Zal bo’ylab Vatanimiz madhiyasi taraladi.
Ustoz: - 1992-yil 14-yanvar O’zbekiston respublikasining oily kengashining “O’zbekiston Respublikasi hududidagi joylashgan herbiy qismlar va harbiy o’quv muassalari to’g’risidagi” qarori asosida O’zbekistonning o’z Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O’zbekiston respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 239-dekabrdagi “Vatan himoyachilari kunini belgilash to’g’risida”gi qonunga binoan 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”, - deb e’lon qilindi.
Mustaqillik yillari yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan harbiy islohotlar jarayonida qisqa muddat ichida O’zbekistonda mamlakatimiz xafsizligi va barqarorligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchi himoya qilishga har jihatdan qodir bo’lgan zamonaviy, eng yangi bo’lgan qurol-yarog’lar va harbiy texnikalar bilan ta’minlangan mutlaqo yangi milliy armiyamiz vujudga keldi. Uning zamirida xalqimizning ming yillar davomida shakllangan qadimiy an’ana va qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning Vatanga bo’lgan muhabbati va yurtga sadoqati mujassamdir.
Albatta biz milliy armiyamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
O’quvchilar Anvar Obidjon so’zi, Shuxrat Dadajonov musiqasi asosida yaratilgan “O’zbekiston harbiylari” qo’shig’ini musiqa jo’rligida ijro etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |