Munosabatga kirishish jarayoni ekani
Muloqot mavzui va yo`nalishiga
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1492321346 66127
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulokotning kommunikativ tomoni Mulokotning kommunikativ tomoni
- Muloqotning interaktiv tomoni
- Refleksiya
Muloqot mavzui va yo`nalishiga
ko`ra: Ijtimoiy yo`naltirilgan ( keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan). Guruhdagi predmetga yo`naltirilgan (mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot). Muloqot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi quyidagicha Muloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o`rtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni. Mulo`qotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq- atvoriga ta’siri. Muloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir- birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`liq bo`lgan murakkab psixologik jarayon. Muloqotning har bir tarkibiy qismi bilan alohida tanishib chikamiz. Mulokotning kommunikativ tomoni Mulokotning kommunikativ tomoni ― shaxslararo axborotlar, bilimlar g`oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ― bu til. Yozma-ogzaki, monologik-dialogik nutq. Diologik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qizikishlariga, bir- birlariga bulgan munosabatlariga,maqsadlariga bevosita bogliq bo`ladi. O`qituvchi- o`quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi. Muloqotning interaktiv tomoni – kishilarning birgalikdagi f aoliyatda bir – birlariga amaliy jihatdan ta’sir etishlari. Hamkorlikda ishlash, bir – birlariga yordam berish, bir – birlaridan o`rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarni namoyon qilish mumkin. Refleksiya – muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasida turib, o`zini tasavvur qilishdir, o`ziga birovning ko`zi bilan qarashga intilishdir. Masalan: guruhdoshingizdan biriga ko`ylagi yarashmaganini aytish mumkin, 2-chisiga aytsam kuyyapti deb o`ylaydi deysiz. Dolzarb muammolardan biri- yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik munosabatlarga ruhiy jihatdan tayyorlashdir. Ma’naviyat sohasidagi islohotlar yoshlarda o’z xalqining madaniyati, Vatanning o’tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga to’g’ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo’ladi va bu- ziyoli, bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling