Mundarija


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana06.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#170977
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
iborolarning nutqdagi orni

     Qipchoq  lahjasi,  asosan,  О‘zbekistonning  Surxondaryo,  Sirdaryo,  Jizzax, 

Qashqadaryo  va  Samarqand  viloyatlarining    qqo`loq  shevalari  birligidan  iborat  bo‘lib, 

o‘zbek adabiy tilidan quyidagicha belgilariga ko‘ra farqlanadi: 

     1) fonetik jihatdan: a) ba’zi shevalarda undoshi o‘rnida j  tovushi qo`laniladi: yo‘l-



jo‘l,  yomg‘ir-jovmir;  b)  so‘z  oxiridagi  g‘  undoshi  v  tovushi  bilan  almashtiriladi:  tog‘-

tov,  sog‘-sov,  og‘moq-ovmoq;  v)  so‘z  oxirida  q,  k  undoshlari  tushiriladi:  sariq-sari, 

kichik-kichchi

     2) leksik jihatdan: mushuk-pishak, do‘ppi-qalpoq, ishkom-voyish.  

     3) morfologik jihatdan: a) hozirgi zamon davom fe’li –yap||yotir o‘rnida –jatir||votir 

qo‘shimchasi qo`laniladi: borayapti, borayotir-barajatir, yozayapti-jazavotir; b) tushum 

kelishigi –ni o‘rnida –di/-ti qo`laniladi: uyni, kitopni-uydi, kitapti . 

     O‘g‘uz  lahjasi  janubiy  Xorazm  shevalari  birligidan  tashkil  topgan  bo‘lib,  adabiy 

tildan quyidagicha farqlanadi: 

     1)  fonetik  jihatdan:  a)  so‘z  boshidagi  t  tovushi  d  ,  k  tovushi  esa  g  tarzda  talaffuz 

qilinadi:  til-di:l, tog‘-da:g‘, keldi-galdi, ko‘z-go‘z  ;  b) unlilar qisqa  va  cho‘ziq  talaffuz 

etilishi bilan farqlanadi: ot-at (hayvon) // a:d (ism) yoz-yaz (fasl) // ya:z (yozmoq); 

     2)  leksik  jihatdan:  norvon-zangi,  do‘ppi-tahiya,  ustara-pakki,  tog‘a-doyi,  rayhon-

nazvoy, ship-patik ; 

     3)  morfologik  jihatdan  farqlanib,  haratqich  kelishigi  –ing,  jo‘nalish    kelishigi  –a 

tarzda  qo`laniladi:  Hazaraspning  olmasi-  Hazarasping  almasi,  bolamga-balama, 

otamga-atama. 

   Shuni ham qayd etish lozimki, shevalarning bu kabi  o‘ziga xos xususiyatlari  adabiy 

tilning  matbuot,  radio  va  televideniye,  maktab  va  maorif  muassasalari  orqali  ta’siri 

asosida asta-sekin yo‘qolib bormoqda. 




 

24 



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling