taklif. Ish haqi fondidan olinadigan yagona ijtimoiy to’lov stavkasini pasaytirish lozim.
taklif. Aholini real daromadlarini oshirish maqsadida, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’idan soliqqa tortilmaydigan minimumni chiqarib tashlashni joriy qilish.
taklif. Soliq qonunchiligini barqarorligini ta’minlash borasida kamida 3 yilga mo’ljallangan byudjet daromadlari va xarajatlari parametrlarini maqsadli yo’nalishini belgilashni nazarda tutuvchi soliq-byudjet siyosatini o’rtacha muddatli strategiyasini ishlab chiqish orqali soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o’zgartirishlarni tartibga solish lozim.
Bizning fikrimizcha, yuqorida berilgan takliflarni inobatga olinishi, moliya- soliq mexanizmlarini takomillashtirilishiga, moliyaviy mustahkam soliq to’lovchilar sonining ortishiga hamda davlat byudjetiga soliq tushumlarini barqaror tushishini ta’minlashga olib keladi deb o’ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |