Мундарижа
Kirish Mavzuning dolzarbligi
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
pul mablaglari va pul ekvivalentlari hisobi
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish uchun pul mablag’lariga ega bo’lishlari kerak. Ular faoliyatida pul mablag’idan samarali foydalanish iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillaridan biridir. Chunki korxonalar faoliyatining uzluksiz davom etishini ta’minlash uchun zarur ishlab chikarish zaxiralari va mexnat vositalarini xarid qlish, boshqa tashkilot va firmalar bilan hisob-kitoblarni amalga olirish uchun pul mablag’i talab kilinadi. Shuning uchun xam korxonalar mavjud pul mablag’larini yuqorida ko’rsatilgan maqsadlarga sarflashda iqtisodiy jixatdan manfaatli va tejamli bo’lgan hamda korxonaga o’z mablag’laridan rasional foydalanish imkonini beradi. “2012 yilda xizmat ko’rsatish sohasi ham yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Aholiga ko’rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 15 foizga o’sdi, ushbu sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi esa bugungi kunda 52 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Bu jarayonda xizmatlarning yuqori texnologiyalarga asoslangan va bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan turlari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 24,5 foizga, kompyuter dasturlash xizmatlari 18 foizga, texnologik asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish 17 foizga, moliya-bank xizmatlari 17,6 foizga o’sdi” 1 , deb ta’kidlab o’tgan Prezidentimiz I.A.Karimov. Iqtisodiy munosabatlarning chuqurlashuvi pul mablag’lari va pul ekvivalentlari xisobining uslubiy asoslari va ularning xarakatini hisobga olish, ularni ifodalovchi kursatkichlarning sifat jixatidan uzgarishini tahlil etishni talab kilmokda. SHuning uchun xam pul mablag’i va pul ekivalentlarining xisobi, tahlili va auditini tartibga soluvchi qonuniy va me’yoriy xujjatlarni tubdan qayta ko’rib
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ҳамда 2013 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. (“Халқ сўзи” газетаси, 2013 йил 19 январь, № 13 (5687)) chikishni talab kildi. Shu asosda Respublikamizda pul mablag’i xisobini tartibga soluvchi konuniy va me’yoriy xujjatlar oxirgi yillarda Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizasiya qilish talablaridan kelab chikkan xolda ishlab chikildi va bu buxgalteriya xisobi, tahlil va auditning uslubiy asoslarini takomillashtirishni taqozo qiladi. Shu boisdan, mazkur bitiruv malakaviy ishda aynan ushbu masalalarning nazariy va amaliy echimlarini berish zaruriyati tug’ildi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling