Munozara uchun savollar
Download 20.77 Kb.
|
Tarix4
Munozara uchun savollar 1.Qanday sabablar Turkistоnda sоvet hоkimiyatiga qarshi qurоlli harakatni keltirib chiqardi? 2.Nega bu kurash dastavval Farg‘оna vоdiysida bоshlandi. 3.Farg‘оnadagi harakat rahnоmalari оrasida kimlarning nоmlarini alоhida ajratib ko‘rsatgan bo‘lardingiz? 4.Madaminbek shaxsini qanday bahоlaysiz? 5.Sоvetlarning vоdiyda yuritgan siyosatida yo‘l qo‘ygan qo‘pоl xatоlari nimalarda namоyish bo‘lgandi? 6.Vоdiy qo‘rbоshilarining bir-birlari bilan yetarli darajada birlasha оlmaganligining sabablarini qanday izоhlaysiz? 7.Qarshilik ko‘rsatish harakatini mag‘lubiyatga оlib kelgan sabablarni nimalarda deb bilasiz? 8.Sоvet hоkimiyati kuchlarining qarshilik ko‘rsatish harakati kuchlari ustidan g‘olib kelganligining asоsiy оmillarini nimalarda deb hisоblaysiz? 9.Nima sababdan bu harakat o‘lkaning turli hududlarida turlicha vaqtlarda sоdir bo‘ldi? 10.Qarshilik ko‘rsatish harakati Turkistоn xalqlari uchun qanday muhim sabоqlar berdi? JAVOBLAR 1. O'lkaning mo'tabar millatparvar zotlaridan iborat milliy hokimiyat tashkil etilib, uning zimmasiga ulug'vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi, Turkiston xalqining erki, mustaqilligini asta- sekin tiklash - bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi edi. Shu boisdan ham o'lkaning millionlab fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e’lon qijinganligini katta qoniqish ruhi bilan qarshi oldilar. 1917— yil dekabr oyi boshlarida Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo'qon, Samarqand shaharlari aholisi mitinglar, namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg'in qo'llab-quvvatlab chiqdilar. Biroq o'lkada o'rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo'lda ushlab turgan Turkiston sovet hukumati va uning joylardagi hokimiyat mahkamalari Turkiston muxtoriyati va uning tarafdorlarini tezroq yo'q qilish payiga tushdilar. 1917— yil 13-dekabrida Toshkentda muxtoriyatni yoqlab o'tkazilgan katta mitingni zo'rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va pulemyotlar sadosi ostida ko'plab qurbonlar berilishi (eski shaharlik 16 kishi otib o'ldirilgan edi) - bu Turkiston muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi. 2. Turkiston sovet hukumati 1918 yil 14-fevralida Farg'ona viloyati hududida favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo'qondagi mahalliy hokimiyati - ishchi va askar deputatlari soveti 17 -fevralda muxtoriyat vakillarini taslim bo'lishga da’vat qildi. Ayni vaqtda, Toshkentdan Perefilev boshchiligida qurollangan ko‘p sonli qizil qo'shin olib kelindi va ular darhol ishga solindi. Qo'qondagi ashaddiy millatchi arman dashnoqlari1 ham bu bosqinga jalb qilindi. Ayniqsa, 19-21-fevral kunlari Qo'qon xalqi ustiga balo-qazo yog'ildi. Shahar o't ichida yondi. Shu tariqa, Turkiston Muxtoriyati mag'lubiyatga uchradi. Eng dahshatlisi shuki, buxunrezlik tagida hech bir gunohi bo‘lmagan ming-minglab Qo‘qon fuqarosi mislsiz jablr tortdi behisob qurbonlar berdi. Qo‘qonda Sovetlar sodir etgan qonli fojiani sovet davlati arboblaridan biri D. Manjara keyinroq shunday e’tirof etgandi: “Milliy siyosatda yo‘l qo‘yilgan xatolarimiz tufayii Qo‘qon muxtoriyati vujudga keldi. Uni yo‘qotish paytida yana bir xatoga yo‘l qo‘ydik. Qurol-yarog‘i deyarji bo'lmagan inuxtoriyatchilar joylashgan eskishaharni qamal o’rniga biz to’plardan o’qqa tutdik, keyin dashnoqlarning qurolli to’dalarini ishga soldik. Natijada talon-taroj nomusga tegish qirg’in boshlanib ketti. Bunday muxtoriyatchilariga aloqasi bo’lmagan tinch aholi katta zarar ko‘rdi 3.O’lkada boshlangan Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatning eng dastlabki qaynoq markazlaridan biri Farg'ona vodiysi bo'ldi. Bu harakatga xalq orasidan yetishib chiqqan, uning g'am-alami, orzu-armoni, maqsad- intilishlariga hamdard va sherik bo'lgan Kichik va Katta Ergashlar, Madaminbek, Shermuhammadbek, Xolxo'ja Eshon, Islom Pahlavon, Rahmonqul, To'ychi, Aliyor qo'rboshi singari taniqli rahnamolar yetakchilik qildilar. 4. Harakat ko'lami o'sib, kengayib borishi, uning saflariga yangi ijtimoiy tabaqa vakillarining qo'shilishi, tabiiy sur’atda, uning oldiga ulkan mas’ul vazifalarni, qo'yib yangi muammolami keltirib chiqara bordi. Ularni hal etish esa kurash rahnamolaridan katta matonat, kuchli iroda, yuksak harbiy mahorat, tashkilotchilik qobiliyati va uzoqni ko'ra bilish salohiyatini namoyon qilishni taqoza etardi. Farg'ona qo'rboshilari ichida Madaminbek Ahmadbek o'g'ligina mana shunday noyob fazilatlar sohibi ekanligi bilan ajralib turardi. Navqiron yoshda bo'lishiga qaramasdan, katta hayot va kurash tajribasiga boy, yurt kezgan, yuksak harbiy sarkardalik iste’dodiga ega Madaminbek (1892 — 1920) tez orada vodiy kurashchilari sardoriga aylandi. Sovetlaming rasmiy hujjatlaridan birida ta’kidlanishicha, «o'z oldiga sovet hokimiyatini ag'darish va Farg'ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo'ygan Madaminbek tadbirkor siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi». Darhaqiqat, Madaminbek o'zining qattiqqo'l siyosati, tashkilotchilik faoliyati va eng muhimi, o'lkada kechayotgan ijtimoiy — siyosiy va harbiy vaziyatni to‘g‘ri baholay olishi bilan ajralib turardi. Buning ustiga, mavjud vaziyatga muvofiq keladigan amaliy harakatlami qo'llay olishi, sarfdoshlariga o‘z ta’sirini o'tkaza olishi ham uning ko'p o'tmay, butun Farg'ona qo'rboshilarining nufuzli rahbariga aylan- tirgan edi. 5. Sovet hokimiyati organlarining mahalliy aholiga nisbatan yuritgan o'ta millatchilik, shovinistik va bosqinchilik siyosati uni oqibatda, bu tuzum dushmaniga aylantirdi va o'z erki, huquqi, ozodligini himoya qilib kurashga qalqitdi. Farg'ona fronti qo'mondoni M. Frunze ham: «...Bu yerdagi Sovet hokimiyati ilk tuzilishi davrida rus va yerli ishchi, dehqon ommalarini o'ziga tortish o'miga, mehnatkash xalqni o'zidan uzoqlashtirish uchun qo'lidan kelgancha harakat qildi. Ishlab chiqarishning natsionalizatsiya qilinishida faqat burjuaziyaning mulki emas, balki o‘rta hoi dehqonlamiki ham tortib olindi. ...Bu yerda harakat qilgan qizil askar qismlari, inqilobni himoya qilgan ba’zi rahbarlar yerli mehnatkash xalqning tub manfaatlari bilan hisoblashmadi, uning arzu — dodiga quloq solmadi. Bosmachilar harakati shu asosda vujudga keldi. Bosmachilar — oddiy qaroqchilar emas. Unda ularni tez yo‘q qilish mumkin bo'lardi», deb e’tirof qilgan edi. TASSR XKK raisi K. Otaboyev 1922— yil iyulda Turkiston MIQ 4-plenumida so'zlagan nutqida bu harakatni xalq qo‘zg‘oloni sifatida baholagan edi: «Biz 4 yil davomida bu harakatga hatto to'g'ri baho berishni ham bilmadik, и xalq qo'zg'oloni bo ‘Igani holda bosmachilik deb atadik. Bosmachilik mohiyatan «talonchilik» degan ma’noni anglatadi, bizning ushbu harakatga bergan noto'g'ri ta’rifimiz masalani * hal etishda noto'g‘ri yondashuvlarga olib keldi. Va alal-oqibat 4 yil davomida biz bu harakatning biron bir jihatini tugata olmadik». 6. Sovet qo'shinlari qo'mondonlari vodiydagi harakatni siyosiy kelishuv yo'li bilan to'xtatish choralarini ham ko'rdilar. Ular qo'rbo- shilarga vakil yuborib, sulh tuzishni taklif qildilar. Og'ir, murakkab voqealar sharoitida ba’zi qo'rboshilarning sovetlar tomoni bilan kelishuv yo'lini tutishi tushunarlidir. Chunonchi, Madaminbek 1920— yil martda Sovet qo‘mondonligi bilan muzokara olib boradi va sulh imzolab o'z harakatlarini to‘xtatadi. Bu sulh shartlariga asosan Madaminbek va uning 1200 nafardan ziyod askar yigitlarining daxlsizligi, o'z qurol — yarog'lariga ega bo'lishi, kerak bo'lganda ularning vodiyda tinchlik, barqarorlik o'matishda faol ishtirok yetishi ta'kidlangan edi. Garchand sulhning bir qator shartlari keyinroq Sovet qo'mondon- ligining makkorona xatti — harakati bilan o'zgartirilgan bo'lsa—da, biroq Madaminbek bu kelishuvga, uning mahalliy xalq uchun foydali, manfaatli bo'lishiga ishongan edi. Shu bois, u o'zining boshqa saf- doshlariga ham sovetlar bilan muzokaralar olib borib, shunday yo'l tutishni maslahat beradi. Biroq Shermuhammadbek va Xolxo'ja o'z huzurlariga muzokara uchun kelgan yurtning bu mard o'g'lonini sotqinlik va xoinlikda ayblab, uni qatl ettiradilar. Sodir etilgan bu fojiali voqea vodiy qo'rboshilari o'rtasidagi o'zaro munosabatlaming qanchalik mo'rt, omonat bo'lganligidan guvohlik beradi. 7. Turkistonda Sovet hokimiyatiga qarshi ko'tarilgan qurolli harakat mag'Iubiya- tining ko'plab asosli sabablari bor, albatta. > Eng asosiy sabablardan biri - bu Vatan kurashchilarining ulug'vor maqsadlar sari aholining barcha tabaqalarini jipslashtirishga qodir bo'lgan yagona milliy g'oyaga tayanmaganligida edi. Harakat yagona dastur asosida tashkil etilmadi. > Qo'rboshilar siyosiy kurashda toblangan ilg'or jadid namoyan- dalarini harakatga faol jalb qila olmadilar. > Harakatning bir markazdan turib boshqarilmaganligi, joylarda harakat qilgan kuchlar o'zlarining tor hududiy chegaralari bilan o'ralashib qolganligi, mahalliy qo'rboshilarning o'z manfaatlariga berilishi, dunyoqarashi torligi, cheklanganligi, manmanlik kasaliga chalinganligi, bir - birlari bilan kelisholmasligi, o'zboshimcha xatti- harakatlarga intilishi kabi hollar oxir — oqibatda bu kurashning borishiga jiddiy salbiy ta'sir qildi. > Qurolli harakatga qalqqan kuchlarning yetarli moddiy — ta’minot bazasiga, qurol — aslaha zaxirasiga ega bo'lmaganligi ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. > Tashqi dunyo bilan aloqa qilish, chetdan yordam, harbiy madad olish imkoniyati bo'lmadi. > O'lka zo'ravoni bo'lib olgan sovetlar esa o'z qo'shinini yetarli darajada zamonaviy qurol — yarog'lar va harbiy kuchlar bilan ta’- minlay olgan edi. 1919— yilda uning tasarrufida 115376 nafar jangchi, shuningdek, 11112 ta pulemyot, yuzlab to'plar, bronopoyezdlar, o'nlab samolyotlar va boshqa zamonaviy qurollar mavjud edi. Harbiy kuchlar nisbatidagi bunday ustunlik kurash taqdirini qizillar foydasiga hal etilishiga olib keldi . > Ayyorlikda pixini yorgan sovet mutasaddilari har bir vaziyatdan ustamonlik bilan foydalandilar. Ular kerak bo'lsa, o'zlari yo'l qo'ygan qo'pol xatolarini tuzatish uchun dehqonlarga yer berish, ularni afv yetish, soliqlar miqdorini bir qadar kamaytirish, Madaminbek singari taniqli qo'rboshilar bilan muzokaralar olib borish, o'zaro yon berish orqali mahalliy aholi noroziligini yumshatish, ularni o'z tomonia og'dirib olish tadbirlarini ham qo'lladilar. Bu tadbirlar qurolli harakat istiqboliga salbiy ta’sir o'tkazmasdan qolmadi, albatta. 8. O'lka zo'ravoni bo'lib olgan sovetlar esa o'z qo'shinini yetarli darajada zamonaviy qurol — yarog'lar va harbiy kuchlar bilan ta’- minlay olgan edi. 1919— yilda uning tasarrufida 115376 nafar jangchi, shuningdek, 11112 ta pulemyot, yuzlab to'plar, bronopoyezdlar, o'nlab samolyotlar va boshqa zamonaviy qurollar mavjud edi. Harbiy kuchlar nisbatidagi bunday ustunlik kurash taqdirini qizillar foydasiga hal etilishiga olib keldi. 9. Harakatning bir markazdan turib boshqarilmaganligi, joylarda harakat qilgan kuchlar o'zlarining tor hududiy chegaralari bilan o'ralashib qolganligi, mahalliy qo'rboshilarning o'z manfaatlariga berilishi, dunyoqarashi torligi, cheklanganligi, manmanlik kasaliga chalinganligi, bir - birlari bilan kelisholmasligi, o'zboshimcha xatti- harakatlarga intilishi kabi hollar oxir — oqibatda bu kurashning borishiga jiddiy salbiy ta'sir qildi. 10. Bu xalq harakati millionlab yurtdoshlarimiz hayoti va qismatida o'chmas fojiali iz qoldirdi. Ba’zi aniqlangan rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, u milliondan ziyod mahalliy millat kishilarining aziz umrlariga zomin bo‘ldi. Minglab oilalarning o‘z ona-zaminini tark etib, begona yurtlarga bosh olib ketishlariga sabab bo‘ldi. Qolaversa, qancha son — sanoqsiz odamlar mana shu milliy fojia bois, Sobiq Ittifoqning uzoq chekka hududlariga surgun va badarg‘a qilindi. Biroq bu xalq harakati bejiz ketmadi. U yurtdoshlarimizga katta, ibratli saboqlar berdi, ularning kurash tajribasining boyishida muhim ta’sir ko'rsatdi. Zero, ona-0‘zbekistonimizning istiqlolga yuz tutib, dorilamon zamonlarga musharraf boMishida, bugungi baxtiyor avlod kishilarining mustaqillik oliy ne'matidan to‘la bahra olishida ofcsha 20— 30— yillarda bobokalonlarimiz qilgan ulkan sa’y — harakatlar, to'kkan qutlugfc qonlar, bergan bemisl qurbonlarning ibrati oz- muncha emas. Ularning yorqin, porloq xotirasi hozirgi minnatdor avlod kishilarining yodida, shuurida hamisha saqlanadi, iftixor tuyg‘usi bilan eslanadi. Download 20.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling