Munosabatlardagi harakatlari reja: Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar. Erkin ishlatiladigan valyutalar
Suzib yuruvchi kurs (1971 yil va keyingi davr.)
Download 46.89 Kb.
|
17-мавзу маьруза (8)
Suzib yuruvchi kurs (1971 yil va keyingi davr.)
1970 yillarning boshida AQSh iqtisodiy otida inflyatsiya darajasining yuqoriligi Bretton - Vuds tizimi faoliyatini davom ettirishiga ham jiddiy xavf sola boshladi. Inflyatsiyani oldini olish maqsadida 1971 yilning 15 avgustida AQSh Prezidenti Nikson barcha ish haqi va narxlarni muzlatdi, shuningdek, Bretton - Vuds tizimi qoidalariga mos kelmaydigan qarorlar qabul qildi. Xususan, AQSh Yevropa mamlakatlari Markaziy banklari hisobvaraqlarida yig'ilgan dollarni oltin bilan so'ndirish xususidagi talabini qondirishdan bosh tortdi. AQSh Prezidenti oltin standartidan butunlay voz kechganligi to'g'risida axborot berdi. Jahon pul tizimi 30 yillarning tartibsizligiga qaytdi.1930 yillarda AQShda dollarni oltinga bog'liqligini saqlanishi, jahon pul tizimidagi tartibsizliklami chuqurlashib ketishini oldini olgan edi. Endilikda, dollar oltin bilan ta'minlanmagan oddiy qog'oz pulga aylangan edi. Bu o'z navbatida iqtisodiy salbiy oqibatlarni: valyuta to'siqlari, devalvatsiyaning ortishi xalqaro savdo va investitsiya faoliyatini to'xtashi kabi moliyaviy, iqtisodiy "urush"ni yuzaga kelishiga, jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi bo'lishiga jiddiy xavf tug'dirdi. Barcha davlatlar xavf solib turgan moliyaviy - iqtisodiy inqirozni oldini olish uchun turli chora - tadbirlar loyihalarini ishlab chiqdi. 1971 yil 18 dekabrda jahon pul tizimini saqlab qolish maqsdida AQSh tomonidan ilgari surilgan taklif Yamayka konferentsiyasida muhokama qilindi va tasdiqlandi. Ushbu kelishuvga asosan jahon valyuta tizimi oltin bilan ta'minlanmagan bo'lib, Smitson kelishuvi nomini oldi. Shu davrdan boshlab, oltin milliy valyutalarning ta'minlanganlik vazifasini bajarishni to'xtatdi.AQSh Prezidenti Nikson tomonidan jahon valyuta tizimiga kiritilgan yangilik, amaldagi Bretton - Vuds tizimi yoki 20 yillarning oltindeviz standartidan ham ishonchsiz edi. Chunki, kelishuvga asosan mamlakatlar qat'iy belgilangan valyuta kurslarini saqlashi bilan birga, yangi tizimga ko'ra valyutalar oltin yoki boshqa jahon puUari bilan ta'minlanmaganligi bekor qilindi. Yevropa valyuta kurslari sun'iy ravishda baholandi. AQSh dollarining kursini doimiy 35 doll darajada bo'lishini ta'minlashi to'g'risidagi kelishuvga asosan dollarning devalvatsiyasi 38 dollar qilib belgilandi.Yangi valyuta tizimida valyutalarning yagona ayriboshlash qoidalarining mavjud emasligi, ularni qat'iy ayriboshlash kursini amal qilishida kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shuningdek, Smitson kelishuvida AQShdagi inflyatsiyani, dollar kursi va tashqi savdo kamomadini tartibga soluvchi qoidalarning yo'qligi, iqtisodiy vaziyatni yanada chuqurlashtirdi.Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotida "yevrodollar" massasini muntazam o'sishi, oltinga ayriboshlash shaklining barham topishi natijasida erkin bozordagai oltinning bahosi 215 dollargacha ko'tarildi. Mamlakatlar valyuta ayriboshlash kurslari o'rtasidagi nomutanosib-liklarni kelib chiqishi, dollarga yuqori baho berilganligi va Yevropa, Yaponiya davlatlari valyutalari sun'iy baholanganligidan dalolat bergan edi. Buning natijasida 1973 yilning fevral - mart oylarida jahon moliya bozori ishtirokchilari sarosimaga tushdi. Chunki, dollarga ishonchsizlikni yuqoriligi natijasida, mamlakatlar dollar xarid qilishdan bosh tortdi. Shunday qilib, Smitson kelishuvi imzolanishidan bir yil o'tib, bu tizimni faoliyat yuritishi barham topdi. Smitson kelishuvida belgilangan qoidalarni o'zini to'liq oqlama-ganligi dollarga bo'lgan ishonchsizlikni yanada kuchaytirdi. Moliya bozoridagi tartibsizliklar dollar dealvatsiya qilinishini talab etdi. Qog'oz pullarning suzib yuruvchi kursida, valyuta kurslari talab va taklifdan kelib chiqib erkin aniqlandi. Bu esa, Yevropa valyuta birjalarida dollarni qadrsizlanishiga, nemis markasi, Shveysariya franki va Yaponiya iyenasi kabi qattiq valyutalarni qadri ko'tarilishiga olib keldi. Shu qatorda yevrodollar muammosining barham topishi bilan AQSh to'lov balansi kamomadi ham me'yorlashdi. Chunki, dollar kursi tushishi, AQShning jahon bozoridagi tovarlari bahosiga ijobiy ta'sir qildi va Amerika eksportini o'sishini ta'minladi. O'z navbatida valyuta bozorini tartibga solish uchun vaqti - vaqti bilan davlat tomonidan valyuta interventsiyasi o'tkazilishi, valyuta bozorini erkin faoliyat yuritishiga ta'sir ko'rsatdi. Keyinchalik ushbu tizimni amal qilishida ham qator kamchiliklar mavjudiligi ayon bo'ldi. Chunki, qattiq valyutaga ega bo'lgan mamlakatlar milliy valyutasining qadrini o'sishi iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko'rsata boshladi. Ya'ni milliy valyutaning uzoq vaqt o'sish tendentsiyasiga ega bo'lishi, milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini narxini o'sishiga, iste'mol tovarlari bozorini Amerika tovarlari bilan to'lishiga olib keldi. Iqtisodiyotda shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida boshqa davlatlar 1930 yillarda bo'lgani kabi, turli valyutaviy nazoratlar, valyuta devalvatsiyasi va boshqa iqtisodiy me'yorlar joriy qilindi. Shuni ta'kidlash joizki, dollarning qadrsizlanishi, Amerikada import tovarlarining bahosini o'sishiga ta'sir ko'rsatdi. Boshqa davlatlarda arzon amerika tovarlariga bo'lgan talab yanada ortadi. AQSh bozorlarida esa eksport tovarlarini hajmini kamayishi, ichki bozorda bunday tovarlarning (go'sht va bug'doy) bahosini o'sishiga olib keldi. Aytish joizki, dollarning qadrsizlanishi eksporterlarga ijobiy ta'sir ko'rsatayotgan bo'lsa, bu - inflyatsiya solig'ini to'layotgan iste'molchilar to'lov qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatgan. AQShning 1971 yil avgustidan keyingi davrda oltin standartidan voz kechishi va 1973 yil mart oyidan suzib yuruvchi valyuta kurslarini joriy qilinishi, jahon valyuta tizimida uzoq vaqt inflyatsiyani saqlanishiga sabab bo'ldi. Qog'oz pul nazariyasi tarafdorlari bo'lgan keynschilar va Milton Fridman kabi iqtisodchilar, sanoatni rivojlanishi natijasida dollarni oltinga nisbatan kursi 8-10 dollargacha tushishini taxmin qilishgan edi. Amaliyotda esa Bretton - Vuds tizimi joriy etilganda belgilangan oltin unsiyasi uchun 35 dollar, ushbu davr ichida umuman pasaymadi. Aksincha, 1971 yillarga kelib oltinning bozor bahosi bir necha marta oshib ketdi. Fransiyaning davlat maslahatchisi Jak Ryueff tomonidan 50-60 yillarda, oltin unsiyasi uchun 70 dollar miqdoridagi narx taklif qilinishi, AQShning qarshiligiga sabab bo'lgan edi. Lekin 1970 yil boshiga kelib, oltinning erkin bozordagi bahosi 70 dollardan bir necha marta oshdi.1973 yilda butun davlatlar iqtisodiyotida hukm surayotgan inflyatsiyani ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari tobora chuqurlashib bordi. Erkin bozorda narxlarni shakllanishida noaniqliklar va beqarorlik yuzaga keldi. Bu jahon valyuta tizimini qat'iy valyuta kurslariga va paritetiga asoslangan Bretton - Vuds tizimi qoidalaridan chiqish bilan izohlanadi. Ya'ni amaliyotga valyutalarning suzib yuruvchi kurslarini kiritilganligi, oltinning rasmiy qiymatini yo'qolganligi va AQShning boshqa davlatlar Markaziy banklari hisobvarag'larida yig'ilgan "yevrodollar"larni oltinga ayriboshlashdan bosh tortishi, Bretton -Vuds tizimi tamoyillariga mutlaqo zid bo'lgan95. Mamlakatlar o'rtasidagi savdo - iqtisodiy munosabatlarni va investitsiya oqimini qayta tiklash maqsadida 1976 yil Kingston (Yamayka) shahrida bo'lib o'tgan konferentsiyada Xalqaro valyuta fondi tomonidan yangi valyuta tizimi taklif qilindi. 1978 yilning apreli oyida ratifikatsiya qilingan Yamayka kelishuvi, valyutalarni qat'iy belgilangan kurslarini bekor qildi. Shu bilan birga, oltin likvid aktiv sifatida Markaziy banklarda tayanch valyuta bo'lib qoldi. Xalqaro valyuta jamg'armasi Yamayka kelishuvi doirasida davlatlarga valyuta kurslarini aniqlash qoidalarini tanlash xuquqini berdi. Yamayka kelishuviga asosan oltin demonetizatsiyasi ko'zda tutilgan. Ya'ni: - ikki davlat valyutalari nisbatida - oltin va oltin paritetining rasmiy qiymati bekor qilindi; - davlat organlari va Markaziy banklar dollarni oltinga ayribosh-lash to'xtatildi; oltinni bozor bahosida sotish va sotib olishga ruxsat berildi; mamlakatlarga valyuta kurslarini aniqlash rejimlarini tanlash xuquqi berildi; - valyuta kurslarini qat'iy belgilangan kursi o'raiga suzib yuruvchi valyuta kurslari joriy etildi; - xalqaro valyuta jamg'armasiga, a'zo mamlakatlar valyuta siyosati ustidan nazorat qilish vakolati berildi. Suzib yuruvchi valyuta kurslarining doimiy o'zgaruvchanligi, ularning barqaror faoliyat yuritishiga ta'sir ko'rsatishini oldini olish uchun a'zo mamlakatlar, valyuta tizimida qabul qilingan qoidalar to'g'risida o'z vaqtida Xalqaro valyuta jamg'armasini ogohlantirish majburiyatini oldi. Xalqaro valyuta jamg'armasi, a'zo davlatlardan batafsil olingan ma'lumotlarga asosan, mamlakatlarni valyutalarning uch kategoriyasidan biriga kiritadi: - bir yoki bir necha valyutalarga bog'langan valyuta; - ayriboshlash kursi bir yoki bir necha valyutalarga nisbatan egiluvchan bo'lgan valyutalar; - egiluvchanligi yuqori bo'lgan valyutalarning ayriboshlash kursi. Ta'kidlash joizki, Xalqaro valyuta jamg'armasi mamlakatlarni, uchta kategoriya bo'yicha guruxlashtiradi va bu har yili o'zgarib turishi mumkin. Masalan, 1983 yilda jahonning 38 mamlakati o'z valyutalarini dollarga bog'lagan, 1985 yilda ularning soni 31 tagacha, 1990 yilda 28 tagacha kamaydi. Aksariyat davlatlar qattiq valyuta siyosati yuritib, valyuta tizimi kuchli nazorat ostiga olgan. Shu o'rinda mamlakat valyuta ayriboshlash tizimini litsenziyalashtirilishi97 natijasida valyutalar to'liq konvertatsiya qilinmaydi.Yamayka valyuta tizimi Bretton - Vuds valyuta tizimiga nisbatan egiluvchan bo'lib, mamlakatlar to'lov balansi va valyuta kurslari beqarorligiga moslashuvchan hisoblanadi. Shu bilan birga, Yamayka valyuta tizimini amal qilishi jarayonida, bir qator murakkab muammolar mavjudligi ko'zga tashlandi. Xususan, SDR standartining samarasizligi98, yuridik jihatdan oltin demonetizatsiya qilinishi va xaqiqatda esa, uning jahondagi likvid aktiv sifatida zaxirada shakllantirilayotganligi, suzib yuruvchi kurslar tizimining mukammal emasligi bilan izohlanadi. Download 46.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling