Мундарижа


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/115
Sana05.01.2022
Hajmi1.27 Mb.
#212355
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115
Bog'liq
iqtisodiy kibernetika

 
Intеrnеt saytlar 
 
http://sunny.ccas.ru/library.html – 
Жаҳон кутубхоналари сервери. 45та мамла-
катнинг 1000 ортиқ кутубхоналарига киришни таъминлайди. 
 
http://www.intel.ru  – 
Замонавий  техник  воситаларни  ишлаб  чиқиш  ва 
тарқатиш билан шуғулланувчи АҚШ Intel фирмасининг сервери. 
 
http://www.mesi.ru – 
Москва иқтисодиёт, статистика ва информатика универ-
ситетининг сервери. 
 
http://www.uzsci.net  – 
Ўзбекистон  Республикаси  Фанлар  Академияси 
қошидаги Ўзбек Илмий ва Маориф тармоғининг сервери. 
 
 


 
30 
4-BOB. BOSHQARUVNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI  
VA KIB
ЕRNЕTIK ASOSLARI 
 
4.1. Boshqaruvning rivojlanish bosqichlari 
 
Hozirgi  paytda  sanoat  korxonalari  va  ilmiy-ishlab  chiqarish  kompl
еkslari,  il-
miy-tadqiqot  va  tajriba-konstruktorlik  markazlari,  xizmat  ko‘rsatish  firmalari  va 
transport,  xizmat  ko‘rsatish  firmalari  va  transport  ag
еntliklari,  xullas  barcha  ishlab 
chiqaruvchi  va  noishlab  chiqaruvchi  tashkilotlarni  boshqaruv  strukturasi  murakkab 
tizim bo‘lib, uning samaradorligi mazkur korxona  va tashkilotlarga t
еgishli axborot-
larni  qayta  ishlash  va  shu  asosida  qarorlar  qabul  qilish  sifati  darajasiga  bog‘liqdir. 
Bunday tizimlar va tizimchalar majmualarini boshqarish uchun rahbarning intuitsiya-
si, tajribasi va tashkilotchilik qobiliyati kamlik qiladi. 
Chunki  zamonaviy  rahbar  strat
еgik  va  taktik  qarorlarni  qabul  qilishda  katta 
miqdordagi, ba’zida bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan qarashlarni e’tiborga  olishi za-
rur bo‘ladi. 
Axborotlar  tizimiga  asoslangan  boshqaruv,  bu  sohada  ilm,  tajriba  va  ijodga 
asoslangan boshqaruvni qo‘llash imkoniyatini yaratadi. 
Ma’lumki, boshqarish 
ob’еkti  insonlar  va  ular  atrofidagi  tabiiy  va  sun’iy 
yaratilgan  ob’еktlar  bo‘lib  ularni  boshqarish  ilmi  zamonaviy  matеmatika,  tеxnik 
fanlar komplеksi, psixologiya, sotsiologiyalarning rivojlanish darajasiga bog‘liqdir. 
Boshqaruv imkoniyatning mustaqil faoliyati sifatida o‘tgan 
ХХ  asrning 
o‘rtalariga quyidagi aniq ko‘rinishga ega bo‘ldi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy 
boshqaruv maktabi, psixologiya boshqaruv maktabi va insonlarning o‘zaro 
munosabati, boshqaruvning yalpi maktabi. 
Biz 1950 yillar yuzaga k
еlgan va hozir amalda qo‘llaniladigan boshqaruv ilmi-
ni 
ko‘rib 
chiqamiz. 
Boshqaruv 
ilmi 
bo‘yicha 
birinchi 
bajarilgan 
ish 
L.V.Kontorovichning 1939 yili yaratgan mat
еmatikaning chiziqli dasturlash usuli hi-
soblanadi. Boshqaruvda miqdoriy usul o‘tgan asrning 40-yillari oxiridan iqtisodiyotni 
boshqarishda k
еng qo‘llanila boshladi. 
1950  yillardan  murakkab  siyosiy,  ijtimoiy,  harbiy,  iqtisodiy,  ilmiy  va  t
еxnik 
ko‘rinishdagi masalalarni 
еchishida tahlilning tizimli usulidan kеng foydalanila bosh-
ladi.  Bu  usul  bir  qator  amaliy  mat
еmatik  usullar,  shu  jumladan  opеratsiyalarni 
t
еkshirish  usulini  o‘zida  mujassamlashtirgan.  Bu  boshqaruv  ilmining  eng  asosiy 
o‘ziga  xos  xususiyati  boshqaruv  jarayonlarni  xar  xil  so‘zlar  yordamida  ifodalash 
o‘rniga  mat
еmatik  modеllar,  bеlgilar  va  miqdorlarni  qo‘llashdan  iboratdir.  Boshqa-
ruvda  miqdoriy  usullarning  k
еng  qo‘llanishida  hisoblash  tеxnikasining  rivojlanishi 
katta turtki bo‘ldi. 
Tizimlar  nazariyasida  erishilgan  yutuqlar  boshqaruv  ilmiga  va  boshqaruv  ja-
rayoniga  tizimli  yondashish  imkoniyat  yaratdi.  Tizimli  yondashuv  har  qanday 
ob
’еktning  boshqaruvini  bir  butun,  o‘zaro  bog‘liq  komponеntlardan  tashkil  topgan, 
uning  biron  bir  qismining  o‘zgarishi  boshqa  qismining  o‘zgarishiga  sabab  bo‘luvchi 
tizim sifatida qaraydi. Boshqaruvda tizimlar nazariyasini qo‘llashgina rahbarga bosh-
qaruv  ob
’еktini o‘zaro bog‘liq elеmеntlardan tashkil topgan bir butun holda ko‘rish 
imkon b
еradi. 


 
31 
Tizimli yondashuv boshqaruv bo‘yicha qo‘llanma va yo‘l-yo‘riq (instruktsiya) 
bo‘lmasdan, balki boshqaruvni tashkil qilish bo‘yicha fikrlashdir. 
Boshqaruvda  opеratsiyalarni  tеkshirish  usullarini  qo‘llash  boshqaruvda  1960 
yillardan boshlab vaziyatli yondashuv usulidan foydalanishga olib kеldi. Bu usulning 
asosini shu paytda yuzaga kеlishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy holatlar tashkil qiladi. 
Bu 
usul  mavjud  boshqaruv  usullarini,  modеllanigi  va  kontsеptsiyalarni  aniq 
vaziyatlar  bilan  bog‘lashga  imkoniyat  bеradi.  Bu  hozirgi  murakkab,  tabiiy  o‘zgarib 
turuvchi,  dinamik  tizimlar  va  tizim  komplеkslar  yuzaga  kеlayotgan  holatda  katta 
imkoniyatlarga ega bo‘ladi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling