Mundarija


Lisoniy birliklar orqali tushuncha ifodalash usul-vositalari


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/25
Sana06.11.2021
Hajmi0.73 Mb.
#170977
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
iborolarning nutqdagi orni

1.1. Lisoniy birliklar orqali tushuncha ifodalash usul-vositalari 

Ikki va undan ortiq so’zdan tarkib topgan va yaxlit bir ko’chma ma’noni ifodalaydigan, 

ta’sirchanlikka ega bo’lgan til birligi ibora (frazeologik birlik) deyiladi: qo’y og’zidan 

cho’p olmagan(yuvosh), kapalagi uchib ketdi (qo’rqdi) va h.k . 

Iboralar ahamiyati va qo’llanishi jihatidan odatda so’zga teng keladi. 

  Iboralar ko’proq so’zlashuv nutqida va badiiy asarlarda qo`llaniladi.Ulardan unumli 

foydalanish nutqning ta’sirchanligini oshiradi.Til fanining iboralarni o’rganadigan 

bo’limi frazeologiya deb ataladi. 

   

Iboralar ba’zan bog’lovchilarga ham sinonim bo’lishi mumkin: Shunga qaramay 



u kelmadi – Ammo u kelmadi. 

  Iboralar o’rtasida ham o’zaro omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik 

bo’lishi mumkin: Omonim iboralar: dam bermoq  – dam bermoq (hordiq bermoq); 

sinonim iboralar: tegirmonga tushsa butun chiqadi – suvdan quruq chiqadi; antonim 

iboralar: yerga urmoq – ko’kka ko’tarmoq; paronim iboralar: yuragi tars yorilib 

ketayozdi (sabr chidami tugamoq) – yuragi qoq yorilayozdi (sevinganidan qattiq 

hayajonlandi.)

Iboralar til birligi sanalib, tilimiz xazinasining naqadar boy va sermazmun 

ekanligidan darak beradi.  



 

11 


Tilga  esa ko`plab ta`riflar berilgan. Til - millatning asosiy belgilaridan biri. Dunyoda 

xalqlar ko’p. Lekin har bir xalq, avvalo, o’z tili, milliy urf-odati va an`analari, o’ziga xos 

turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o’zligini namoyon 

qilishda o’zbek  tilning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. 

O’zbek  xalqi  asrlar  davomida  dunyo  sivilizatsiyasiga,  umumbashariy  qadriyatlar 

rivojiga ulkan hissa qo’shib kelmoqda. Bunda o’zbek tilimizning xizmati katta. Chunki 

bu til bo’lmasa, Mahmud Qoshghariyning "Devoni lugatit-turk kitobi, Ahmad Yassaviy 

hikmatlari,  Alisher  Navoiy  "Xamsa"si,  Bobir  Mirzoning  "Boburnoma"si,  Cho’lpon  va 

Abdulla  Oripovning  o’tli  she`riyati  yaratilmagan  bo’lardi.  Shuning  uchun  ona  tilimiz 

millatimiz timsoliga aylanib ketgan. 

O’zbek  tili  ezgu  fazilatlar,  yuksak  tuyg’ular  manbaidir.  U  inson  kamolotida 

betakror  o’rin  tutadi.    Inson  uchun  hayotiy  zarur  bilim  va  tushunchalar  mana  shu  til 

Iboralar so`z kami 

tushunchani 

ifodalaydi, unda 

albatta tag ma`no 

mavjud bo`ladi 

Iboralar tilimiz 

ko`rki, nutqning 

ta`sirchanligini 

oshiradi 

Iboralar til birligi

tilning  vazifalari 

iboralarda ham 

ko`rinadi 



 

12 


vositasida  ongu  shuurimizga  singadi,  odobu  axloqimiz,  fe`l  atvorimiz  manna  shu  tilda 

berilgan o’git va nasihatlar asosida shakllanadi. Ayniqsa, inson tafakkurining shakllanishi 

bevosita til bilan bogliq. Biz tilni bilganimiz sayin dunyoni ham bilib boramiz, fikrimiz 

o’sadi, ongimiz yuksaladi. Shu bois buyuk shoir mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy til 

insonni hayvondan farqlab turadigan ne`mat ekanini ta`kidlab o’tgan .  

Shu  bois,  B.M.Solnsev  tilning  bu  belgilarining  barchasini  jamlagan  xolda  tilga 

quyidagicha  tarif  beriladi :  "Til  kishilar  o`rtasida  aloqa  vositasi  bolib  xizmat  qiluvchi 

semiotik xususiyatga ega  funksional moddiy sistemadir." 

 Til tabiatan tanho bir kuchki, u cho`g` olovni muzga, muzni esa olovga aylantira 

oladi. Til-sehrgar, sehrlovchi vosita. O`zbek tilini qunt bilan   o`rgangan   kishilargina 

uning  serviqor  qudratini  bilib  oladilar.    Har  bir  xalqning  tili  o`ziga  aziz.  Shoirlar, 

faylasuflar til haqidagi ta`rifu tavsiflaridan   ko`ngillarga nur  yuguradi, uning mag`ziga 

yetishga  intilsangiz  hayot  yanada  ma'noli,  maqsadli,  go`zal  va  shirin  bolib  qoladi. 

Kimdir  uni  onaga  o`xshatsa  boshqa  birov  vatan  qadar  ulug`  biladi.  Dunyoga  kelgan 

chaqaloq  ham  ona  allasini  o`zbek  tiliga  eshitadi.  Men  esa  shu  o`rinda  atoqli  shoirimiz 

Omon Matjoning bir rivoyat asosida yozilgan "Alla" nomli mo`jazgina asarini eslagim 

keladi... 

Qadim  zamonlarda  Xorazm  tomonlarda  bo’yi  yetgan  qiz  Roziya  o`zga  yurtdan 

kelgan yugitga ko`ngil qo`yibdi. Ota-ona bu yo`ldan qaytarishga qancha urinmasin, qiz 

ahdida  qat`iy  turibdi.  Noilojlikdan  Roziya  uzoq  yurtga  uzatilibdi.  Biroq  ona 

nuridiydasiga  iltijo  qilibdi:  baxtli  bo'1,  yakka-yu  yagona  o`tinchim  shuki, 

farzandlaringga  hech  qachon  alla  aytma,  aytsang,  butun  umr  norozi  ketaman.  Roziya 

o`g`il koribdi. Onasining aytganiga amal qilibdi. Afsuski, ko`p o`tmay o`g`lini tuproqqa 

topshiribdi.  Taqdir  unga  yana  o`g`il  ato  qilibdi.  Sho`rlik  kelinchak  ona  ilinjini 

unutolmabdi.  Afsus  bu  farzandni  ham  tuproqqa  topshiribdi.  Manglayiga  yana  o`g`il 

bitibdi.  Vodarig`,  u  ham  kundan-kunga  sarg`ayib,  umidlariga  tahlika  tushibdi.  Shunda 

Roziya  onasiga  bergan  vadasidan  voz  kechib,  ichiga  to`lib-toshib  ketgan  dardlarini 

qo`shiqqa  solib,  jigargo`shasiga  alla  kuylabdi.  O`g`li    sekin-asta  kuchga  kirib,  ko`p 

o`tmay batamom sog`ayib ketibdi. Biroq endi Roziyaning o`zi alla aytgani sayin olisda 

qolgan  Vatanini,  ota-onalari,  yaqinlarini  yonib  kuyib  sog`inadigan,  soginchlarda 




 

13 


o`rtanadigan  bo`lib  qolibdi.  Sho`rlik  volidai  mukarramasini  yanada  chuqurroq 

tushunibdi. 

O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi hech 

mubolag`asiz o`zbek xalqimiz taqdiridagi buyuk hodisadir. 1989-yil 21-oktabrda o'zbek 

tiliga  davlat  tili  maqomi  berish  to'g`risida  O'zbekiston  Oliy  Kengashining  II  sessiyasi 

qonun qabul  qildi. Bu qonun o`zbek xalqi, millati umrini uzaytiradigan, tarixiy taqdirini 

mustahkamlashda xizmat qiladigan qaror bo`ldi. O'zbek  tiliga davlat tili  maqomining 

berilishi 

1992-yil 

dekabrda 

qabul 

qilingan 



"O'zbekiston 

Respublikasining 

Konstitutsiyasi"  da    ham  o'z  aksini  topdi.  Konstitutsiyaning  4-moddasida  "O'zbekiston 

Respublikasining davlat tili-o'zbek  tilidir" deb  yozib qo'yildi. 

1991-yil  31-avgustda  O'zbekistonning  mustaqil  Davlat  sifatida  ajralib  chiqishi, 

BMTga  a'zo  bo'lib  kirishi  (1991-yil  1-iyul)    munosabati  bilan,  O'zbekiston  hududida 

hamma  millat,  xalqlar  o'rtasida  yaqinlik,  hamjihatlikni  o'rnatish  niyatida  O'zbekiston 

Oliy  Kengashi  1995-yil  21-dekabrda "Davlat tili haqida"  gi   qonunning  yangi  tahririni 

qabul qildi. 

"Davlat  tili  haqida"gi  qonunning  yangi  tahriri  ham  Prezident    I.A.Karimovning 

"Hech  kim  o'z  millatini  boshqalardan  ustun  qo'ymasligi    kerak"  degan  asosiy  qonun 

qoidaga  asoslanadi.  Yangi  tahrirdagi  qonunda  O'zbekiston  Respublikasining  

demokratik,  tinchliksevar  siyosati  aniq  o'z    ifodasini  topgan.  "Davlat  tili    haqida"  gi  

qonun 24-moddadan  iborat. 

O'zbekistonda  yashovchi  barcha  millatlar  o'z  ona  tillarida  aloqa  qilqo`lariga  

monelik  qilmasligi    (2-modda),  ularning  tillarida  maktab-maorif  va  madaniy 

muassasalar (5-modda), pochta-telegraf, notarial idoralar, televideniye va radio bemalol 

faoliyat  ko'rsatqo`lari  kafolatlangan.  Boshqa  millatlarning  tillariga  hurmat  bilan  

munosabatda bo'lish, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish (4-modda) 

ta'kidlanadi. 

Bu  qonun  O'zbekistonda  yashovchi  faqat  o'zbeklarniki  emas,  bu  yurtda 

yashayotgan, shu yurtning rivoji, istiqboli uchun  jon kuydirayotgan barchaniki. 

Dunyoning  20dan  orliq  rivojlangan  mamlakatlarida  o`zbek  tilining  o`qitilishi 

yetakchi  oily  o`quv  yurtlari  o`quv  dasturiga  kiritilganligj,  tarixiy  shoh  asarlarimiz 




 

14 


dunyoning  kopgina  tillariga  tarjima  qilinishi  va  jahon  adabiyoti  durdonalari  qatoridan 

o`rin  olganligi  o`zbek  tilining  qanchalik  olamshumul  ahamiyatga  ega  ekanligidan 

dalolat beradi. 

Til  kishilik  jamiyatining  tarixiy  taraqqiyoti  jarayonida    ijtimoiy  ong  mahsuli  sifatida 

yuzaga kelgan moddiy, ma’naviy va madaniy  boyliklarning ifodasi bo‘lgan murakkab 

tizimdir. Tilning tabiati, mohiyati, jamiyatda tutgan o‘rni, ichki mexanizmi va  qo`lash 

tamoyillarini  ilmiy  nazariy  jihatdan  idrok  etishga  intilish,  uni  ta’riflashdagi  turlicha 

nuqtai nazarlar ifodasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jumladan, 1) til ijtimoiy ahamiyati 

e’tiboriga    ko‘ra:  kishilar  o‘rtasidagi  eng  muhim  aloqa  quroli  bo‘lib,  xabar  yetkazish, 

saqlash va qabul qilish vositasidir; 2) ichki qurilish nuqtai nazaridan: til turli unsurlar va 

ularning  o‘zaro  munosabatini  ta’minlovchi  qoidalar  kombinatsiyasidir;  3)  doimiy 

barqarorligi, yashovchanligi jihatidan: til jamiyat a’zolarining umumiy faoliyati mahsuli 

bo‘lib, nutq tovushlarining doimiy muayyan ma’no doirasida birlashuvi asosida yuzaga 

chiquvchi hosiladir; 4) aloqa almashuv (kommunikatsiya) nazariyasiga ko‘ra: til ma’no 

tashuvchi  kodlar  majmuyidir.      Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  aytish  mumkinki,  til 

bevosita  kuzatishda  berilmagan  ijtimoiy  hodisadir.  U  jamiyat  a’zolarining  ongida 

yashovchi, ular uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan hamda fikrni shakllantirish va 

uni nutq jarayoni asosida ifodalashga xizmat qiladigan unsurlar va bu unsurlarni o‘zaro 

birikishi,  bog‘lanishini  belgilovchi  qonun-qoidalar  yig‘indisidan  iborat  murakkab 

sistemadir. 

     Nutq esa til tizimida mavjud birliklar va qoidalarining so‘zlash qobiliyati asosida  

yakka shaxs tomonidan muayyan kommunikativ (xabar berish, xabar olish) maqsadni 

amalga oshirish  uchun ro‘yobga chiharilishidir. Til va nutq tushunchalari yaqin-

yaqingacha farqlanmasdan kelinardi.Bu ikki so’zni 

 ma’nodosh (sinonim) so’zlar sifatida qo`laverar edik.Keyingi paytlardagi tadqiqotlar 

shuni ko’rsatadiki, til va nutq tushunchalarini farqlash zarur ekan.Til deganda ma’lum 

xalq tomonidan qo`laniladigan uzoq tarixga ega bo’lgan hodisani tushunishimiz 

kerak.Nutq esa shu tilning ma’lum paytda va ma’lum o’rinda 

 namoyon bo’lishidir.Ayrim olimlar til va nutq tushunchalarini farqlashda shaxmat 

o’yinini misol qilib keltirishadi.Shaxmat donalari taxtasi,shaxmat o’yini qoidalari 




 

15 


yig’indisi tilga qiyos qilinadi.Har bir shaxmatchining o’yin uslubi o’ziga xos 

xususiyatlarini esa nutqqa o’xshatishadi.Demak,ma’lum so’zlar vositasida bitta fikrni 

turli ko’rinqo`larda ifoda qilish mumkin.Bu esa shu nutqning yaratuvchisiga bog’liqdir. 

Bir kishining nutqi monolog,ikki kiashining nutqi dialog,ikkitadan ortiq kishining 

nutqi esa polilog deb yuritiladi.Nutqning yana og’zaki va yozma ko’rinishlari mavjud. 

 Tilning umri uni yaratgan xalq umridek uzoq muddatli, xizmat doirasi keng, doimiy 

rivojlanib boyib boruvchi, hajmi o‘lchovsizdir. Nutq esa umri qisqa, hajman chegarali 

bo‘lib, monolog, dialog, polilog holatda, og‘zaki va yozma shaklda hamda turli badiiy 

janrlarda (roman, she’r, drama) yuzaga chiquvchi hosiladir. Shunday qilib, til va nutq 

orasidagi dialektik aloqani quyidagicha umumlashtirish mumkin: 

2.  Til  bevosita  kuzatishda  berilmagan  aloqa  imkoniyati  -  nutq  esa  ushbu 

imkoniyatning voqelanishi, ro‘yobga chiqishidir. 

7.  Til barcha uchun umumiy – nutq esa har bir kishining  xususiy faoliyatidir. 

8.  Tilning  faoliyat  muddati  cheksiz,  uzoq  –  nutqning    faoliyat  muddati  esa 

cheklangan, qisqa. 

9.  Tildan foydalanish imkoniyati makon va zamon bilan bog‘liq emas – nutq jarayoni 

esa muayyan makon va zamon bilan bog‘langan bo‘ladi. 

10. Til birliklari miqdoran chegaralangan – nutq birliklari esa cheklanmagan, davomiy 

bo‘ladi. 

11. Til barqaror (statik) hodisa – nutq esa doimiy harakatlanuvchi (dinamik) hodisadir. 

Til  va  nutqqa  xos  bu  kabi  umumiy  va  xususiyliklarning  mohiyatini  ilmiy  asosda 

o‘rganuvchi  fan  tilshunoslik  fanidir.  Tilshunoslik  fani  tarkiban  fonetika,  fonologiya, 

grafika,  orfografiya,  orfoepiya,  leksikologiya,  semasiologiya,  leksikografiya, 

morfemika,  grammatika  kabi  bir  qancha  mustaqil,  ayni  paytda,  o‘zaro  uzviy  bog‘liq 

bo‘lgan bo‘limlardan tashkil topadi. 

Kishilar til vositasida o‘z fikrlarini, his-tug‘ularini ifodalaydilar. Kishilik jamityatining 

rivoji  bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan  til  va  uning  ravnaqi  ilm-fan,  madaniyat,  texnika 

taraqqiyotini  ta’minlashda  ham  asosiy  omil  bo‘ladi.  Jamiyat  taraqqiyotini  belgilovchi 

har  qanday  o‘zgarqo`lar,  avvalo  til  tizimining  lug‘at  boyligida  o‘z  izini  qoldiradi. 

Xususan,  ilm-fan,  texnika  taraqqiyoti  yoki  jamiyatda  yuz  beradigan  ijtimoiy-siyosiy 




 

16 


o‘zgarqo`lar  natijasida  vujudga  keladigan  yangi  narsa-buyumlar,  tushunchalar  tilning 

lug‘at boyligini yangilanishga olib keladi. 

     Hozir    butun  dunyoda  6  milliardga  yaqin  aholi  mavjud  bo‘lib, ular  3000  ortiq tilda 

so‘zlashadi. Shundan 200 tilda bir millionga yaqin, 70 tilda 5 milliondan ortiq, 13 tilda 

esa 50 milliondan ortiq kishi so‘zlaydi. Qolganlarining har birida bir milliondan oz kishi 

gaplashadi.Ma’lum bir millatga mansub bo‘lgan xalqning nutqiy ehtiyoji uchun xizmat 

qiladigan til milliy til deyiladi. Xususan, o‘zbek tili shu millatga mansub bo‘lgan xalq 

ehtiyojiga  xizmat  qiladigan  tildir.  Yer  yuzida    milliy  tillardan  tashhari  mamlakatlararo 

va  mintaqalararo  ahdlashuv,  shartnoma  hamda  bitimlarni  rasmiylashtirishda 

qo`laniladigan xalqaro tillar ham mavjud. Ular jumlasiga ingliz, fransuz, nemis, ispan, 

rus, arab va xitoy kabi tillar kiradi 

Umumxalq  tili,  milliy  til  va  adabiy  til  tushunchalari  tilning  ijtimoiy  taraqqiyot 

jarayonini o‘zida aks ettiruvchi  terminlar bo‘lib, ular  o‘rtasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik 

bo‘lishi  bilan    bir  qatorda,  farqli  tomonlar  ham  mavjud.  Xususan,  umumxalq  tili    va 

milliy  til,   hozirgi davr  nuqtai  nazaridan  haralganda, bir xil  (sinonim)  tushunchalardir. 

Shu  bois  tilshunoslikda  ularning  biri  o‘rnida  ikkinchisini    qo‘llash  hollari  ham  ko‘p 

uchraydi.  Biroq  umumxalq  tili  til  taraqqiyotining  barcha  bosqichini,    ya’ni  eng 

qadimdan hozirgacha bo‘lgan davrini  o‘zida mujassamlashtiradi. Milliy til  tushunchasi 

esa ana shu ko‘p asrlik  tarixning millat shakllangandan keyingi  davrinigina ifodalaydi. 

Demak,      umumxalq  tili  tushunchasi  til  tarixining  barcha  bosqichlariga  xos  tushuncha  

bo‘lsa, milliy til tushunchasi muayyan millatning shakllangandan keyingi davrga xosligi 

bilan undan farqlanadi.  

       Umumxalq tili  va milliy til doirasiga sheva va lahja (dialekt)lar, oddiy so‘zlashuv 

tili,  xalq  tili,  sotsial  jargonlar,  argolar  hamda  adabiy  til  kiradi.  Umumxalq  va  milliy  

tillarning  muhim  tarkibiy    qismi  bo‘lgan  mazkur  til  shakllari  ham    o‘zaro  farqlanadi. 

Xususan, adabiy til  umumxalq tilining  yoki milliy tilning oliy  kommunikativ (aloqa) 

shakli  bo‘lsa,  sheva,  lahja,  oddiy  so‘zlashuv  va  boshqa  til  ko‘rinqo`lari    uning  quyi 

shakli  hisoblanadi.  Ayni  paytda    ular  adabiy  tilning  doimiy  rivojini    ta’minlovchi 

muhim    ichki  omil  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Ammo  sotsial  jargonlar  va  argolar    bundan 



 

17 


mustasno  bo‘lib,  ular  umumxalq  tilining  yoki    milliy  tilning    inqirozga  uchragan 

shakllaridir. 

      Adabiy  til  muayyan  grammatik  qonun  va  qoida  me’yoriga  kiritilgan  til  shaklidir. 

Adabiy  tilning  ikki  xil  ko‘rinishi,  ya’ni  og‘zaki  va    yozma  shakli  mavjud.  Og‘zaki  

shakl  yozma  shaklga  nisbatan    qadimiyroq  bo‘lib,  u  umumxalq  tilining:  1)  qayta 

qo`lanish;  2)  uslubiy    tarmoqlanishi;  3)  an’anaviy,    ommaviy  va  odatiy  qiyofa  kasb 

etishi;  4)  nutqiy  va  estetik  ehtiyojlarga  xizmat  qilishi;  5)  xalqchilligi;  6)  nisbiy 

konservativligi;  7)  ustdialektlilik  kabi  dastlabki  me’yoriy  asoslarga  ega  bo‘lishida  

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunda  qabila,  urug‘  va  ular    ittifoqining    hududiy 

chegaralangan  shevalariga  xos  dialektal    unsurlarning  og‘zaki  ijod  janrlari  (dostonlar, 

ertak,  qo‘shiq,  topishmoq,  maqollar)  vositasida  qayta  qo`lanish    muhim  omil  bo‘ladi. 

Natijada  umumxalq  tili  doirasida  mahalliy  dialektlardan  ustuvor  bo‘lgan  til  shakli,  

ya’ni og‘zaki poetik ustdialekt vujudga keladi.  U umumxalq  tili tizimidagi dastlabki  

adabiy shakl sifatida  yozuv joriy etilgunga qadar  amalda bo‘lib, keyinchalik  yozma 

tilning  taraqqiyotiga    asos  sifatida  xizmat  qiladi.  Yozuvning  kashf  etilishi  va  yozma 

tilning  taraqqiyoti  natijasida  adabiy  tilning  amal  qilish  doirasi  yana  ham  kengayadi, 

uning  me’yoriy    asosi  qat’iy  qoidalar  vositasida  takomillashib  boradi.  Og‘zaki    va 

yozma  til  shakllari    o‘rtasidagi    tafovutlarning    kamayishiga  qulay  imkoniyatlar 

tug‘iladi. Bu jarayonni hozirgi o‘zbek adabiy tili va boshqa milliy tillar misolida ko‘rish 

mumkin.  Zamonaviy  adabiy  tilning  tez  sur’atlar  bilan  rivojlanib  borishi  natijasida 

umumxalq  tilida  mavjud  bo‘lgan  dialektal  (lahjaviy)  farqlar  ham  kamayib, 

dialektlarning amal qilish doirasi esa torayib boradi. 

      Dunyodagi tillarning ko‘pchiligi tarixan bir umumiy ildizga ega bo‘lib, ular fonetik, 

leksik  va  grammatik  xususiyatlarining  yaqinligi,  o‘xshashligiga  ko‘ra  muayyan 

guruhlarga  ajratiladi.  Tarixan  bir  umumiy  ildizga  ega  bo‘lgan  tillar    harindosh  tillar 

hisoblanib,  ular  til  oilasini  tashkil  etadi.  Tillarning  bunday  guruhlanishi  genetik 

(qarindosh)  tasnif  hisoblanadi.  Jumladan,  geneologik  tasnifga  ko‘ra  yer  yuzida  (hind-

yevropa  tillari,  Semit  tillari,  xamit  tillari,  fin-ugor  tillari,  oltoy  tillari  va  boshqalar) 

yigirmaga yaqin til oilasi mavjud bo‘lib, ularning har biri, o‘z navbatida, bir necha til 

turkumlariga bo‘linadi. Masalan, dunyodagi eng yirik til oilalaridan biri bo‘lgan hind-




 

18 


yevropa oilasi 12ta til turkumini o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, bu turkumlarning har 

biri  bir  nechta  milliy  tillardan  tashkil  topadi.  Masalan,  german  turkumiga  dat,  shved, 

norveg,  island,  ingliz,  golland,  nemis,  yangi  yahudiy  kabi  milliy  tillar  kirsa,  roman 

turkumiga  esa  fransuz,  italyan,  ispan,  portugal,  rumin,  moldavan  kabi  milliy  tillar 

mansubdir.  Bunday  turkumlarini  tashkil  etadigan  tillarning  ba’zilari    o‘lik  til  bo‘lishi 

ham mumkin. Masalan,  lotin tili roman turkumiga mansub bo‘lgan o‘lik tildir. 

     Shunday  qilib,  muayyan  turkumga  mansub  bo‘lgan  tillar  geneologik  (harindoshlik) 

jihatdan  bitta  asos  tildan  tarqalgan.  Ma’lum  bir  milliy  tillarning  shakllanishida  asos 

bo‘lib,  o‘zi  nutqiy  aloqa  vositasi  sifatida  qo`latilmaydigan  til  bobo  til  yoki  asos  til 

deyiladi.  Masalan,  qadimgi  roman  va  german  tillar  turkumi  hozirgi  ingliz,  fransuz  va 

nemis  kabi  milliy  tillar  uchun  bobo  til  hisoblansa,  hozirgi  barcha  turkiy  milliy  tillar 

uchun qadimgi turkiy til bobo tildir.  




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling