Munosabatlari subyekti sifatida
Xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Xalqaro korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlari subyekti si
2.2 Xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi.
Xalqaro kredit bu lovar va valuta ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib bcrishlilik, muddatlilik, foiz to‘lashlilik shartlari asosida berish bilan bog‘liq bo'lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ssuda kapitali harakatidir. Xalqaro kredit munosabatlarining subyektlari sifatida tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, mintaqaviy va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi. Xalqaro kreditning vu/aga keUshiga sabab bo‘lib, ishlab chiqarishning milliy doiradan chiqishi, xo‘jalik aloqalari baynalminallashuv jaravonining tezlashishi, xalqaro kapitallarning markazlashuvi hamda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisoblanadi. Xalqaro kredit kapital ishlab chiqarishning dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni jamg'arishning asosiy usul1 a rid an biri bo'lgan. Xalqaro kreditning asosiy manbalari bo‘lib korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari, bank va kredit tashkilotlariga jalb qilinadigan davlat va xususiy sektorning pul jam g‘armalari hisoblanadi. Mahsulotlarni takror ishlab chiqarish jarayonida xalqaro kreditga obyektiv zarurat yuzaga keladi va u xo'jalik subyektlarida rnablag‘larning doiraviy aylanishiga, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xususiyatlariga, tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va muddatidagi farqlarga, iqtisodiyotda ishlab chiqarishni kengaytirishga m o‘fjallangan yirik kapital qo'yilmalarini amalga oshirishga bogliq bo‘ladi. Xalqaro kredit tamoyillari. Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish quyidagi tamovillarga asoslanadi: 1. Qaytarib berishlilik: agar olingan mablagMar qaytarilmasa, pul kapitalini qaytarib bermaslik shakli namoyon bo‘ladi, ya’ni moliyalashtirish yuzaga kcladi. 2. Muddatlilik, ya’ni kredit shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda kreditning qaytarilishini ta’minlash. 3. Ta’minlanganlik, ya’ni olingan kreditni tolashni kafolatlanganligi. 4. Maqsadlilik, ya’ni ssudani aniq obyektlarga yo"naltirishni ko'zlash va uni birinchi navbatda kreditor davlatning eksportini rag‘batlantirish uchun qollash. 5. Foiz to‘lashlilik. Xalqaro kreditning tamoyillari uning bozor iqtisodiyoti qonunlari bilan aloqalarini ta’minlaydi, bozor subyektlari va davlatning joriy hamda strategik vazifalariga erishishi uchun ishlatiladi. Xalqaro kreditning funksiyalari. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy aloqalarda ssuda kapitallari harakatini o‘ziga xos xususiyatini namoyon etib, quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish talablarini qondirish uchun ssuda kapitallarini mamlakatlar o ‘rtasida qayta taqsimlash. Ssuda kapitallari xalqaro kredit mexanizmi orqali foydasi ko‘proq, daromadliroq bo‘lgan tarmoqlarga intiladilar. Shu orqali kredit milliy daromadni o‘rtacha daromadga tenglashishiga imkoniyatni yuzaga keltiradi va uning massasini oshishiga olib keladi. 2. Haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz toMovlarni rivojlantirish va tezlashtirish ham da naqd valuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashtirish orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf- xarajatlarni iqtisod qilish. Xalqaro kredit asosida xalqaro hisob-kitoblar uing kredit vositalari — veksellar, cheklar, shu jum ladan, bank o Ltkazmalari, depozit sertifikatlari va boshqalar yuzaga keldi. S^uda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muomalasi vaqtini tejash kapitalning ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilish davrini uzaytiradi va shuning asosida, ishlab chiqarishni kengaytirish va foydaning o‘sishini ta ’minlashga xizmat qiladi. 3. Kapitalning jamlanishi va markazlashishini tezlashlirish.Xorijiy kreditlarni jalb qilish tufayli qo‘shimcha qiymatning kapitalga aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy jam g‘armalar chegarasi kengayadi, bir davlat ladbirkorlarining kapitallari boshqa davlatlarning raablag‘lari qo‘shilishi oqibatida ko‘payadi. Xalqaro kredit avvaldan yakka korxonalarni aksionerlik jamiyatlariga aylanishiga, yangi firmalar va monopoliyalarni paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. Kredit boshqa mamlakatlarning kapitali, mulki va mehnutidarv belgilangan m e’yorlarda foydalanish irnkoniyatmi beradi. Yirik kompaniyalarga taqdim etiladigan imtiyozli xalqaro kreditlar va kichik hamda o ‘rta hajmdagi firmalarni jahon ssuda kapitallari bozoriga chiqishining qiyinligi jahonda kapitalni bir joyga to‘planishi va markazlashuvining kuchayishiga olib keladi. Xalqaro kredit funksiyalarining ahamiyati katta va u milliy va jahon xo‘jaligi rivojlanishiga qarab o‘zgarib turadi. Hozirgi sharoitda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasini bajarmoqda va o‘zi liam tartibga solinish obyekti bo‘lib hisoblanmoqda. Ishlab chiqarishni rivojlantirishda xalqaro kreditning roli. Xalqaro kredit o‘z funksiyalarini bajarishda ikkiyoqlama — ijobiy va salbiy rol o‘ynaydi. Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi ijobiy roli uni takror ishlab chiqarishning rivojlanishini ta’minlashda va kengaytirishda namoyon bo‘ladi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro kredit ishlab chiqarishni baynalminallashuviga va ayirboshlashuviga, jahon bozorini tashkil topishiga va rivojlanishiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi. Xalqaro kredit takror ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yo‘nalishlar orqali jadallashtiradi. Birinchidan, kredit mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini rag£batlantiradi, shu orqali bozor konyunkturasini ko‘taruvchi talabni yuzaga keltiradi. Tashqi savdoda kredit inunosabatlari alohida o‘rin egallamoqda. Ayniqsa u/oq davr mobaynida tayyorlanadigan, iste’mol qilinadigan va bahosi baland lovarlar uchun bu juda ahamiyatli. Mahsulotlarning bahosi va jahon savdosida mashina va asbob-uskunalar ulushining oshislii eksportyorlarni ham, importyorlarni ham tashqi savdo krcditlariga bo'lgan qiziqishlarini orttirmoqda. Hozirgi zarnon sharoitida kreditor mamlakatdan eksport yetkazib beruvchi «bog'liqlik» kreditining salmog'i oshdi. Kreditlanayotgan davlatning tovarlarini sotib olish uchun qilinadigan xarajati qarzning sharti bo'lib hisoblanmoqda. Xuddi shu orqali xalqaro kredit kreditor mamlakat firmalarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. lkkinchidan, xalqaro kredit chet el xususiy investitsiyalari uchun qulay muhitni yuzaga keltiradi, chunki odatda kreditor mamlakat investorlariga imtiyozlar berish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi; infrastrukturani tashkil etish, shu jumladan, chet el va qo'shma korxonalarning faoliyat ko‘rsatishi, xalqaro kapitalga aloqasi bor milliy korxona va banklarning pozitsiyasi kuchayishiga yordam beradi. Uchinchidan, kredit mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga xizmat qiluvchi xalqaro hisob-kitob va valuta operatsiyalarining to'xtovsizligini ta’minlaydi. To‘rtinchidan, kredit mamlakat tashqi savdo operatsiyalarini iqtisodiy samaradorligini oshiradi va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlari rivojlanishiga turtki boiadi. Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi salbiy o ‘rni bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda uning qarama-qarshiligi kuchayishida 295 namoyon boiadi. Iqtisodiyotida nomutanosiblik chuqurlashadi, kredit-tovarlarni qayta ish lashini tezlashtiradi, marnlakatlar o'rtasida ssuda kapitallarini qayta taqsimlaydi hamda iqtisodiy ko‘tari 1 ish va pasayish davrlarida ishlab chiqarishni juda tczlashtiradi. Xalqaro kredit ijtimoiy ishlab chiqarishdagi nomulanosiblikni kuchaytiradi, buning oqibatida daromadli tarmoqlar rivojlanishi osoiilashadi, shu bilan birgalikda chet el kapitali jalb qilinmagan tarmoqlarning rivojlanishi sekinlashadi. Xalqaro kredit mamlakatlarning iste’mol mahsulotlar bozorlari, kapital investitsiya jarayonlari, xomashyo manbalari, ilmiytexnik taraqqiyot sohalarida raqobatni yaratuvchi vosita hisoblanadi. Korxonalar ushbu kreditdan xomashyo manbalarini sotib olish, mahsulot sot ish hajmini va kapital investitsiya jarayonlarini kengaytirish maqsadlarida faol foydalanadilar. Jahon ssuda kapitalfari bozorida pul muomalasi va kredit, valuta tizimi, to‘lov balanslari hamda milliy va jahon iqtisodiyotlarining beqarorligini kuchaytiradigan «qaynoq» pullar ham harakatda bo'Iadi. Tashqi kredit siyosati kreditor mamlakatning jahon bozoridagi o'rnini musiahkamlashga xizmat qiladi. Bunda: Birinchidan, xalqaro kreditdan uni qarz sifatida olgan mamlakat daromadlarini qarz bergan mamlakatga olib o'tishda foydalaniladi. Shu bilan birga ssudani har yilgi foiz to‘lovlari bilan ma’lum bir qismini qaytarilishi jamiyatning sof daromadi miqdorini ko‘payishiga, ishlab chiqarishning o‘sishini ta’minlovchi jamg‘armalar tashkil topishiga, shu jamg‘armalarning tashkil topish manbalariga, urauman qarxdor mamlakatga salbiy ta’sir eladi. Ikkinchidan, xalqaro kredit qarz oluvchi mamlakat tomonidan kreditor marnlakatlar uchun qulay iqtisodiy va siyosiy muhit yaratishni taqozo etadi. Yetakchi marnlakatlar o‘z o'rnini yanada mustahkamlash uchun banklar, hukumatlar, xalqaro va regional valuta-kredit va moliya tashkilotlari orqali vaqti- vaqti bilan ularga mos kelmagan siyosat yuritayotgan davlatlarga nisbatan kredit diskriminatsiyasini va kredit blokadasini qo'llashadi. Kredit diskriminatsiyasi bu kredit olishda, undan foydalanishda yoki xalqaro kreditni to‘lashda m a’lum bir qarz oluvchilarga iqtisodiy va siyosiy bosimni yuzaga keltiruvchi og‘ir vamurakkab shartlarning qo^yilishidir. Kredit diskriminatsiyasining asosiy metodlari bo‘lib, kredit bo‘yicha cheklashlar, foiz stavkasini, komission yig‘imlarni oshirish, kutiimagandan kreditdan foydalanishni to‘xtatish yoki kredit summasini kamaytirish hamda iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi chora-tadbirlarni qo‘llash hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro kreditdan foydalanishda uning ikkiyoqlama roli namoyon bo‘ladi, bir tomondan u mamlakatlarning o‘zaro foydali aloqalarini rivojlantirsa, boshqa to mondan raqobat kurashi vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling