O’zbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida egri soliqlarning tarkibi va dinamikasi12 (foizda)
Ko’rsatkichlar
|
Yillar
|
2011
|
2012
|
2013
|
Egri soliqlar
|
100
|
100
|
100
|
Qo’shilgan qiymat solig’i
|
49,1
|
51,0
|
52,8
|
Aktsiz solig’i
|
25,2
|
26,2
|
24,5
|
Boj to’lovi
|
18,8
|
19,4
|
17,8
|
Tovar olib kirganliklari uchun jismoniy shaxslardan
olinadigan yig’im
|
2,1
|
2,0
|
2,3
|
Transport vositalaridan benzin, dizel yoqilg’isi va gaz
iste’mol qilganliklari uchun soliq
|
1,1
|
1,4
|
1,5
|
Yuqoridagi 6-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, egri soliqlar bo’yicha tushumlarning umumiy hajmida salmog’iga ko’ra asosiy o’rinni QQS va aktsiz solig’idan olingan tushumlar egallaydi. Xususan, 2013 yilda ikkala soliq turi bo’yicha olingan tushumlar summasi egri soliqlar umumiy summasining 70 foizdan ortiq qismini tashkil qildi.
QQS O’zbekiston Respublikasi soliq amaliyotida egri soliqlar asosiy turi sifatida muhim o’rin tutadi. 2011-2013 yillar mobaynida QQSning egri soliqlar hajmidagi salmog’ini yuqori darajasi saqlanib qolgan. Ammo 2013 yilda bu ko’rsatkich 2011 yilga nisbatan 3,7 punktga oshgan. Ushbu oshish aktsiz solig’i, boj to’lovlari va boshqa egri soliqlarning salmog’ini kamayishi hisobiga yuz bergan.
O’zbekiston Respublikasi soliq amaliyotida jismoniy shaxslardan transport vositalari solig’ini undirishni engillashtirish maqsadida 2002 yilning 1 yanvaridan boshlab soliq summasini yoqilg’i-moylash mahsulotlari narxi tarkibida undirish joriy qilindi. 2011 yilda birgina benzin yoqilg’isi bo’yicha jismoniy shaxslardan undirilgan soliq miqdori 2000 yildagiga nisbatan 7,8 martaga, 2001 yildagiga nisbatan esa 7,1 martaga yuqori bo’ldi. Bu esa, mazkur soliqni davlat byudjeti daromadlarining tarkibidagi ahamiyatini oshib borayotganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |