Muqaddima


 Kontsentratsion stolda boyitish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88
Bog'liq
pdf

6.3. Kontsentratsion stolda boyitish 
Kontsentratsion stolda boyitish - mayda donachali mahsulotni gravitatsion 
usulda boyitishning eng ko‘p tarqalgan usuli. Kontsentratsion stollar qalayli, 
volframli, kamyob metalli, oltinli va boshqa rudalarni boyitishda keng 
qo‘llaniladi. 
Kontsentratsion stolda boyitish mineral zarrachalarning zichligi va 
ulchamidagi farqqa qarab qiya tekislik bo‘ylab xarakatlanayotgan suv oqimi 
yordamida ajratishga asoslangan. Kontsentratsion stolda samarali boyitishning 
eng asosiy sharti - rudani gidravlik klassifikatorlarda teng tushuvchi zarrachali 
sinflarga ajratishdir. 
SKM - 1 A markali kontsentratsion stol trapetsiya shaklidagi yassi yuzadan iborat 
- bu yuza deka deyiladi. Deka romb yoki parallelogramma shaklida ham bo‘lishi 
mumkin. Deka yoaochdan yoki alyuminiydan tayyorlanib, ustidan linoleum, 
rezina, poliuretan va h.k. material bilan qoplanadi. Ular shuningdek, stekloplastdan 
ham tayyorlanadi. Dekaning yuzasida ingichka va uzun plankalar o‘rnatiladi. Bu 
plankalar yog’och yoki rezinadan tayyorlanadi. Plankalarning uzunligi va 
balandligi mahsulot beriluvchi tomonga qarab kamayib boradi.
Kontsentratsion stol unga ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab yoki romb va 
parallelogrammaning diogonali bo‘ylab qaytarma-ilgarilama yo‘nalishda xarakat 


80 
beruvchi uzatmaga ulanadi. Deka tirsakli richagga mahkamlangan gildirakchali 
rolikka (konki) tayanadi. Mahsulot beriluvchi tarafda joylashgan uchta tirsakli 
richagni tyaga birlashtirib turadi. 
Maxovich orqali stol yuzasiga uning harakatlanish yo‘nalishiga perpendikulyar 
ravishda uncha katta bo‘lmagan qiyalik berilishi mumkin. 
Stolning 
uzatmasi 
elektrodvigatel, 
tasmali 
uzatma, 
richagli-ekstsentrik 
mexanizmdan iborat bo‘lib, stol dekasi bilan tyaga orqali ulanadi. 
Dekaning mahsulot berilish tomonga yurish vaqtida (zadniy xod) dekaning 
tirgak va tayanchi orasida o‘rnatilgan prujina siqiladi, buning teskarisida esa 
(peredniy xod) prujina yoziladi va dekani oldinga itaradi. Prujinaning siqilish 
darajasi gayka bilan boshqariladi. 
Stol ishlayotgan paytda deka notekis xarakatlanadi. Deka oldinga 
xarakatlanganda uning tezligi asta-sekin ortadi, yurishning oxirida maksimumga 
etadi, keyin esa 0 gacha keskin kamayadi. 
Deka orqaga xarakatlanayotganda uning tezligi maksimalgacha keskin ortadi, 
keyin esa sekin 0 gacha kamayadi.
Dastlabki mahsulot butana holida mahsulotni yuklash qutisiga beriladi. Suv esa 
yuqoridagi ariqchaga berilib, aylanuvchi parrakchalar orqali dekaning yuzasida 
tarqaladi.
Mineral zarrachalar aralashmasining stol dekasida ajralishi quyidagicha sodir 
bo‘ladi. Mahsulotni yuklash qutisidan stol yuzasiga tushuvchi mineral zarrachalar 
ikkita kuch ta’siriga uchraydi: bo‘ylama oquvchi suvning yuvuvchi kuchi va 
dekaning ilgarilama-qaytarma xarakati natijasida sodir bo‘luvchi stol bo‘ylab 
xarakat qiluvchi inertsiya kuchi. 
Dekaning qaytariluvchi ilgarilama-qaytarma xarakati natijasida Ruda aralashmasi 
deka buylab xarakatnadi. Bunda turli zarrachalarning xarakatlanish tezligi bir xil 
emas: katta inertsiya kuchiga ega zichligi katta zarrachalarning deka bo‘ylab 
xarakatlanish tezligi kichik zichlikka ega zarrachalarning oldinga xarakatlanish 
tezligiga nisbatan katta bo‘ladi.


81 
Biroq, kichik zichlikka ega zarrachalarga suvning yuvuvchi oqimi kuchliroq ta’sir 
qiladi, chunki segregatsiya natijasida ular zichligi katta zarrachalarning ustida 
joylashgan bo‘ladi. Inertsiya kuchi va suv oqimining gidravlik kuchi ta’sirida 
kichik zichlikka ega zarrachalar dekaning kundalang yuzasi buylab zichligi katta 
zarrachalarga nisbatan tezroq xarakatlanadi.
27 -rasm. Kontsentratsion stol SKM-1A 
1- richag ekstsentrik mexanizm; 2-deka; 3-prujina; 4-maxovik; 5-kranshteyn; 6-
tirsakli richag;7-tega; 8-tayanch roliklari; 9-elektr-dvigatellar; 10-tega;11-
yuklovchi ariqcha;12-suv uchun ariqcha; 13-aylanuvchi parraklar. 
Plankalarning vazifasi - stol yuzasida mineral zarrachalar aralashmasini ushlab 
kolish va ularni suv tez bilan yuvilib ketishiga qarshilik qilish, chunki suvning 
yuvish kuchi zarrachalarning yuzaga ishqalanish kuchidan kattaroq. Plankalar 
orasida mineral zarrachalar aralashmasining kavatlanishi sodir bo‘ladi: pastki 
qavatda mayda og’ir zarrachalar,keyin yirik ogir zarrachalar, mayda engil va 
oxirida-yirik engil zarrachalar joylashadi.
Buning natijasida birinchi navbatda suv bilan yirik engil zarrachalar yuviladi. 
Undan keyin oqim bilan plankalar orasidan mayda engil zarrachalar yuvilishni 
boshlaydi.
Turli xil zichlikka ega bo‘lgan minerallarning ajralish sxemasini tuzish uchun T 
- og’ir mineral zarrachasi,uning inertsiya kuchi ta’siridagi xarakatlanish tezligi V
1

suvning yuvuvchi kuchi ta’sirida stolning kundalang kesimi bo‘ylab xarakatlanish 
tezligi V
2
; Engil mineral zarrachasi L uchun bu tezliklar U
1
va U
2
. Yuqorida 
bayon kilinganidek engil va og’ir minerallar xarakat tezliklaridagi nisbat. 


82 
V
1
> V
2
; U
1
< U
2
Og’ir mineral zarrachasi TA, engil mineral zarrachasi esa LV yo‘nalishda 
xarakatlanadi. Shunday qilib, og’ir va engil mineral zarrachalari stoldan turli xil 
nuqtalarda tushadi va bu ularni alohida mahsulotlarga ajratish imkonini beradi. 
Yonbosh tarafda og’ir minerallar-kontsentratga ajraladi, stolning ostki qismining 
uzatmaga yaqin qismida engil minerallar-chiqindini tashkil kiladi. Oralik zonada 
esa oralik zichlikka ega minerallar, hamda ajralishga ulgurmagan minerallar-oraliq 
mahsulotni tashkil qiladi.
28 -rasm Mineral zarrachalarning zichligidagi farqqa qarab stol yuzasida 
harakatlanish sxemasi 
Boyitish uchun bir-biridan dekaning soni, shakli va yuzasi bilan, ularning 
o‘rnatilish usuli (osilgan yoki tayanchli), uzatmasining konstruktsiyasi, dekaning 
tebranish chastotasi va amplitudasi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiluvchi 
kontsentratsion stollar ishlatiladi. 
Sanoatda SKP / stol (kontsentratsionniy podvesnoy) - SKP-15, SKP-22, SKP-30 
(sonlar dekaning umumiy yuzasi); SKO-(stol kontsentratsionniy oporniy); SKO-
15; SKO-22; SKO-30 va h.k. markali stollar chiqariladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling