Mundarija


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana06.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#170977
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
iborolarning nutqdagi orni

Men  semiz  bug‘ularni  o‘ldirayapman  gapiga  tengdir.  Polisintetik  tillarda  qisqalik, 

ixchamlik yetakchilik qiladi. 

O‘zbek tili dunyodagi qadimiy ildizga ega bo‘lgan tillardandir.  U qadimgi oltoy tillar 

oilasining turkiy guruhiga kiradi. Oltoy tillar  oilasi birgina turkiy tillar guruhidan iborat  

bo‘lmay, hozirgi yapon, koreys, manjur,  to‘ngus, mo‘g‘ul tillarini ham o‘z ichiga oladi. 

Turkiy tillar guruhi esa  24 ta milliy tilni o‘z tarkibiga oladi. 




 

20 


     Yagona  umumxalq  tilining  taraqqiyot  bosqichlari  va  turli  yozuv  tizimlari  bilan 

adabiy tilning mustahkam aloqasini nazarda tutib, hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy  

taraqqiyotini    uch  asosiy  davrga  bo‘lish  mumkin:  1)  qadimgi  turkiy  til  (bu  davr  o‘z 

navbatida eng qadimgi turkiy til 6-asrgacha va qadimgi turkiy til 6-10 asrlardan iborat 

ikki bosqichga bo‘linadi);  2) eski o‘zbek tili; 3) hozirgi o‘zbek tili. 

     1. Qadimgi turkiy til eramizning V-XIII   asrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 

Markaziy  Osiyo, Sharqiy  Turkiston va  Sibir hudud-larida topilgan  yozma  yodgorliklar 

turkiy  xalqlarning  qadimdanoq  o‘z  madaniyati  va  adabiy  tiliga  ega  bo‘lganligidan 

guvohlik beradi. Bu adabiy til  o‘zbek xalqi hamda hozirgi turkiy  millatlarning qadimgi 

umumiy adabiy tili  bo‘lib,  tilshunoslikda u "umumturkiy adabiy til" nomi bilan ham 

yuritiladi.  Qadimgi  turkiy    adabiy  tilning    eng  nodir  namunalari  "O‘rxun-Enasoy", 

"Uyg‘ur" bitiklari orqali, shuningdek, turkiy xalqlarning ilk yozma dostoni hisoblangan  

Yusuf  Xos  Xojibning  "Qutadg‘u  bilig"  va  Ahmad  Yugnakiyning  "Hibat-ul  haqoyiq" 

asari  hamda  qiyosiy-tarixiy  tilshunoslik  asoschilaridan  biri  bo‘lgan  Mahmud 

Koshghariyning  "Devonu    lug‘otit  turk"  asari    orqali  bizgacha  yetib  kelgan.  Mazkur 

davr    adabiy  tiliga    xos  ayrim  ma’lumotlarni  turkiy  xalqlar  o‘rtasida  qadimdanoq 

mashhur bo‘lgan "Alpomish", "Go‘ro‘g‘li" singari umumturkiy asosli dostonlarda ham 

uchratish mumkin. 

      Qadimgi  yozma    manbalar  tahlili  umumturkiy  adabiy  til  negizida      turkiy  milliy  

tillarning  shakllanganini  tasdiqlasa  ham,  ularning  hozirgi  turkiy  tillarning    birortasiga  

to‘la  mos    kelmasligini,  aksincha,  bu  tillarning  deyarli  har    biriga  xos  til  unsurlari  

mavjudligini  ko‘rsatadi.  Shu  bois  bu  tilni  bobo  til  sifatida  e’tirof  etish  mumkin. 

Qadimgi yozma  manbalar, yuqoridagilardan tashhari,  XI  asrga  kelib millatlarga ajrala 

boshlagan  turkiy  xalqlarning  qadimdanoq  o‘ziga  xos  umumiy  madaniyati,    san’ati,  

adabiyoti,  yozuvi  va adabiy tiliga ega bo‘lganini   dalillaydi. Shuningdek, bu manbalar 

XIV  asrga  kelib turkiy  milliy tillar shakllanib bo‘lgach, qadimgi turkiy adabiy tilning 

"o‘lik" tillar qatoridan  o‘rin olganini ham ko‘rsatadi. Shunday qilib, XI - XIII  asrlarda 

ko‘pgina  hozirgi  turkiy  tillar  qatorida  o‘zbek  tili  ham  o‘zining  milliy    qiyofasiga  ega 

bo‘ladi. 



 

21 


     2.  Eski  o‘zbek  adabiy  tili    XIV  asrdan    XIX  asrning  birinchi  yarmigacha  bo‘lgan 

davrni  o‘z  ichiga  oladi.    Milliy  adabiy    tilining  dastlabki  namunalari  sifatida 

Xorazmiyning  "Muhabbatnoma",  Durbekning  "Yusuf  va  Zulayho",  Lutfiy,  Atoiy,  

Sakkokiy  kabi  mumtoz  adabiyot  vakillari  qalamiga  mansub  asarlar  tilini  qayd  etish 

mumkin.  Bu  davr    adabiy  tilining  rivojida,  Alisher  Navoiyning  hissasi  nihoyatda 

salmoqli-dir.  Xususan,  Navoiy  o‘zining    dunyoga  mashhur  durdona  asarlari  bilan 

o‘zbek  adabiy    tilini    stilistik  nuqtai  nazardan  rivojlantirgan  bo‘lsa,  "Muhokamat-ul 

lug‘atayn" asari bilan o‘zbek adabiy tilini, uning badiiy uslubini ilmiy - nazariy jihatdan 

asoslab  berdi.  Alisher  Navoiyning  buyuk  xizmatlari  shunda  ham  ko‘rinadiki,  u  ona 

tilining  ichki  imkoniyatlaridan  keng  foydalanish  masalasini  o‘rtaga  qo‘ygan  holda, 

birinchi bo‘lib adabiy tilni boshharish muammosiga diqqat haratdi va uni o‘z zamonasi 

talabi asosida yuqori darajada hal qila oldi. Shu bois Navoiy asoslagan adabiy til uning 

izdoshlari tomonidan  keyingi asrlar davomida ham izchil rivojlantirib borildi. Xususan, 

Navoiy asarlari yuzasidan «Badoi al-lug‘at», «Sanglox», «Lug‘ati atrakiya», «Abushqa» 

(eski  o‘zbekcha-usmonli  turkcha)  kabi  ko‘plab  lug‘atlarning  yaratilgani,  hamda  

Navoiydan so‘ng yashagan shoirlar ijodida,  hatto mumtoz she’riyat yo‘lida yaratilgan 

zamonaviy shoirlar ijodida  ham ana shu an’ana davom etib kelayotgani shundan dalolat 

beradi.  

     3. Hozirgi o‘zbek adabiy tili  o‘tgan asrning boshlaridan hozirgi kungacha ijtimoiy 

turmushning barcha jabhalarida  keng amal qilib kelayotgan tildir. Shuni ham ta’kidlash 

lozimki, milliy adabiy til va umuman adabiy til tushunchalari  o‘rtasida o‘zaro uzviylik 

bo‘lsa ham, ular o‘ziga xos tomonlarga egaligi bilan farqlanadi. Chunki milliy adabiy til 

miliylikkacha  bo‘lgan  adabiy  til  zaminida  shakllanadi.  Masalan,  o‘zbek  milliy  adabiy 

tilining tarkib topishida umumturkiy adabiy til asos bo‘lgan. Bu adabiy tilining "o‘zbek" 

nomi bilan yuritilishi  o‘tgan asrning boshlariga to‘g‘ri kelsa ham, unga qadar o‘zbek 

tili  "turkiy",  "chig‘atoy",  "sart",  "xoqoniy  turkiy"  singari  xilma-xil  nomlarga  ega 

bo‘lgan  holda  amalda  bo‘lgan.    Shunday  qilib,  milliy  til  (umumxalq  tili)ning 

me’yoriylashgan grammatik qoidalarga  bo‘ysundirilgan, qayta qo`langan  shakli adabiy 

til  deb  yuritiladi.  Adabiy  tilning    og‘zaki  va  yozma  shakllari  mavjud.  Og‘zaki  shakl 

nisbatan  qadimiyroq  bo‘lib,  u  nutq    tovushlari,  ohang,    urg‘u  kabi  orfoepik  (grekcha 




 

22 


"to‘g‘ri" va "nutq" tushunchalaridan iborat) me’yoriy vositalarga asoslanadi va kishilar 

o‘rtasida bevosita aloqa o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Adabiy tilning yozma shakli esa 

orfografik,  punktuatsion,  uslubiy  qonun  -  qoidalarga  qat’iy  amal  qiluvchi  til  shaklidir. 

Zero, yozma shaklda nutq bo‘laklari:  xatboshi va gaplar hamda ularning tarkibi turli xil 

tinish belgilari vositasida ajratib ko‘rsatiladi. Yozma shakl til taraqqiyotining  keyingi 

bosqichlarida joriy etilgan bo‘lib, u ma’lum makon va zamon oralig‘ida aloqa o‘rnatish  

quroli hisoblanadi.  O‘zbek adabiy tili o‘zining dialektal asosiga ko‘ra   harluq (chigil-

uyg‘ur)  lahjasiga  mansub  Toshkent  va  Farg‘ona  hamda  shu  kabi  markaziy  shahar 

shevalariga tayanadi.  Jumladan, adabiy til fonetik  jihatdan Toshkent shahar shevasiga, 

morfologik jihatdan esa Farg‘ona shevasiga asoslanadi. 

O‘zbek milliy tili ko‘p lahjali tillardan hisoblanadi. Bu hol uning murakkab rivojlanish 

sharoiti  va  etnik  jihatdan  xilma-xilligi  bilan  izohlanadi.  Jumladan,  uning  dialektal 

asosini  1)  harluq;  2)  qipchoq;  3) o‘g‘uz  lahjalari  tashkil  etadi. Bu  lahjalarning har biri 

ko‘plab shevalar birligidan tashkil topadi. Boshqacha aytganda, bir–biriga yaqin bo‘lgan  

shevalar yig‘indisi lahja yoki dialekt deyiladi. Lahja yoki shevalar adabiy tilning muhim 

ichki  manbai  bo‘lsa  ham,  ular  faqat  og‘zaki  shaklga  egaligi  hamda  fonetik,  leksik  va 

grammatik  jihatdan  o‘ziga  xosligi  bilan  adabiy  tildan  farqlanadi.  Chunki  shevalar 

ma’lum  bir  hududda  istiqomat  qiluvchi  kishilarning  o‘zaro  og‘zaki  nutqiy  aloqasini 

ta’minlovchi  vositadir.  Shu  bois  ularning  qo`latilish  doirasi  adabiy  tilga  nisbatan 

cheklangan  bo‘ladi.  Bu  cheklanganlik  lahjalarning  quyidagi  kabi  o‘ziga  xos  fonetik 

morfologik  va  leksik  belgilarining  hududiy  chegaralanishi  misolida  ham  ko‘zga 

tashlanadi: 




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling