Mundarija


  Sharqona  lutfni  ifodalashda  lisoniy  birliklar  hamda  iboralarning


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana06.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#170977
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
iborolarning nutqdagi orni

 

1.2.  Sharqona  lutfni  ifodalashda  lisoniy  birliklar  hamda  iboralarning 

o`rni.  

Sharq  xalqlari  madaniy  merosiga  nazar  tashlasak,  ulkan  ilmlar,  betakror  ishoratlar, 

nozik ma'nolar ummoniga o`xshaydi. Bu ummon bag`rida  juda ko`p ma'naviy boyliklar 

yashiringan. Bunday ma'naviy boyliklarni topib, undan baqramand bo`lish zehnimizga, 

idrokimizga bog`liq. Zehniy teranlik, beqiyos idrok sahovati  buyuk ne'mat hisoblanadi. 

Chunki  o`tmishda  yaratilgan  ilmiy  va  badiiy  merosimizda  xilma-xil  ishoratlarga 

bezangan  xazina  mavjud.  Shu  xazinani  yuzaga  chiharuvchi,  qo`riqlovchi,  avloddan-

avlodga o`tib kelishini  ta'minlovchi  vosita  hamda uning kaliti  til hisoblanadi. Shunday 

ekan, biz tilning qudratini sharq xalqlarida qanday qadrlanganligini bilmasak, tilimizga 

e'tiborimiz susayadi. Ayniqsa,  tildagi ishoratlar xazinasini chuqur anglamaslik ma'naviy 

qashshoqlikni  keltirib  chiharadi.  Shuning  uchun  ma'naviy  kamolotga  erishishda 

madaniy  merosimizdagi  ishoratlar  xazinasini  chuqur  o`rganish  va  undan  baqramand 

bo`lishimiz  zarurdir.  Ma'naviy  kamolotning  debochasi  tildan  o`rinli  foydalanish    va 

sharqona lutfni to`qri tushunish hisoblanadi. "Sharqona lutf" birikmasi tarkibidagi "lutf" 

so`zi  arabcha  so`z  bo`lib,    muloyimlik,  rahmdillik,  yaxshi  muomala,  marhamat  kabi 

ma'nolarni bildiradi. Bundan tashhari  "erkinlik" ma'nosini  ham  ifodalaydi.  Lutf so`zi 

keyingi davrlarda  "muloyimlik" ma'nosi asosida "silliq muomala"ni ham  bildirmoqda. 

Xususan,  "sharqona  lutf"  birikmasi  turli  ishoratlarga  burkangan  nutq    ma'nosida 

qo`llaniladi.  

Sharqona  lutf  deganda,  turli  ishoratlarga  boy  bo`lgan,  nozik  did    bilan  aytilgan  va 

tagma'nolar  vositasida  murakkablashgan  nutq  tushuniladi.  Ana  shunday  nutqning 

lisoniy    asosi  mavjud  bo`lib,  ular  turlicha  taqlil  etiladi.  Ayniqsa,  o`zbek  tili  nuqtai 

nazaridan  tekshirilsa,  bunday  holatlar  nihoyatda  ko`pligi  hamda  o`ziga  xos  xususiyati 

turli  nutqiy jarayonlarda yuzaga chiqishi ko`zga tashlanadi.  

Lekin  bunday  nutq  nihoyatda  zukkolik  bilan  ifodalanadi.  Notiqdan  badiiy  zukkolik  va 

nozik  idrok  talab  etadi.  Alisher  Navoiy  "...  bu  tilda  harib  alfoz  va  ado  ko`pdur.  Muni 

Xush  oyanda  tartib  va  raboyanda  tarkib  bila  boqlamoqning  dushvorligi  bor",  -  deb 

tildagi murakkablikka ishora qiladi.(Mazmuni: "Bu tilda ajoyib so`zlar va ifodalar ko`p. 




 

25 


Buni  xush  keluvchi,  go`zal  tuyiluvchi  va  jozibador  tartibda  boqlash  juda  qiyin") 

Shuning uchun tilimizning ham  shakliy, ham  mazmuniy go`zalligi lutf orqali namoyon 

bo`ladi,  desak  xato  bo`lmaydi.  Chunki  lutf  asosida    nutq  mazmunan    ba'zan  shaklan 

go`zallik  kasb  etadi.  Sharqona  lutf  so`z  ,  ibora,  maqol  va  hikmatli  so`zlar  orqali 

ifodalangadi. So`z ko`p qirrali murakkab butunlik bo`lib,  

dastlabki  qarashda  ikki  tomoni  ko`zga  tashlanadi.  Birinchidan,  moddiy  ifodalovchi  - 

tovush  tomoni,  ikkinchi  ma'no  tomoni.  So`zning    tovush  tomoni  tilshunoslikning 

fonetik-fonologik  sathida  tekshirilsa,  mazmun  tomoni  o`z  xossalariga,  asoslariga  ko`ra 

bir  qancha  soqalarning  tekshirish  ob'ekti  bo`ladi.  Tildagi  "maktab"  so`zi  moddiy 

jiqatdan  m,  a,  k,  t,  a,  b  kabi  tovushlarning  o`zaro    ketma-ketligidan  tashkil  topgan 

butunlik  bo`lganligi  uchun  fonetik-fonologik  taqlil  etiladi.  Shu  moddiylik  asosidagi 

"maktab" so`zining  ob'ektiv olamdagi  biror  bir  predmet  bilan  bog`liq bo`lgan  ma'nosi, 

ya'ni  o`quvchilar  ta'lim-tarbiya  oladigan  "dargoh"ni  ifodalashi  leksikologiyada 

o`rganiladi.  "Maktab"  so`zining  "tosh",  "suv",    "paxta"  so`zlar  singari  ob'ektiv 

borliqdagi  predmetlik  tushunchasini  ifodalab,  ot  so`z  turkumiga  birlashishi 

grammatikada o`rganiladi. Ko`rinadiki, so`z ko`p qirrali murakkab butunlik hisoblanadi. 

Shuning  uchun  so`zning  turli  xususiyatlarini  ochish  va  izohlashga  urinishlar, 

qiziqqanlar ko`p. Biz so`zning ma'no jilolarini ham da shu ma'no nozikliklar asosidagi 

qudratini ochishga harakat qilamiz.  

Shubqasiz, so`z yuqoridagi xususiyatlari bilan bir butunlikni tashkil etadi. Bu butunlik 

o`zaro  munosabatdorlikdagi  a'zolarning  aloqa  majmuasidan  tashkil  topgan  sistemadir. 

Sistema  xuddi  organizm  singari  bir-birisiz  yashay  olmaydigan  uzvlarning  murakkab 

qurilmasi  hisoblanadi.  Shuning  uchun  so`zning  barcha  qirralari  yaxlit  qolda 

tekshirilmasa, chalkashliklarga olib keladi. Bobomiz  

Alisher  Navoiy  "So`z  durredurkim,  aning  daryosi  ko`ngildur",  -  deb  so`zning  ikki 

xususiyatiga  ishora  qiladi.  Haqiqatan,  so`z  duru  gavhar  singari  insonning  ko`ngil 

daryosida  yashiringandir.  Navoiy  so`zni  imkoniyat  sifatida  til  xazinasiga  qarashli 

ekanligini  ta'kidlab,  uning  faoliyatini  nutq  bilan  bog`laydi.  Chunki  so`z  nutqiy 

jarayondagina faoliyat ko`rsatib, turlicha ma'nolarga ishora qiladi.  



 

26 


Shuning  uchun  so`z  haqidagi  qarashlarning  ko`pchiligida  "belgi"  ostida  izohlangandir. 

So`z  biror  -bir  tushunchaning  material  ifodalovchisi  –  qobig`i  bo`lib,  inson  ongidagi 

yoki umumiy bilish xazinasidagi tushunchalar silsilasiga ta'sir etadi va muayyan nutqiy 

sharoitda turlicha ma'nolar kasb etadi. Shu  

jiqatdan  so`z  ,  ibora  nomlash  vazifasini  bajaradi  va  o`zi  anglatgan    tushunchaning  

mohiyatini va tabiatini ko`rsatmaydi. Shu sababdan ma'no moddiy qobiq bilan birlashib, 

tushunchalar  silsilasiga  ta'sir  etadi.  Nutqiy  jarayonda  so`zlarning  ma'no  jilolari 

tushunchalar  mosligi  asosida  yuzaga  keladi.  Tushunchalarning  mosligi  hayotiy 

tajribalar, umumiy bilish xazinamizning ham da muayyan nutqiy  

sharoit  bilan bog`liqdir. A.Nurmonov so`z, iboraning  ob'ektiv olamdagi biror predmet, 

voqea-hodisa,  miqdor,  belgi,  harakat,  holat,  jarayonlar  bilan  ikki  xil  munosabatda 

bo`lishini  ko`rsatadi.  Ya'ni,  sabab-natijali  (motivlangan)  va  shartli  (motivlanmagan) 

munosabatlar borki, ular inson ongida aks etgandagina belgilashadi deb ta'kidlaydi Shu 

sababdan bir so`z bir vaqtning o`zida bir qancha  

tushunchalarga  ishora  qilishi  mumkinki,  bu  muayyan  nutqiy  sharoit  hamda  so`zlovchi 

va tinglovchi o`rtasidagi  munosabatlar asosida kechadi. Masalan "gul" so`zini, “gullab 

qo`ydi”  iborasini  eshitish  orqali  tushuncha  paydo  bo`ladi.  Tushuncha  esa  gulning 

mohiyatini, xossalarini ongda aks ettiradi. Shu so`z anglatgan o`simlik ma'nosi "gul - g-

u-l" tovushlar ketma-ketligi bilan inson tomonidan o`rnatilgan shartli aloqani bildiradi, 

iborada  esa    “noo`rin  gapirish,  sirni  oshkor  etish  ”  kabi  tushuncha  ongda    mavjud 

bo`ladi. 

Shuning uchun biz tushuncha aks ettirgan mohiyat, xossa, xususiyat asosida so`zlarning 

ma'nolar jilosini hosil qilamiz. Ya'ni, gul - insonga zavq beruvchi, go`zal, tikonli, turli 

rangda  ochiluvchi  kabi  xususiyatlarini  shartli  (motivlanmagan)  munosabatlar  asosida 

boshqa  predmetlarga  tirkaymiz  va  gul  so`zining  ma'nolar  sil-silasini  yaratamiz.  Shartli 

munosabat  orqali  "gul"  so`zi  jabr  qiluvchi  ma'shuqa,  kasallik, yashnab  ochilish,  bezak 

kabi ma'nolarni ifodalaydi. Lekin "gul" so`zining  

mohiyati,ma'no  tizimiga  xususiyatlaridagi  o`xshashlik  asos  bo`ladi.  Shuning  uchun 

gapda  bitta  ma'nosi  yuzaga  chiqadi.  Qolgan  ma'nolari  so`zlovchi  va  tinglovchining 

umumiy  bilish  xazinasida  imkoniyat  tarzida  turadi.  Imkoniyat  tarzidagi  ma'nolar 




 

27 


majmuasi  so`zning  ma'no  jilosini  tashkil  etib,  mazmuniy  murakkablikni  yuzaga 

keltiradi. Shu sababdan so`z o`zaro aloqadorlikdagi uzvlar majmuasidan tashkil topgan 

butunlik deb izohlanadi4. A.Navoiy so`zning bunday xususiyatini "... jomi  

maoniyi juzv va kuldur" deb ko`rsatadi. So`z, iboraning ma'nolar jilosi nutqda namoyon 

bo`ladi.  Chunki  so`z,  ibora  imkoniyat  sifatida  tilda  mavjud  bo`lsa,  faoliyat  sifatida 

nutqda ishtirok etadi. Nutqdagi so`zning  ishtiroki cheksiz va chegarasizdir.  

 

So`zning faoliyatini A.Navoiy quyidagicha izohlaydi: "Ko`nguldin dog`i so`z durri nutq 



sharafiga  sohibi  ixtisos  vasilasi  bilan  guzorish  va  oroish  ko`rguzar  va  aning  qiymati 

ham    martabasi  nisbatiga  boqa  intishor  va  intiqor  topar.  Gavhar    qiymatiga  nechukki, 

marotib asru ko`pdur, qattoki,  bir diramdin yuz tumangacha desa bo`lur"1. (Mazmuni: 

Ko`ngildan yana so`z duri nutq martabasiga mutaxassis  

vositasida naql  qilish orqali tartiblanadi va uning qiymati ham  martabasining nisbatiga 

harab  tarqaladi ham da shuqrat topadi. Gavhar qiymatiga nisbatan juda ko`pdir, qattoki, 

bir  diramdan  yuz  tumangacha  desa  bo`ladi).  Ko`ngil    til  xazinasi  bo`lsa,  nutq  til 

xazinasidagi  boylikni  sarf  qiluvchi  bozordir.  Bozorga  yaxshi  narsalarni  tartib  qilish 

savdogarning maqoratiga bog`liq. Shuning uchun  

nutqiy barkamollik so`z, iboralardan o`rinli foydalanish asosida yuzaga keladi. Bundan 

shu  narsa  anglashiladiki,  nutq  imkoniyat  sifatidagi  til  asosida    biror  shaxsning 

maqsadini  (keng  ma'noda)  ro`yobga  chiharish  maqsulidir.2  Bu  holat  so`z  ma'no 

jilolarining  "nutq  martabasida  oroyish"  topishini  taqlil  qilinganda,  yana  ham  

tushunarliroq bo`ladi. Masalan, Umar qayyom ruboiylarida "ko`z" so`zi  

Shaqona 

lutf  


Ibora 


 

28 


quyidagicha ma'nolarni ifodalab keladi: 

1. 


Sho`rlik umrimizga charq sirtmoq - kamar,  

Jayqun ko`zimizning yoshidan asar, 

Bequda ranjimiz do`zaq uchquni, 

Jannat - umrimizda tinch bir dam magar.  

2. 

Xo`ragimni mayla to`kis-but qiling, 



qaqrabo yuzimni naq yoqut qiling, 

Jaqondan ko`z yumsam, sharobqa yuvib, 

Tok zangidan menga bir tobut qiling.  

3. 


Dunyoning tilagi, samari ham  biz,  

Aql ko`zin qorasi - gavhari ham  biz.  

To`garak jahonni uzun deb bilsak, 

Shaksiz uning ko`zi - gavhari ham  biz.  

Birinchi va ikkinchi  ruboiylarda "ko`z" so`zi inson organizmi - ko`rish a'zosi ma'nosini 

bildirsa,  uchinchi  ruboiyda  esa  "aql  ko`zi"  iborasi,  "uzukning  ko`zi"  ma'nosini 

ifodalamoqda.  Bunday  ma'no  serqiraliligi  tilshunoslikda  ko`pma'nolilik    polisemiya 

atamasi  ostida  izohlanadi.  Ko`p  ma'nolilik  asos  ma'no  doirasida  yuzaga  keladi. 

Yuqoridagi ko`p ma'nolilik ham  ana shunday asosda maydonga kelgan.  

Demak iboralar kopma`noli so`zning jamiyat tomonidan tan olingan korinishidir. “Ko`z 

qirini tashlab qo`ydi”, “ko`z ostiga oldi” iboralarida ham bosh ma`no saqlanadi.  "Ko`z" 

so`zining    bosh  -  asos  ma'nosi  insonning  ko`rish  a'zosini  ifodalashdir.  Shu  ma'no 

asosida tushuncha paydo bo`ladi. Tushuncha inson ko`rish a'zosining  barcha xossa va 

xususiyatlarining  majmuasi  sifatida  ongimizda  aks  etadi.  Ya'ni,  ko`z  -  ko`rish  a'zosi, 

shaklan dumaloq, tuzilish jiqatdan qorachiq, javhar, ko`z kosasi va hokazolardan iborat. 

Bunday  xususiyatlar  ko`z  so`zining  ma'no  to`plamidan  joy  olgan  va  o`zaro 

o`xshashlikka  harab  boshqa  predmetlarga,  abstrakt  -  mavhum  ma'no  ifodalovchi 

so`zlarga ko`chadi. Masalan, inson ko`zi, aql ko`zi, buloqning ko`zi, derazaning ko`zi,  

ishning  ko`zi,  uzukning  ko`zi,  elakning  ko`zi  kabi.  Bu  holatning  paydo  bo`lishiga 

shakliy, vazifaviy jiqatdan o`xshashlik sabab bo`lmoqda. Bundan tashhari so`zlovchi va 




 

29 


tinglovchi  o`rtasidagi  o`zaro  shartnomaviy  munosabat  ham    mavjudki,  u  nutqiy 

jarayondagi ma'nolar jilosini  

tushunishda yordam beradi.  

 

 



So`zdin o`lukning tanida ruqi pok,  

                     Ruhdagi tan aro so`zdin halok   

 

 

 



 

 

 



                 (A.Navoiy) 

Navoiy  bobomiz  so`zning    qudratini  juda  chiroyli  ifodalab,  so`z  o`lgan  odam  tanasiga 

ruh  baqqo`laydi,  so`zdan  tandagi  ruq  halok  bo`lishi  mumkin  deydi.  Haqiqatan,  so`z 

orqali  inson  o`z  qalbini,  yuragini  ochadi.  Shuning  uchun  so`z  ,  ibora    inson  qalbi 

ko`zgusi sifatida talqin etiladi. Insonning nutqi orqali uning  

ma'naviyati, bilim saviyasi anglashilib turadi. Yusuf Xos qojib "Qutadg`u bilig" asarida 

chiroyli va teran nutq irod qilgan kishini dono deb bilib, pala-partish so`zlagan kishini 

bilimsiz deydi: 

Dono so`zi go`yo ohar suv erur, 

Suv oqsa yer uzra ko`p ne'mat unur.  

Donolar bo`ladi misoli chimzor: 

Qayga oyoq qo`ysang, u yerda suv bor.  

Bilimsizning ko`ngli qum erur go`yo, 

O`t-o`lan o`smaydi kirsa ham  daryo. 

 

Bilimli  kishilar  tanni  ijtimoiy  meqnat  bilan  "koyitib",  bilim  bilan  ovunadilar,  buning 



hisobiga "jon" semiradi. "Jonning semirishi" - inson qalbining ma'naviy zavq tuyqulari 

bilan chulqonishidir.  

Axir: 

Tanani ulushi tamoqdan kirar, 



Jon ulushi - so`z quloqdan kirar, - deydi.  

So`z  ,  ibora  kishi  ruhiyatini  aks  ettiruvchi  noyob  boylik  hisoblanadi.  Uning  vositasida 

insoniyat  o`z  bilimlarini,  madaniy  boyliklarini  asrab-avaylab,  kelajakka  yetkazadi. 

Shuning uchun so`z - ma'naviy boyliklarimiz xazinasidir. Unda  insoniyatning  qozirgi 

kungacha bo`lgan barcha izlanqo`lari, tajribalari, madaniy merosi saqlanib kelmoqda.  



 

30 


So`z, iboraning xususiyati qaqida har qancha gapirsak, shuncha ozlik qiladi. A.Navoiy 

tili bilan aytganda, insonni qayvondan farqini ko`rsatuvchi asos - bu so`zdir. 

Tangriki, insonni qilib ganji roz,  

So`z bilan qayvondin anga imtiyoz.2  

So`zning  borliq  olamdagi  biror  predmet  bilan,  voqea-hodisa  bilan, belgi  bilan,  miqdor 

bilan, harakat-holat bilan, jarayon bilan bog`liq bo`lgan ma'nosi - leksik ma'no deyiladi. 

Iboraning  borliq  olamdagi  biror  harakat-holat  bilan,  jarayon  bilan  bog`liq  bo`lgan 

ma'nosi esa  - frazeologik  ma'no deyiladi. 

Biroq  so`zning  leksik  ma'nosi  umumlashma  bo`lib,  inson  ongidagi  tushunchalarga 

ishora qiladi.  

     Ikki  yoki  undan  ortiq  so‘zdan  tarkib  topgan  va  yaxlit  bir  ma’no    ifodalaydigan  til 

birligi  frazeologik ibora deyiladi. Frazeologizmlar yaxlitligicha yoki muayyan so‘zning 

ko‘chma  ma’noda  qo‘llanishi  asosida  yuzaga  keladi.  Masalan,  og‘zi  qulog‘ida  iborasi 

tarkibidagi so‘zlar bir butun holda ko‘chma ma’noda qo‘llanib,  xursand tushunchasini 

ifodalagan.  Biroq  qo‘l  ko‘tarmoq  birikmasida  esa  ko‘tarmoq  so‘zining  ko‘chma 

ma’noda  qo`latilishi  iborani  vujudga  keltirgan.  Shu  bois  ular  nutqning  erkin  sintaktik 

birliklaridan  farqli  ravishda,  tilning  turg‘un  birikmalari  hisoblanadi.  Frazeologik 

iboralarning so‘zlar singari tilning lug‘aviy bir-liklari qatoridan o‘rin egallaydi. Bunga 

quyidagi omillar sabab bo‘ladi: 

     1.Frazeologizmlar  ikki  yoki  undan  ortiq  so‘zdan  tashkil  topgan  turg‘un  birikmalar 

bo‘lsa  ham,  so‘zlar  singari,  odatda,  yaxlit  bir  tushun-chani  ifodalash  uchun  xizmat 

qiladi.  Bu  xususiyat  ularni  so‘zlar  bilan  sinonimik  munosabatga  kirisha  olishini 

ta’minlaydi:  Uchiga  chiqqan-o‘taketgan,  turgan  gap-albatta,  yeng  ichida-xufiya, 


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling