Mundarijaxulosa


Temur tuzuklarida vatanparvarlik


Download 58.14 Kb.
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi58.14 Kb.
#1519063
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
666 temuriylar davlati

2.2. Temur tuzuklarida vatanparvarlik
Amir Temur ma'naviyat masalalari tomomdan XIV-XV asrlarda yozilgan bo'1ib, dastlab turk tilida chop etilgan. 1783-yilda ing1iz tilida nashr qilingan. Birinchi marta o'zbek tiliga 1967-yilda forschadan tarjima qi1ingan.
«Temur tuzuk1ari»da Amir Temur, Movarounnahrning 1342-1405-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mam1akatlar va xalqlar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va ax1oqiy tamoyillari Jfodalangan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir.
Asar 2 qismdan iborat.
Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mam1akatlarni, masalan, Eron hamda Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (1376-1395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya su1toni Boyazid Yildirim (1389-1402) ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kim1argtayanish, bosh1iqlarni saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va bosh1iqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi.
Amir Temur davlatni boshqarishda o'zidan avval o'tgan hukmdorlardan farq qilib, davlat va mamlakatni boshqarishda 1 yoki 2 tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyandi. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, davlat asosini 12 ijtimoiy toifa tashkil qiladi:

  1. sayyidlar (payg'ambar avlodlari), ulamo, mashoyix, fozil kishilar; 2) ishbilarmon, donishmand kishilar; 3) xudojo'y, darvesh, qalandarlar; 4) no'yonlar- amirlar, ya'ni harbiy kishilar, mingboshilar; 5) sipoh va raiyat; 6) maxsus ishonchli kishilar; 7) vazirlar va sarkotiblar; 8) hakimlar va tabiblar, muna]imlar va muhandislar; 9) tafsir va hadis olimlari; 10) ahli hunar va san'atchilar, hunarmand, kosiblar; 11) so'fiylar; 12) tojir (savdogar) va sayyohlar xorij bilan savdo-sotiq. Uning taqdirini 3 narsa: podshoh, xazina va askar hal qiladi. Qo'shin, asosan, o'n, yuz, ming va tumanga bo'lingan, o'n kishilik harbiy bo'linma tepasida turgan bosWiq- o'nboshi, shuningdek... yuzboshi, mingboshi, tuman boshlig'i, no'yon deb atalgan. Asarda ularning haqhuquqlari, oylik maoshi ham aniq ko'rsatilgan. Masalan, oddiy sipoh mingan otining bahosi baravarida, bahodirlar 2-14 ot baravarida va h.k. maosh olishgan.
    «Temur tuzuklari»da qilich chopishda o'zini ko'rsatgan bahodirlar 1-marta o'nboshi, 2-marta o'zini ko'rsatsa - yuzboshi, 3-marta esa mingboshi etib tayinlansinlar, deyilgan. Jang va xizmatda o'zini ko'rsatgan amirlar rag'batlantirilgan. Qaysi bir amir qo'shin bilan mamlakatni olsa, 3 narsa- imtiyoz bilan siylangan. Unga: 1) tug', nog'ora va bahodirlik martabasi;- 2) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi; 3) biron sarhadning noibligi berilgan. Temur tuzgan qo'shin o'zining strategik va taktik mahorati bilan o'sha davrning eng mukammal va kuchli armiyalaridan hisoblangan.

«Temur tuzuklari»da o'sha qo'shinning tuzilishi, qurollanishi, harbiy san' ati haqida muhim ma'lumotlar keltirilgan. Qo'shinning harbiy tayyorgarlik darajasi Temuriy shahzodalardan Husayn Boyqaro va Bobur davrida yanada takomillashdi. Boburning buyuk yurishlari bobokalonining taktikasini yaxshi o'zlashtirib, uni davrga moslab rivojlantirganiga yaxshi misoldir .
Amir Temur davlatida asasiy qanun vazifalarini bajargan musulmon huquqi islam ta'limatiga asaslangan. Imam Buxariy, Termiziy, Bahauddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Burhaniddin Marg'inaniylarning asarlarida Qur'an ta'rifi bilan birga musulmon huquqi sharhi berilgan. Shariat - keng va mukamma ishlangan huquq qomusi, unda turmushning turli-tuman sahalari: diniy- oilaviy, xalqaro, fuqarolik, jinoiy, axloqiy normalar ifodalangan. Shariatda huquq ilmi yaxshi ishlangan bo'lib, u asasan: I) diniy qoidalarni, mohiyatni o'rganuvchi va 2) tarkibiy huquq ilmining turli sohalariga tegishli bo'lgan qoidalarni o'rganuvchi ikki qismdan iborat. Unda davlat va huquqning paydo bo'lishi va mohiyati i1ohiy kuchga bog'langan holda o'rgani1adi. Davlat va qonunlarni yaratuvchi Alloh bo'lsa, uning yerdagi vakili davlat boshlig'i - shohdir. Bu qoidaga, asosan, avval ilohiy qonunlarning mavjudligi va undan kelib chiqadigan, inson tomonidan qabu qi1ingan qonunlar to'g'risidagi g'oyalar o'rganiladi.
Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim.
Ular bilan qimmatli fikrlashdim»,- deb yozadi.
Garchi Turon zaminida olim1ar, muhandis1ar, usta1ar yetar1i bo'lsa-da, Amir Temur Hindiston, Iroq va Erondan ham olim-u fuzalolarni Samarqandga olib ke1gan. Amir Temur qaysi mam1akatni ega11asa, uning noyob o'ljasi shu o'lkaning rassom1ari, mohir usta1ari hisob1angan. U o'sha yer1ik olimu u1amolarga mehribonlik ko'rsatgan. Albatta, bu tadbir1ar juda yaxshi natija1arga olib ke1gan. Xilda Xukxemning e'tirof etishicha, «Temur dunyoga ke1gan yurtda fa1safa, tibbiyot, matematika, astronomiya, geografiya, tarix, adabiyot soha1arida 01amshumu1 asar1ar yarati1di. Bu asar1ar keyincha1ik Yevropa Uyg'onish davriga turtki bo'ldi va Yevropa ,fanining uzoq asr1ar davomidagi taraqqiyotiga asos bo'1ib xizmat qildi. O'n beshinchi asrni Temuriy1ar Renessansi davri deb atash mumkin». Temur davridagi ilm-fanga g'amxo'r1ik U1ug'bek davriga ke1ib o'z mevasini berdi va Samarqandni dunyoga mashhur qildi. O'n yettinchi asrga ke1ib Angliya qirolligining birinchi astronomi U1ug'bekning «Zijijadidi Ko'ragoniy» asaridan foyda1angan.
Temuriy1ar davri ma'naviyatining buyuk namoyandasi, shubhasiz, Alisher Navoiydir. Navoiy maktabi noyob hodisa bo'1ib, hozirgacha dunyoni 101 q01dirib ke1moqda. Albatta, buyuk inson1ar komillik cho'qqisiga oson1ikcha erishgan1ari yo'q. U1ar tur1i qiyin bosqich1ardan o'tgan1ar. O'tmishda ma'naviy kamolotga inti1gan shogirdlar (muridlar) o'zlarini tamomila ustoz (murshid) ixtiyoriga topshirganlar. Shogird faqatgina ixlos va sadoqat ila komil ustoz tarbiyasida yetuklikka erishishi, ilm cho'qqilarini zabt etishi, qabih1ik va razolatga yetaklovchi shayton vasvasalaridan saqlanishi mumkinligi haqida «Turkiston mulkining shayxul mashoyixi» (Alisher Navoiy) bo'lgan Ahmad Yassaviy quyidagi hikmatni bejiz ijod qilmagan. Piri mug'on xizmatida yugurib yurdim,
Xizmat qilib, ko 'zim yummay hozir turdim.
Madad qildi, Azozilni kovlab surdim,
Andin so'ngra qanot qoqib uchdim mano.
Talaba1ikning dastlabki davrida ustoz talabada mavjud g'ururni sindirishga harakat qi1gan. Shogirddagi mag'rur1ik illatini bartaraf etmoq maqsadida ustoz eng past, kishilar xazar qiladigan ishlarni bajarishni ham shogirdlariga buyurgan. Jumladan, ulug' mutafakkir Jaloliddin Rumiy ustoz1ari ila masjid va madrasa hojatxonalarini poklashgan. Abu Rayhon Beruniy kutubxonadagi kitoblardan foydalanmoq uchun masjid hovlisini har kuni supurib-sidirgan. So'fi Olloyor tavbasining ijobati uchun kishilarning tahoratiga xizmat qilgan. Bu xil a11omalar ustoz1ar tomonidan buyurilgan ishni bajarmas1iklari mumkin emas edi. Aynan shu xil riyozatlar cheki1gani tufayli g'ururi singan, xudbinlik urug'i qurigan va oqibatda nafsiy illatlardan forig' bo'lib, komillikka inti1uvchi inson qolgan.
Yuzaki qaraganda, murshid shogirdiga jabr qilgandek tuyuladi. Lekin bu «jabr» muridni tarbiyalash va chiniqtirish uchun juda zarur ekan. Shu sabab «Ota mehridan -ustoz jabri afzal» , degan purma'no maqol yarati1gan. Bunga monand Amir Temur: «Piri
komil shayx Bahouddin N aqshbandiyning: «Kam yegin, kam ux1a, kam gapir» , degan pand- u nasihatlariga amal qildim. Arkoni davlatga, barcha mu1ozim1arga ham aytar so'zim shu bo'ldi: «kam yenglar -ocharchi1ik ko'rmaysiz1ar, boy-badavlat yashaysiz1ar , kam uxlanglar -mukammallikka erishasiz1ar, kam gapiringlar dono bo'lasizlar.
Amir Temur XIV asrda buyuk Temuriylar davlatiga asos soldi. 1,5 mln. kv. km. hududda- O'rta Osiyo, Qozog'iston, Shimoliy Kaspiy, Shimolda Ural, G'arbda Sibir, Kustanay soyliklari, Sharqda Markaziy Qozog'iston va Tyanshan janubiy etaklari, Pomir tog'liklari, Kopetdog' oldi hududlarida o'z imperiyasini tuzdi.
27 ta podshohlikni egalladi. Amir Temur Xitoy chegaralaridan boshlab to Sharqiy Rum va Misr yerlarigacha bo'lgan hududlarni islom bayrog'i ostida yagona davlatga birlashtirdi. Sohibqiron tomonidan barpo eti1gan markazlashgan mustahkam davlat qariyb 1,5 asr o'z kuchini ko'rsatdi. Bu esa uning adolat va shariat asosida quri1gani, ustozlari, pirlari Tayobodiy, Sayyid Mir Kulol, Sayyid Barakalar o'gitlariga amal qilgani bilan izohlanadi.
Temuriylar mamlakatni 3 asrga yaqin boshqardilar. Amir Temurning tarixiy xizmati shundaki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug'rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Umuman, Amir Temurning jahon madaniyati siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni va tarixiy ahamiyati quyidagilardan iborat: Birinchidan, Amir Temur XIV asrdayoq mamlakatlararo va mintaqalararo munosabatlarni chuqurlashtirish asosida insoniyat taraqqiyotini jadallashtirish zaruriyat ekanligini ko'rsatib berdi.
Ikkinchidan, u mamlakatning kuchayib ketgan feodal tarqoqligiga barham berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtirdi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi.
Uchinchidan, Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvini tashkil etishda o'ziga xos maktab yaratdi. Hammaning qonun oldida tengligi va qonun ustuvorligini ta'min
etishi uning buyuk xizmatidir .
To'rtinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilik zulmidan ozod bo'lishda yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor qilib (1402), Bolqon yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarni turklarning istibdodidan qutqardi.
Beshinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi. O'z umrining ko'p qismini Amir Temur hayotini o'rganishga bag'ishlagan pokistonlik tadqiqotchi Ahmad Doniy: «Hozirgi zamon tarixi Amir Temurning buyuk shaxsiga yetarli e'tibor bermadi. U Osiyoda turk islom yuksalishiga asos soldi. Tarix uning ilmi amali bilan tenglashadigan boshqa bir muqobil hodisani bilmaydi»,- deb yozadi.
Davrga ta'sir etgan omillar yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan ulkan xazinadir. Mamlakatimizning dunyoga mashhur bo'lishida, insonlar tarbiyasida bu davr o'z rolini bajarmoqda va mustaqilligimizni mustahkamlashda, xalqimizning milliy g'ururini shakllantirishda xizmat qilmoqda.
Har bir davrning moddiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etuvchi o'z omillari bo'ladi. Temuriylar davri ma'naviyatining yuksalishiga ta'sir etgan omillar- IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda ro'y bergan o'zgarishlar, buyuk Uyg'onish davri (Sharq Renessansi) kashfiyotlari, i1m-fan sohasidagi katta o'zgarishlar, buyuk allomalar Ibn Sino, Forobiy, Farg'oniy, Beruniy, Buxoriy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning asarlari, keyingi asrlardagi voqealardir .
Chig'atoy ulusi 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo'linib ketdi. Masalan, Kesh viloyatida Hoji Barlos o'zini hokim deb e'lon qildi. Xo'jand va unga qarashli yerlarda amir Boyazid Jaloir mustaqillik e'lon qildi. Bir-birlari bilan talonchilik urushlari boshlanib ketdi.
Mo'g'uliston xoni Tug'luq Temurxon (1348-1363) bu paroshan kandalikdan foydalanib, 1360-yil fevralida sanoqsiz lashkar bilan Movarounnahrga bostirib kirdi. Sayram mo'g'ulga qarshilik ko'rsatmay taslim bo'ldi. Sirdaryoning o'ng va so'l tomonlari ham shu zaylda egallandi.
O'zini hokim, xon deb atagan boshliqlar ham qochib keta boshladi yoki mo'g'ul qo'shinlariga qo'shildi. Lekin xalqqa qiyin bo'ldi. Mo'g'ullar 1369-yilgacha Movarounnahrda xo'jayinlik qilishdi.


Xulosa
Yakuniy xulosam o`rnida shuni aytishimki mumkinki Amir Temurni quyidagi„Buyuk shaxsning milliy ma`naviyatimizdagi tutgan o`rni.” haqida quyidagicha fikr bildirishimiz mumkin ,ya`ni Amir Temur — buyuk shaxs: kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me`mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. U Buyuk insonning murakkab va tashvishlar bilan to`lib-toshgan hayoti va faoliyatini kichik bir maqolada, hatto juda qisqa va umumiy tarzda bo`lsa-da, bayon qilib bo`lmaydi. Amir Temurning tarixi ko`p jilddik kitoblar yozishga arziydi. Lekin ming afsuski, bizlar — buyuk amirning vatandoshlari, bu ishni hozirgacha eplolmadik. To`g`risi, buni qilish imkoniga ega bo`lmadik, chunki ko`hna tariximiz, ulug` ota-bobolarimiz haqida bizlarni churq ettirmay qo`ygan kommunistik g`oya bunga yo`l bermadi. Amir Temurning o`zi esa tahqirlandi, tuhmatu malomatlarga qoldi. Vaholanki, Angliya, Frantsiya, Germaniya, Amerika Qo`shma Shtatlaridagi hamkasblarimiz uning hayoti va faoliyatiga bag`ishlab juda ko`p ko`lamdor kitoblar yozib, o`z tillarida chop etdilar. Angliyalik sharqshunos olima Hilda Hukhem, germaniyalik Gans Robert Ryomer, frantsuz Jan Pol Roks, amerikalik Jon Vuds va Beatrisa Mans shular jumlasidan. Xorijlik dramaturg va artistlar o`z teatrlarining sahnalarida Amir Temurning yorqin obrazini yaratdilar. Frantsiyalik haykaltaroshlar uning haykalini oltindan quyib, muzeylarda namoyish qildilar. Biz-chi?..
Tangri taologa shukrlar bo`lsinki, shu kunlarga kelib ko`p ming yillik boy tariximizni surishtirish va o`rganish imkoniyatiga endi ega bo`lyapmiz. Biz keksa tarixchilar bu ishni umr yetganicha qilarmiz. Biz ulgurmasak, buni shogirdlarimiz davom ettirishar. Har holda shuni unutmaslik kerakki, bizlar nafaqat Amir Temur to`g`risida, balki ota-bobolarimiz tarixi borasida ham xalqimiz oldida qarzdormiz.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari Chig`atoy ulusi og`ir ijtimoiy-siyosiy bo`hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib o`zaro feodal urushlarning avj olib ketishiga sabab bo`ldi. Hokimiyat uchun kurash ayniqsa xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazag`an o`rtasida kuchli bo`ldi. O`zaro nifoq va kelishmovchilik urushga aylandi. Mamlakat mo`g`ullar istilosi ostida qolgan o`sha og`ir sharoit ikki iste`dodli amirni Amir Temur bilan amir Husaynni bir qadar yaqinlashtirdi. Lekin amir Husayn mamlakatda feodal tarqoqlikka barham berish, raiyatni chet el bosqinchilaridan himoya qilish xususida Amir Temur bilan yakdil bo`la olmadi. Oqibatda yurt ozodligi uchun kurash bevosita Amir Temur zimmasiga tushdi.
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta.
Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o`z tug`i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va oʻz madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va temuriylar davlati», «temuriylar madaniyati», «Ulug`bek va Samarqand astronomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug` so`zlarni nafaqat o`zbeklarning, balki butun dunyo xalqlarining tarixi sahifalarida uchratar ekanmiz, ularning zaminida
Amir Temurning ulkan xizmatlari yotishini nazarda tutishimiz lozim.
Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg`or mamlakatga aylantirdi. Amir Temurning sa`y-harakati bilan obod etilgan shaharlar, qasabalar, qishloqlarni, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Yassi (Turkiston) singari shaharlarda qad ko`targan oliy imoratlarni aytmaysizmi?! Ularning ba`zilari hozir ham shaharlarimizga ko`rk bo`lib turibdi. Ta`bir joiz bo`lsa, shu yerda yana bir gapni aytmoqchiman. Amir Temur o`z yurti Turkistonnigina emas, balki qo`shib olingan yurtlarni ham obod qildi..
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan mutolaa qilsangiz, uning ko`p yaxshi sifatlari va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli pand-nasihatlari va o`gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo`ladi. Bular el-yurt va fuqaroning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo`shnichilik aqoidlariga rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi hayotiy o`gitlaridir.


Download 58.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling