Munosabatlari aqsh-Oʻzbekiston munosabatlari, bir


Download 194.29 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.03.2023
Hajmi194.29 Kb.
#1271439
Bog'liq
AQSh — Oʻzbekiston munosabatlari - Vikipediya



AQSh —
Oʻzbekiston
munosabatlari
AQSh—Oʻzbekiston munosabatlari, bir
nechta hukumatlararo shartnoma va
bitim asosida tartibga solib turiladi. AQSh
—Oʻzbekiston munosabatlari asta-sekin
rivojlanib, AQShning 11-sentabr 2001-
yilda Afgʻonistonga hujumlaridan soʻng,
ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar
yaxshilanishi eng yuqori choʻqqiga


koʻtarildi. 2003-2005-yillarda sobiq Sovet
respublikalari hisoblangan Gruziya,
Ukraina va Qirgʻizistonda „rangli inqilob“
dan beri munosabatlar sezilarli darajada
yomonlashdi va Oʻzbekiston hukumati
AQSh va fuqarolik jamiyati, siyosiy
islohotlar va inson huquqlari sohasidagi
boshqa nodavlat tashkilotlar taʼsirini
cheklashga harakat qildi.
Oʻzbekiston-AQSh munosabatlari
Oʻzbekiston
AQSh


Oʻzbekiston Respublikasining birinchi
prezidenti Islom Karimovning 1996-yil
iyunida AQShga qilgan tashrifi ikki
mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni
yanada rivojlantirishga koʻmaklashgan
muhim voqea boʻldi. Tashrif chogʻida ikki
tomonlama hujjatlar majmui imzolandi.
Buxori viloyatidagi gaz konlarini
oʻzlashtirish loyihasini mablagʻ bilan
taʼminlash, surkov materiallari ishlab
chiqaruvchi qoʻshma korxona barpo etish,
qishloq xoʻjaligi korxonalariga lizing
xizmati koʻrsatuvchi qoʻshma korxona
tashkil qilish toʻgʻrisidagi bayonnomalar,
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
faoliyat (TIF) Milliy banki bilan AQSh
Savdo va taraqqiyot agentligi oʻrtasida


Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish
birlashmasida birgalikda aviatexnika
ishlab chiqarish loyihasining texnik-
iqtisodiy asoslamasini tayyorlash uchun
Amerika tomonidan grant ajratish
toʻgʻrisidagi bitim, Oʻzbekiston TIF Milliy
banki bilan „Bank of America“ oʻrtasida
hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum,
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
geologiya va mineral resurelar qoʻmitasi
bilan „Nyumont-Mayning“ kompaniyasi
oʻrtasida hamjihatlik toʻgʻrisidagi
memorandum, Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat geol. va mineral resurelar
qoʻmitasi bilan „Nyumont-Mayning“ va
„Mitsui“ korporatsiyalari oʻrtasida
„Qizilolmasoy“ va „Koʻchbuloq“ ruda


konlarini birgalikda oʻzlashtirish
toʻgʻrisidagi bitim shular jumlasidandir.
1999-yilda Oʻzbekiston bilan AQSh
oʻrtasidagi tovar aylanmasi 282 mln.
AQSh dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston
AQShdan bugʻdoy, xalq isteʼmol mollari,
asbob-uskunalar sotib oladi. Eksport
asosan paxta tolasidan iborat. AQShdagi
turli firma va kompaniyalarning
Oʻzbekiston bilan muvaffaqiyatli
hamkorligi, delegatsiyalar almashuvi ikki
davlat oʻrtasidagi munosabatlarni
mustahkamlashga imkon beradi.
Oʻzbekistonda bir qancha Oʻzbekiston—
Amerika qoʻshma loyihalarini amalga


oshirishga kirishildi. Ular orasida eng
yiriklari „Nyumont-Mayning“ kompaniyasi
tomonidan Zarafshon shahrida oltin ruda
konidan foydalanish, „International
Telset, Inc.“ kompaniyasi tomonidan
Toshkent shahrida kabel televideniyesi
tarmogini yaratish va boshqarish
loyihalaridir.
Amerikaning firma va kompaniyalaridan
„Barents grupp“ kimyo sanoati sohasida,
„Kellog“ Koʻqdumaloq koni uchun
kompressor st-yasi qurish, „AIG“, „Emsi-
Ay“ turli sohalarda oʻzbekistonlik
sheriklari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik
qilmoqda.


„Zarafshon Newmount“ Oʻzbekiston—
Amerika qoʻshma korxonasi Qizilqum
choʻlida qisqa muddatda zamonaviy
korxona barpo etdi.
MDH mamlakatlaridagi katta loyihalarni
roʻyobga chiqaruvchi Amerika
firmalarining tadqiqotlarini mablagʻ bilan
taʼminlovchi AQShning yirik nohukumat
tashkiloti — Savdo va taraqqiyot agentligi
oltin qazib chiqaruvchi modulli yangi
zavod loyihasining texnik-iqtisodiy
asoslamasini mablagʻ bilan taʼminlash
uchun Navoiy kon-metallurgiya
kombinatiga grant ajratishga qaror qildi.


Oʻzbekiston — Amerika hamkorligiga
xususiy biznes namoyandalari ham
salmoqli hissa qoʻshdi. Jumladan 1997-
yilda Amerikaning „Keys interneyshnl“
kompaniyasi yordamida Toshkent traktor
zavodi qayta qurilib, shu firmaning
zamonaviy traktorlarini ishlab chiqarish
yoʻlga qoʻyildi. „Boeing“ kompaniyasi esa
oʻzaro manfaatli shartlar (lizing) asosida
yoʻlovchi tashiydigan samolyotlar
yetkazib berdi. „Boeing“ qulayligi jihatidan
ham, uchish xavfsizligi jihatidan ham
Rossiyaning shu toifadagi
samolyotlaridan katta farq qiladi.
Dunyodagi eng kuchli kompyuter
kompaniyasi IBM esa Oʻzbekiston bank


tizimini kompyuterlash sohasida katta
amaliy yordam berdi. Amerikaning IREX,
ACCELS, Soros jamgʻarmasi kabi
muassasalari esa AQSh va Yevropaning
ilmiy markazlarida Oʻzbekiston uchun
mutaxassislar taiyerlashga oid
dasturlarni amalga oshirmoqda.
Oʻtish davrining qiyinchiliklarini bartaraf
etishda AQSh hukumati va xayriya
jamgʻarmalari insonparvarlik yordami
berib, Oʻzbekistonga bolalar va davolash
muassasalari uchun doridarmon, tibbiyot
asbob-uskunalari, kiyimkechak, oziq-
ovqat mahsulotlari yuborib turibdi. 1997-
yil noyabrda AQSh prezidenti rafiqasi
Hillary clintonning Oʻzbekistonga tashrifi


ikki mamlakat oʻrtasidagi samarali
aloqalarni rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega boʻldi.
1997-yil 9-11-iyunda Oʻzbekiston—
Amerika qoʻshma komissiyasining
tuzilishi AQSh bilan Oʻzbekiston
oʻrtasidagi munosabatlarning yanada
mustahkamlanib va rivojlanib
borayotganligini koʻrsatdi. Qoʻshma
komissiya mintaqaviy siyosiy
muammolarni oʻz ichiga olgan oʻzaro
manfaatli masalalar, Oʻzbekistonning
siyosiy va iqtisodiy islohotlardagi siljishi,
harbiy sohada hamkorlik qilish hamda
Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalar uchun
sharoitlarni muhokama etadi. 1998-yil 26-


27-fevral Vashington shahrida qoʻshma
komissiyaning birinchi, 1999-yil 24-25-
may Toshkent shahrida ikkinchi majlisi
boʻlib oʻtdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh
o‘rtasida mustahkam shartnomaviy-
huquqiy baza, jumladan, turli xarakterdagi
100 dan ortiq hujjatlar mavjud. Siyosiy
muloqotni mustahkamlash, xususan,
mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm va
uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish
kabi sohalardagi hamkorlikni
chuqurlashtirish yuzasidan tashqi ishlar
Iqtisodiy munosabatlar


vazirliklari aro siyosiy maslahatlashuvlar
muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning
muhim yo‘nalishlaridan biri savdo-
iqtisodiy sheriklikdir. Tomonlar savdo-
iqtisodiy aloqalarni doimiy ravishda
kengaytirishga intilib, iqtisodiy aloqalarni
mustahkamlashga harakat qilmoqda.
O‘zaro savdo so‘nggi uch yil ichida o‘sib
bormoqda. Misol uchun, O‘zbekistonning
AQSh bilan tovar ayirboshlash hajmi 2022
yil yakuni bo‘yicha 436,8 million dollarni
(eksport – 68,5 million dollar, import –
368,3 million dollar) tashkil etib, 2021
yilga (426,3 million dollar) va 2020 yilga


(277 million dollar) nisbatan oshganligini
ko‘rsatmoqda
[1]
.
Muhammadbobur Malikov (1993)
Fotih Teshaboyev (1993-1996)
Sodiq Safoyev (1996-2001)
Shavkat Hamroqulov (2001-2003)
Abdulaziz Komilov (2003-2010)
Ilhom Neʼmatov (2010-2013)
Baxtiyor Gʻulomov (diplomat) (2013-
2017)
Javlon Vahobov (2017-yildan)
Oʻzbekistonning AQShdagi
elchilari
Manbalar


1. 
„O‘zbekiston – AQSh: munosabatlarning
yangi sahifasi“ (https://kun.uz/uz/72104
763) . Kunuz. Qaraldi: 1-mart 2023-yil.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
AQSh_%E2%80%94_O%CA%BBzbekiston_
munosabatlari&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=AQSh_—
_O
ʻzbekiston_munosabatlari&oldid=
3596334" dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 1-Mart 2023, 13:02 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 194.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling