keltirib o’tilgan. 

Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  naqd  pullarni  hisobot  topshirish  sharti  bilan 

xizmat  safarlariga,  xo’jalik  xarajatlari,  ekspedisiyalar,  geologiya-razvedka 

guruhlari, xo’jalik sub’ekti rah-barlari ularga kassa xizmatlari ko’rsatuvchi tijorat 

banki bilan kelishgan holda belgilagan miqdorlarda beradilar. 

Buxgalteriya  hisobiga  doir  iqtisodiy  adabiyotlarda  umumiy  tarzda  pul 

ekvivalentlari  sifatida  asosan  pul  mablag’lariga  o’xshaydigan,  lekin  boshqacha 




tasniflanadigan  aktivlar  misol  qilib  keltirilgan.  Ular  xazina  veksellari,  tijorat 

qog’ozlari,  depozit  sertifikatlari,  pochta  markalari,  davlat  boji  markalari,  haqi 

to’langan  aviapattalar,  dam  olish  uylariga  va  sanatoriyalarga  haqi  to’langan 

yo’llanmalardan iborat. Kechikishlar va jarima sanksiyalari pul ekvivalentlarining 

pul  mablag’lariga  almashtirilishiga  ta’sir  qilishi  mumkin.  SHuning  uchun, 

ekvivalentlar kassa hisobvarag’idan olinadi. Ko’pincha pul ekvivalentlarini hisob-

kitob  vositasiga  aylantirishga  ehtiyoj  yo’q.  Ekvivalentlar  odatda  qisqa  muddatli 

investisiya hisobvarag’iga olib boriladi. Hisobot davri oxirida to’liq  olinmagan pul 

o’tkazmalari cheklar pul mablag’lari hisobvarag’i qoldiqlaridan ayrilmaydi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling