Mundarija


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/25
Sana06.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#170977
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
iborolarning nutqdagi orni

 

 

 

 

 

                         II   bob yuzasidan qisqa xulosalar

  

hаr bir tilning frаzеоlоgik qаtlаmi o`shа til egаsi bo`lmish хаlqning urf-оdаtlаri-yu, 



turmushini,  dunyoqаrаshini  аks  ettirаdi.  Bundаn  tаshqаri,  оbrаzli,  mаzmundоr, 

tа’sirchаn 

vа 

bo`yoqdоr 



ibоrаlаr 

nutqimiz 

ko`rki, 

tilimizning 

bоyligidir. 

Frаzеоlоgizmlаr  lеksik  birliklаr  kаbi  istе’mоl  dоirаsi  nuqtаi  nаzаridаn  hаm  tаsnif 

qilinаdi,  ya’ni  umumistе’mоldаgi  ibоrаlаr  vа  qo`llаnishi  chеgаrаlаngаn  ibоrаlаr 

fаrqlаnаdi.  Umumistе’mоldаgi  ibоrаlаrgа  shungа  qаrаmаy,  hоldаn  tоymоq,  ro`yobgа 



chiqmоq  kаbilаr  kirsа,  qo`llаnilishi  kеng  bo`lmаgаn  ibоrаlаr  ilmiyligi  (imkоniyatlаr 

dоirаsi,  nаzаr  tаshlаmоq,  оg’riqli  nuqtаlаr),  bаdiiyligi  (sаbr  kоsаsi  to`lmоq,  ko`ngli 

оchiq), diаlеktаlligi (hаlаk bo`lmоq – оvоrа bo`lmоq), eskirgаnligi (аlifni kаltаk dеmоq, 

dumi  хurjundа)  bilаn  хаrаktеrlаnаdi.  Bundаy  хususiyatlаr  hаr  bir  tildаgi  frаzеоlоgik 

birliklаr  uchun  хоsdir.  Bugungi  kundа  tilshunоsligimiz  оldidа  frаzеоlоgik  ibоrаlаrdаgi 

dаrаjаlаnish,  gipоnimiya,  iеrаrхоnimiya  kаbi  sеmаntik  munоsаbаtlаrni  o`rgаnish  vа 

tаdqiq etish аsоsiy vаzifаlаrdаn biri bo`lib qоlmоqdа. 



 

 



 

54 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

XULOSA 


 Til tafakkur gulshanining darvozalarini ochib beradigan, aqliy tafakkurga chorlaydigan 

muqaddas  va  mo`tabar  ne`matdir.Tilga  e`tibor  va  e`tirom  esa  inson  zotining  o`zligiga, 

muhtaramligiga ishoradir.  

         O`zbek  tilidagi  mantiqiy  mushohada,    betakror  go`zallik  uning    har  bir  lisoniy 

vositasida  o`z  aksini  topgan.  O`zbek  gapirsa,  qochib  qol,  o`zbek  qopib    emas,  topib 

gapiradi,o`ynab  gapirsa  ham  o`ylab  gapiradi,  deganlarda  bir  haqiqat  bor.  Zero,  o`zbek 

tilidagi  lisoniy  birliklar  borliqdagi  voqelikni  ifodalab,  ong  faoliyati,  undagi  saralash, 

umumlashtirish va tasniflash jarayoni   bilan uzviy bog`liq. Tarixiy taraqqiyot, xalqning 

maishiy turmush tarzi hamda madaniy rivojlanish bevosita  tilimizda o`z aksini topgan. 

O`zbek  adabiy  tilida  narsa-hodisalarning  nomini  ifodalanishida  ham  ongdagi  saralash 

jarayoniga amal qilinadi. Masalan,  bir yillik o`simlik nomini ifodalovchi   kungaboqar 

so`zining    eng    muhim  birlamchi  belgisi  saralangan,    kun-quyosh  bilan  aloqadorligi 

(yahni  hamisha  oftob  tomonga  harab  harakatlanishi)    nazarda  tutilgan.So`z  va 

tushunchaning  mushtarak  jihatlari  til  taraqqiyotining  keyingi  jarayonlarida  ham 

kuzatiladi.  Tilshunoslikdagi  polisemiya(  ko`p  ma`nolilik)  hodisasi  ayni  ongning 

borliqdagi voqelikni umumlashtirish( integrallash) ehtiyoji  mavjudligi bilan izohlanadi. 




 

55 


Masalan,  «Devoni  lug`atit  turk»  asarida  «bola»  so`zi  faqat  hayvon  va  jonzotlarning 

bolalari  ma`nosida  qo`llanilishi  tahkidlansa,  hozirda  bu  so`zning  ma`nosi  kengaygan, 

ya`ni  inson  va  jonzotlarning  bolalari  ham  tushuniladi  yoki  buning  aksi  bo`lgan  ma`no 

torayish hodisasi narsa-predmetning yo`qolib borishi, unga ehtiyojning kamayishi bilan 

sodir  bo`ladi.    Turkiy  tillarda  so`zlar  ham  ot,  ham  fe`l  vazifasini  bajargan,  tilshunos 

E.Umarov  ta`kidlashicha,  Alisher  Navoiyning  «Layli  va  Majnun»  dostonida  osmoq  

so`zi  –  og`zi  doirasimon  idishlarni  osib  qo`yadigan  chambaraksimon  uy-ro`zg`or 

buyumini ifodalagan, hozirda esa bu so`z ma`nosida torayish ro`y bergan. 

          O`zbek  tilshunosligida  shaxs  faoliyati  bilan  bog`liq  iboralar  xalqning  etnik 

xususiyati, dini va madaniyati, ijtimoiy qarashlari natijasida paydo bo`ladi. Kuzatishlar 

shuni ko`rsatadiki, o`zbek nutqida shaxsni tavsiflab ifodalash  maqsadida turli ma`noli 

va  turli  shaklli  iboralardan  foydalanish  ko`plab  uchraydi.  Shaxsga  ijobiy  yoki  salbiy 

baho berish xalqimiz madaniyati, qadriyatlari bilan uzviy bog`liq bo`lib, ularni quyidagi 

turlarga ajratishni tavsiya etaman: 

1.  Xarakter-xususiyat  bilan  bog`liq  iboralar:  bag`ri  keng,  bahosi  yo`q,  qo`li 


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling