Munosabatlarini tartibga solish bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin


Download 1.3 Mb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1631605
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
malakaviy amaliyot hisobot

KIRISH

  • KIRISH
  • Mashinada yigiruv 18-asrdan boshlab rivojlana boshladi.Uzluksiz ishlaydigan birinchi urchuqli yigiruv mashinasiga buyuk Britaniyada 1738-yilda patent berilgan.Unda cho’zish asbobi ham bo’lgan.Bunday mashinada tolalarni cho’zish,burash (eshish) va o’rash (g’altakka o’rash) jarayonlari bajarilgan.yigiruv mashinasi asta-sekin takomillashtira borildi.1823-yilda esa davriy ishlaydigan Avtomat yigiruv mashinasi,1870-yilda esa uzluksiz ishlaydigan halqasimon yigiruv mashinasi ixtiro qilindi.
  • O’bekistonda yigiruv korxonasini ham o’z ichiga olgan dastlabki to’qimachilik fabrikasi 1926-yilda Farg’onada qurildi.Keyinchalik Toshkent to’qimachilik kombinati barpo qilindi (1932-1940).
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash,jumladan qishloq xo’jaligida erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish,paxta va g’alla yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish,ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini va mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligini oshirish,investitsiyalarni keng jalb qilish hisoboga qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish maqsadida:
  • 1.O’bekiston Respsublikasi iqtisodiy va sanat vazirligi,Moliya vazirligi,Qishloq xo’jaligi vazirligi,”O’zpaxtasanoat” AJ,O’zbekiston fermer,dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2020-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.
  • Paxtachilikda bozor tamoyillari joriy etilishi munosabati bilan paxta yetishtiruvchi fermer xo’jaliklari va qayta ishlovchi korxonalarning o’zaro

munosabatlarini tartibga solish bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  • munosabatlarini tartibga solish bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  • 2.Belgilab qo’yilsinki:
  • a)2020-yil hosilidan boshlab:
  • paxta xomashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;
  • paxta xomashyosini yetishtiruvchilar (fermer xo’jaliklari,paxta-to’qimachilik klasterlari,kooperatsiyalar)ga rayonlashtirilgan g’o’za navlarini erkin joylashtirish huquqi beriladi;
  • paxta tolasini yetishtiruvchilarni sifatli urug’lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug’lik yetkazib berish tizimi (shu jumladan,urug’lik oaxta uchun amaldagi ustama to’lash tartibi) saqlab qolinadi hamda bosqichma-bosqich Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Urug’chilikni rivojlantirish tarkibidagi urug’chilik klasterlari hamda paxta-to’qimachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi;
  • b)paxta to’qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo’jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi.
  • Quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
  • Kooperatsiya a’zolari bilan shartnoma tuzish orqali paxta xomashyosi yetishtirish yuzasidan kelishilgan chra-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Kooperatsiya a’zolari tomonidan paxta xomashyosi yetishtirish uchun zarur bo’lgan mulk komplekslari,texnika,uskuna,transport vositalaridan,paxta tozalash zavodlarida birgalikda foydalanishni tashkil etish;
  • Kooperatsiya va ularning a’zolari o’rtasida imzolanadigan shartnoma asosida kooperatsiya a’zolarini qishloq xo’jaligi texnikasi,yonilg’i-moylash materiallari,mineral o’g’it,urug’lik,shuningdek,kimyoviy va biologik himoya vositalari bilan ta’minlash;

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling