Мундарижа
R/E ko'rsatkichi dinamikasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston iqtisodiyotida qimmatli qogozlar bozori rolini oshirish
R/E ko'rsatkichi dinamikasi
23 . Ko'rsatkich 2008 2009
2010 2011
2012 2013
2014 Bir aktsiyaga to'g'ri keluvchi o'rtacha dividend miqdori 34,70 33,90 32,60 31,80 6,64 4,47
6,07 Aktsiyaning o'rtacha kursi 107,70 88,97 81,10 87,84 19,25 16,50 23,00 R/E 3,14
2,70 2,49
2,80 2,90
4,00 3,83
Yuqorida keltirilganlarning barchasini inobatga olgan xolda ilmiy kontseptsiya ishlab chiqish va uning asosida milliy qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlanish strategiyasini ishlab chichqish zarur. Bunday strategiyani ishlab chiqishda O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori industriyasi shakllanishi va muammolarining makroiqtisodiy fundamental omillarni xisobga olgan xolda ob'ektiv amalga oshrilgan taxliliga asoslanish lozim. Bu omillar qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlanishini shakllantiradi. Aniq natijalarga O'zbekiston iqtisodiyotining EvrOsIX, MDX va umuman jaxon iqtisoidyotiga integratsiyalashuvi natijasida erishish mumkin. Bunday xolat bizga yaqin kelajakda jaxon tajribasi va EvrOsIXni inobatga olgan xolda
23 O'zbekiston Respublikasi Valyuta birjasidan mustaqil ma'lumotlar asosida olindi. 56
O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori strategik rivojlanishining miqdoriy mo'ljalini qurishga to'la asos bo'ladi. Milliy qimmatli qog'ozlar bozorining amldagi xolati va uning EvrOsIX shartlari doirasidagi istiqbollari asosida mamlakat qimmatli qog'ozlar bozori yaqin kelajakda qanday qurilishi kerakligi to'g'risidagi masala yotgan nazariy bazisni tanlashni talab etadi. O'z navbatida quyidagi savollarga – bozori riskini pasaytirishga, uning samaradorligini oshirishga, qimmatli qog'ozlar bozorining rivojlanish strategiyasi qanday bo'lishi lozim, real sektorga investitsiyalash maqsadida qayta taqsimlanuvchi resurslar ulushining ortishiga qanday erishish mumkin degan savollarga javob berishni talab etadi. Bunda kontseptsiyani va uning asosidagi strategiyaning ishlab chiqilishi O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar industriyasini shakllanishini ob'ektiv taxlili yakunlarini, fond bozorlarini rivojlanishi va davlatlar tomonidan bu boradagi makroiqtisodiy strategiyani amalga oshirilishining jaxon tajribasini o'rganish asosida ishlab chiqilishi lozim. Jahon amaliyoti shuni ko'rsatmoqdaki, malakat rivojlanishi modeli va shartlarining rivojlangan birgina mamlakat tajribasiga birtomonlama bog'liqligi har doim ham kutilgan natijani beravermasligi mumkin, qimmatli qog'ozlar bozori va iqtisodiyotning samarali rivojlantishiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Bu xolat rivojlangan mamlakatlarning bu soxadagi ilg'or tajribasining ijobiy tomonlaridan foydalanishga sabab bo'ladi.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling