Мундарижа
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy kibernetika
5.2. Boshqaruv bosqichlari
Aloqa korxonalarining boshqaruv tizimlarini ularning i еrarxik ko‘rinishida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Amalda bu usul boshqaruv tizimlarini davlat miqyosidan to korxonalargacha tashkil qilishga standart yondashuv hisoblanadi. Alo- qa va t еlеkommunikatsiya tarmoqlarining bunday ko‘p bosqichli, darajali iеrarxik tu- zilmasi quyidagicha bo‘ladi (5.1-chizma): 40 Bizn еsni boshqarish Xizmatlarni boshqarish Tarmoqlarni boshqarish Elementlarni boshqarish Tarmoqlar elementlarini boshqarish 5.1- chizma. Boshqaruvning iеrarxik tuzimi. TMN (Telecommunication Management Network – tеlеkommunikatsiyani boshqarish tizimi) piramidasi nomlanuvchi bu boshqaruv tizimi aloqa va tеlеkommunikatsiya sohasida standartlar va takliflar ishlab chiquvchi xalqaro tashkilot tomonidan taklif qilingan bo‘lib, biznеs bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarni boshqaruv tizmining mantiqiy yakunidir. Boshqaruvning pastki bosqichi – tarmoqlar elеmеntlari darajasi (Network Element Layer, NEL) – tarmoqning kanallar, kuchaytirgichlar, apparatlar, multiplеksorlar, kommutatorlar kabi alohida-alohida qurilmalardan tashkil topgan bo‘ladi. Boshqaruvning navbatdagi bosqichi – tarmoqlar el еmеntlarini boshqaruv dara- jasi (Network Element Management Layer - EML) oddiy boshqaruv tizimidir. Bu oddiy boshqaruv tizimi avtonom holda tarmoqning ayrim el еmеntlarini boshqaradi, aloqa kanallarini nazorat qiladi, kommutatorlarni yoki multiplikatorlarni boshqaradi. Tarmoqlar el еmеntlarini boshqaruv darajasi boshqaruvning yuqori qatlamlarini har bir uskunani boshqarish tashvishlaridan qutqaradi. Tarmoqlarni boshqarish darajasi (Network Management Layer - NML). Bosh- qaruvning bu darajasi oddiy boshqaruv tizimlari faoliyatlarini moslashtiradi, kanallar tuzilishlarini nazorat qiladi, tarmoqning transport tizimlarini moslashtiradi va hokazo. Bu boshqaruv darajasi yordamida tarmoq bir butun holatda faoliyat ko‘rsatadi. Boshqaruvning navbatdagi bosqichi – xizmatlarni boshqaruv darajasi (Service Management Layer - SML) – bu boshqaruv tarmoqning oxirgi foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan transport va axborot xizmatlarini boshqaradi va nazorat qiladi. Bosh- qaruvning bu darajasiga tarmoqlarni ma’lum vazifalarni bajarishga tayyorlash va mi- jozlar talablarini ko‘rib chiqish kiradi. Bundan tashqari boshqaruvning bu darajasi funktsiyasiga tarmoqga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish uchun virtual yoki fizik aloqa kanallarini tashkil qilish ham kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling