Muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda O‘r qht, 2017-y


Download 69.71 Kb.
Sana12.11.2023
Hajmi69.71 Kb.
#1768751
Bog'liq
244 22.11.2007




[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);

2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.04.00.00 Yuridik xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
1. Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2008-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlarning kadrlar tarkibi, ushbu xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan ma’lumotlar bazasini markazlashtirilgan tartibda shakllantirish va yuritish yo‘li bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari to‘g‘risidagi axborotlarning zarur darajada hisobga olinishi va tizimlashtirilishini ta’minlasin.
3. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirishning ushbu qaror bilan tasdiqlangan muddatlari va tartibiga qat’iy amal qilinishini ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-noyabr,
244-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qaroriga
ILOVA
Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, ularning qonunchilikda belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, ularning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan mas’uliyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlari malakasini oshirish yurisprudensiya sohasidagi nazorat va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va yangilash, ularning kasbiy tayyorligining bajariladigan vazifalar va funksiyalarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
II. Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tishi shart.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmatlar xodimlarining ular ishlayotgan tashkilotlar tomonidan attestatsiyadan o‘tkazilishi taqiqlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga qabul qilingan shaxslar ishga qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
Oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin olingan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar mutaxassislik bo‘yicha ishlagan ikki yillik muddat tugagan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga qabul qilingan va keyingi uch yil mobaynida attestatsiyadan o‘tkazilgan hamda attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugagungacha ikki oy mobaynida attestatsiyadan o‘tishi kerak.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Quyidagilar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi:
oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va olingan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha ikki yildan kam ishlagan bo‘lsa;
homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari bor ayollar;
yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlayotgan shaxslar.
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan muddatlarda yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan o‘tkazish uchun yuborish vazifasi tashkilot rahbari zimmasiga yuklanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilot ushbu Nizomning 4-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tegishli muddatlar yoki yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin, ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda, tegishli adliya organlariga murojaat qiladi.
Agar tashkilot mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan muddatda tegishli hujjatlarni uzrli sabablarsiz adliya organlariga taqdim etmasa, adliya organi tashkilotning mas’ul xodimlariga nisbatan tegishli ta’sir choralarini qo‘llaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
6. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, tumanlar va shaharlar hokimiyatlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
8. Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida kamida besh kishidan iborat tarkibda attestatsiya komissiyalari tuziladi.
9. Attestatsiya komissiyalari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazirning tegishli o‘rinbosari, hududiy adliya organlarida esa — hududiy adliya organi rahbari attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
Attestatsiya komissiyalari tarkibiga, kelishuvga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari, ilmiy va oliy ta’lim muassasalari vakillari kiritilishi mumkin. Hududiy adliya organlarining attestatsiya komissiyalari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining tegishli bo‘linmasi xodimi majburiy tartibda kiritiladi.
10. Attestatsiya komissiyasi raisi:
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
attestatsiyani o‘tkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
attestatsiyadan o‘tkaziladiganlarning ro‘yxat bo‘yicha tarkibini belgilaydi;
attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Attestatsiya komissiyasi raisi bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini rais o‘rinbosari amalga oshiradi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlarining tegishli tarkibiy bo‘linmasi attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi, u:
attestatsiyani o‘tkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
attestatsiyani o‘tkazish sanasi va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni attestatsiya komissiyasi a’zolariga hamda talabgorlarga yetkazadi;
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
III. Talabgorlarning hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibi
(III bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tashkilot yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi xatni tegishli adliya organiga belgilangan muddatlarda yuboradi.
Bunda talabgor haqidagi zarur hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi hamda “Yurist-adliya” elektron tizimi orqali olinadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi xat kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Tashkilot tomonidan attestatsiyadan o‘tkazish uchun yuborilgan yuridik xizmat xodimi malaka oshirish kurslarida o‘qiganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi sertifikat olgan bo‘lishi shart.
Yuridik xizmat xodimining malaka oshirmaganligi aniqlangan taqdirda ishchi organ tomonidan attestatsiyaga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va tashkilotga tegishli bildirishnoma yuboriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Attestatsiyadan o‘tishga qo‘yishning rad etilishiga asos bo‘lgan kamchilik bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda, yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi xat takroran ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Yuridik xizmat xodimining malaka oshirmaganligi uni attestatsiyadan o‘tishga qo‘yishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Attestatsiyadan o‘tishga qo‘yish boshqa asoslar bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Attestatsiyadan o‘tishga qo‘yishning rad etilishi uchun asos bo‘lmagan taqdirda, talabgor tashkilot xati kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
IV. Attestatsiyani o‘tkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
17. Attestatsiyaning o‘tkazilish joyi va vaqti to‘g‘risida talabgorning ish joyi bo‘yicha tashkilotga attestatsiya o‘tkaziladigan sanadan kamida o‘n kun oldin bildirishnoma yuboriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Hujjatlari attestatsiyadan o‘tishga taqdim etilgan hamda attestatsiyaga uzrli sababga ko‘ra kelmagan talabgorlar attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Attestatsiyaga uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan talabgorlar bo‘yicha ular ishlayotgan tashkilot rahbarlariga bildirishnoma yuboriladi. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelinmagan taqdirda attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar (materiallar) asosida talabgorni attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblash va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma berishni rad etish haqida qaror chiqarishga haqli.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
19. Attestatsiya komissiyasi, agar uning majlisida komissiya a’zolarining yarmidan ko‘pi qatnashsa vakolatli hisoblanadi.
Talabgor ishlaydigan tashkilotning vakili attestatsiya komissiyasi majlisida maslahat ovozi bilan qatnashishi mumkin. Attestatsiya tugagandan keyin vakilning fikr-mulohazasi eshitiladi.
20. Attestatsiya komissiyasi majlisi komissiya a’zolarini talabgorning hujjatlari bilan tanishtirishdan boshlanadi.
21. Attestatsiya suhbat shaklida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suhbat jarayonida berilgan savollar va talabgorning javoblari “Yurist-adliya” elektron tizimida qayd etiladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Talabgor bilan uning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohasi, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq sohasi, fuqarolik va mehnat qonunchiligi asoslari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat, sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.
Savollarning taxminiy ro‘yxati va attestatsiya komissiyalarining ish reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
22. Attestatsiya komissiyasi talabgorning bilimlari va ish tajribasini hisobga olib:
talabgorni attestatsiyadan o‘tgan deb e’tirof etish va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqida;
talabgorni attestatsiyadan o‘tmagan deb e’tirof etish va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisda hozir bo‘lgan a’zolarining “Yurist-adliya” elektron tizimi orqali berilgan ballari natijasi bo‘yicha qabul qilinadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Attestatsiya natijalari ball qo‘yish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin darhol e’lon qilinadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Yuridik xizmatning attestatsiyadan o‘tgan xodimiga ikki kun muddatda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma elektron shaklda beriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Guvohnomaning amal qilish muddati — uch yil.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma reyestri uning seriya raqami va amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda “Yurist-adliya” elektron tizimida avtomatik ravishda yuritiladi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tmagan tashkilot mazkur xodimni takroriy attestatsiyadan o‘tkazish uchun attestatsiya o‘tkazilgan kundan kamida uch oy o‘tgach, biroq olti oydan kechikmay murojaat qilishi mumkin.
Agar talabgor takroriy attestatsiyadan o‘ta olmasa yoki ko‘rsatilgan muddatda takroriy attestatsiyadan o‘tish uchun murojaat qilmasa, attestatsiya komissiyasi uning ish joyiga bildirishnoma yuboradi.
Tashkilot rahbari bildirishnoma olingan kundan keyin o‘n kun mobaynida xodimni mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoxud boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida uch kun muddatda tegishli adliya organini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Quyidagilar:
yuridik xizmat xodimi tomonidan o‘z xizmat majburiyatlari bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazilishiga olib kelgan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalanib olinganligi holati aniqlanganligi yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladi.
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmat xodimi unga berilgan yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tishi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish masalasini ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi majlisida ishtirok etishi mumkin. Majlis o‘tkaziladigan joy va vaqt to‘g‘risida yuridik xizmat xodimiga majlis o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin xabar qilinadi.
Yuridik xizmat xodimining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashmasligi yuridik xizmat xodimini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga to‘sqinlik qilmaydi. Qabul qilingan qaror to‘g‘risida yuridik xizmat xodimiga uch kun mobaynida xabar qilinadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Attestatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining attestatsiya komissiyasi hududiy adliya organlarining attestatsiya komissiyalari qarorlari yuzasidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
V. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish
(V-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
29. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish yuridik xizmat xodimining familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan taqdirda, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar yuridik xizmat xodimi o‘z faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
30. Qayta rasmiylashtirish paytida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada ko‘rsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan bo‘lishi kerak. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilishi uchun attestatsiyadan o‘tish talab qilinmaydi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
VI. Yuridik xizmat xodimlari malakasini oshirish
34. Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmat xodimlari malakasini oshirish har uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
35. Malaka oshirish muddati ikki haftadan kam bo‘lishi mumkin emas.
Yuridik xizmatlarning malaka oshirishdan o‘tgan xodimlariga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan belgilangan yuridik xizmatlarning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
(35-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish o‘quv rejalari va dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan tashkilotlardagi huquqiy ishlar samaradorligini umumlashtirish va tahlil qilish materiallarini, ularni yaxshilashga doir tavsiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
36. Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish Markaz bilan tegishli tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida to‘lov evaziga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Malaka oshirish davrida yuridik xizmatlar xodimlariga ularning ish joyi bo‘yicha ish haqi va lavozimi saqlanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
VII. Yakuniy qoidalar
38. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari yuridik xizmatlarning xodimlari hisobini yuritadi.
39. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari va ularning xodimlari hisobga olinishini va ular to‘g‘risidagi axborotning tizimlashtirilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlarning kadrlar tarkibi, ushbu xizmatlar xodimlari attestatsiyadan o‘tishi va malaka oshirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan yuridik xizmatlar ma’lumotlari bazasini shakllantiradi va uni markazlashtirilgan tartibda yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotlar har yili 1-iyunga qadar tegishli adliya organlariga yuridik xizmat xodimlari, shu jumladan yuridik xizmatdagi mavjud vakant o‘rinlar to‘g‘risida axborot taqdim etadilar.
Yil davomida yuridik xizmat xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda (bo‘shatish yoki tayinlash va boshqalar), tashkilotlar o‘n kun muddatda tegishli axborotni adliya organiga yuboradilar.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari markaziy apparatlarining yuridik xizmatlari xodimlari to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, tuman va shahar hokimliklari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari to‘g‘risidagi axborot hududiy adliya organlariga taqdim etiladi.
Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan axborotlar, texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, elektron hujjat shaklida taqdim etiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
40. Hududiy adliya organlari yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuridik xizmatlar ma’lumotlari bazasiga kiritish va uni muntazam ravishda yangilab borish uchun yuridik xizmatlar, ularning xodimlari va ularning belgilangan muddatlarda attestatsiyadan o‘tishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida “yurisprudensiya” yo‘nalishlari va mutaxassisligi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalariga mavjud vakant o‘rinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
41. Markaz yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuridik xizmatlar ma’lumotlari bazasiga kiritish va uni muntazam ravishda yangilab borish uchun yuridik xizmatlarning malaka oshirishdan o‘tgan xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
42. Yuridik xizmatlar ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi, ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun ma’lumotlarni taqdim etish shakli va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ularni attestatsiyadan o‘tishga va malakasini oshirishga yuborgan tashkilot mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-iyundagi 149-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 23-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)
Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 46-47-son, 472-modda; 2013-y., 50-son, 650-modda; 2015-y., 23-son, 302-modda; 2017-y., 18-son, 323-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.06.2023-y., 09/23/230/0341-son)

Download 69.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling