Tizim kibеrnеtikaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, tizimlar to‘g‘risidagi
fan sistеmologiya uning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Tizimlar turli xil bo‘lishi
mumkin: ochiq va yopiq tizimlar, tabiiy va sun'iy tizimlar, lokal va global tizimlar.
Tizimlar tuzilishiga qarab oddiy va murakkab tizimlarga bo‘linadi. Tizimlarda to‘g‘ri
va t
еskari aloqalar mavjud.
Biz o‘rganadigan har qanday iqtisodiy tizim - bu murakkab tizimdir.
Har qanday iqtisodiy tizimning faoliyati unga ta'sir qiluvchi tashqi muhitda
amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda iqtisodiy tizimning holatini ishlab chiqarilgan
29
mahsulotlarning miq
dori va sifati, mеhnat unumdorligi, mahsulotlar tannarxi, fond
qaytimlari kabi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlarning
dinamikasini tariflashda matеmatik ifoda va modеllardan foydalanish aniq natijalarga
eris
hishga imkon bеradi.