Muqaddas ayol…
Download 14,78 Kb.
|
8-mart
Muqaddas ayol… Bahor faslining iliq kunlari. Quyosh o`zgacha nur taratmoqda, nima dedingiz?! Bu faslda juda ko`p dilga xush yoquvchi bayramlar bor.. Zulfiyaxonim tavalludi, xotin-qizlar bayrami va navro`z. Barcha uchun eng yoqadigani, ayniqsa ayol-qizlar uchun 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bo`lsa kerak. Bayram yurtimizda keng nishonlanadi. Ayol kishiga e`tibor berish ayol uchun ham, biron kishi uchun ham juda foydalidir. Chunki ayollarni, qulog`i bilan sevadi, deyishadi va bu rost, albatta. Eng muhimi e`tibor, desak ham bo`ladi. Yana, e`tibor faqat bayram munosabati bilan emas, balki doimiy ravishda ko`rsatilishi, sovg`alar ulashilishi kerak. Shunda barchaga tabassum, mehr ulashiladi, ahillik kuchayadi. Bu yil ham prezidentimiz bayram munosabati bilan xotin-qizlar uchun ko`plab imkoniyatlar yaratdilar. Undan unumli foydalanishimiz va hayotimizga tadbiq etishimiz lozim. Ayol zoti muqaddas. Ayol borki, olam munavvar. Ayol borki, hayot go`zal va maftunkordir. Olim, bilimli va buyuk kishilarning ham ilk tarbiyalovchilari ularning onasi bo`lgan. Ayollarni, onalarni izzat-ehtirom bilan ardoqlashimiz, ularni doim muqaddas bilishimiz darkor. Barcha g`animat, onalarimizni, yaqinlarimizni borida qadriga yetishimiz kerak. Yana bir bor bayram muborak bo`lsin, aziz ayollar! Download 14,78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling